a) G‘ARBIY XUN TARMOG‘I
b) SHARQIY XUN TARMOG‘I
Birinchi tarmoqqa quyidagi 4 shohobcha kiritiladi;
1. Bulg‘or tarmog‘i shahobchasi. Bunga qadimgi tillardan bulg‘or va xazar tillari, hozirgi tillardan chuvash tili kiritiladi.
2. O‘g‘uz tarmog‘i shahobchasi. Bu quyidagi shohobchalardan iborat;
a) o‘g‘uz-turkman shohobchasi.
Bunga qadimgi o‘g‘uz-turkman tili (X-XIasrlar) va hozirgi turkman, turuxmen tillari kiritiladi:
b) o‘g‘uz-bulg‘or tillari.pecheneg tili, Bolqondagi turkiy tillar, gagauz. kiritiladi:
v) o‘g‘uz-saljuq shohobchasi. qadimgi saljuq, eski usmonli turk, eski ozariy va hozirgi ozarbayjon, turk va qrim tilining ayrim lahjalari kiradi;
3. Qipchoq tarmog‘i shahobchasi .U quyidagi shohobchalardan iborat:
a) qipchoq-o‘g‘uz shohobchasi. qadimgi qipchoq va hozirgi qo‘miq, qarayim, qorachay-bolqor va qrim tilining ba’zi lahjalari kiradi:
b) qipchoq-bulg‘or shohobchasi. Hozirgi tatar, boshqird tillari kiritiladi:
v) qipchoq-no‘g‘ay shohobchasi. Hozirgi no‘g‘ay, qozoq, qoraqalpoq tillari kiritiladi.
4. Qarluq tarmog‘i shahobchasi. quyidagi shohobchalardan iborat:
a) qarluq-uyg‘ur shohobchasi. qadimgi uyg‘ur tili kiradi:
b) qarluq-xorazm shohobchasi. Qarluq-xorazmiy, chig‘atoy turkchasi, Sharqiy Oltin O‘rda turkchasi, eski o‘zbek tili, hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillari kiradi.
Sharqiy xun tarmog‘i esa ikki shohobchadan iborat:
1) Uyg‘ur-o‘g‘uz shohobchasi
a) uyg‘ur-turk guruhi. Qadimgi turk, qadimgi uyg‘ur, qadimgi qirg‘iz va hozirgi tuva, tofa tillari kiritiladi;
b) yoqut guruhi- yoqut lahjalari kiritiladi:
v) xakas guruhi- xakas lahjalari, shor tili, chulim tatarlari tili, qamasin tili, oltoy tilining shimoliy lahjalari va sarig‘ uyg‘ur tili kiradi:
2) Qirg‘iz - qipchoq shohobchasi. Qirg‘iz va oltoy tilining ayrim lahjalari kiradi.
Ushbu olimlar tomonidan amalga oshirilgan tasniflarni asosiy xususiyatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |