Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi


Turkiy tillar taraqqiyotining Xunn davr



Yüklə 60,88 Kb.
səhifə3/14
tarix17.01.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#79451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi

Turkiy tillar taraqqiyotining Xunn davri eradan oldingi III asrdan yangi eraning V asrlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Bu davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha, butun Shimoldan Sharqiy Sibir va Hindistonning shimoliy chegaralarigacha buyuk Xunnlar imperiyasi hukmronlik qildi. Lekin yangi eraning I asrlaridan boshlab, Xunn imperiyasidagi ichki ziddiyatlar imperiyaning ikkiga ajralishiga sabab bo`ldi: Urol tog`laridan Yoyiq daryosigacha G`arbiy Xunn, Markaziy Osiyo va butun Urolning sharqiy tomonlari Sharqiy Xunn davlatlariga ajraldi. Garchi Sharqiy va G`arbiy Xunn davlatlari tarkibidagi barcha qabilalar turkiy qabilalar bo`lishiga qaramasdan ularning tillarida hali ham mo`g`ul va tungus-manjur elementlari saqlanib qolgan edi. Ayniqsa leksikada:
umum turkiy mo`g`ul tungus-manjur
bug`a // buqa buxa buxa // bug`u (buqa)
tala // d`alaң tala tala (dala)
qara xara xura (qora)
qadin // xatin xatun xatun (xotin)
Xunn imperiyasida butun turkiy urug` va qabilalar mujassamlashgan bo`lib, keyinchalik g`arbiy Xunnlardan bulg`or va o`g`iz-qorluq-qipchoq, Sharqiy Xunnlardan uyg`ur-tukyu, qirg`iz qabilalar uyushmasi (ittifoq)lari ajralib chiqdi. Shunga muvofiq har bir qabilalar ittifoqining, bir tomondan, o`ziga xos va ikkinchi tomondan, r, l tovushlarining saqlanishi bilan xarakterlangan umumqabila tillari maydonga keldi. r, l undoshli so`zlar asosan bulg`orlarda, qisman chuvosh tilida saqlanib qolgan edi:
d`as//d`az – d`aril (yer)
köz//kös – kör (ko`z)
bѳz// bѳs – bѳr (oq) kabi.
Bu dalillar shuni ko`rsatadiki, Xunn davrining so`nggi V asrlarida ham hali turkiy qabilalar va qabila tillari to`la ajralib ulgurmagan bo`lib, til jihatdan juda ko`p umumiylikka ega bo`lgan qabilalar ittifoqi va umumqabila tillari mavjud edi. Yangi eraning V asrlarida g`arbda bulg`or va og`iz-qorliq-qipchoq, sharqda uyg`ur-o`g`iz, qirg`iz-qipchoq qabilalar uyushmalari va tillari qaror topdi.
Turkiy tillar taraqqiyotining 3- qadimturkiy davri turkiy qabilalar va qabila tillarining V–X asrlarini o`z ichiga olib, bu davrni ham yana uch davrga ajratish mumkin:

Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin