Turg`un to`lqinlar. To`lqin tezligi



Yüklə 47,68 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü47,68 Kb.
#123807
  1   2
Turg`un to`lqinlar. To`lqin tezligi


Turg`un to`lqinlar.To`lqin tezligi

To’lqin interferensiyasi. Superpozisiya prinsipi.


To’lqinlarning qaytishi.
Turg’un to’lqin. Siljishning oniy taqsimoti, tezlik, energetik munosabat.
To’lqin interferensiyasi.
Muhitda bir necha manbadan hosil qilingan to’lqinlar tarqalayotgan bo’lsin. Muhitning barcha

to’lqin o’tayotgan va ular ustma-ust tushayotgan sohasini qaraylik. Bunda muhitning bu sohadagi har bir zarrasi to’lqinlar alohida-alohida tarqalgan vaqtdagi tebranishlarining geometrik yig’indisiga teng tebranishlar qiladi. Bu to’lqinlarining mustaqillik yoki qo’shilish prinsipi (superpozisiya prinsipi) deyiladi. To’lqinlarning qo’shilish prinsipi har bir to’lqinning muhitda boshqa to’lqinlar bor-yo’qligiga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil tarqalishini bildiradi. Har bir to’lqin prosess qolgan hamma to’lqinlar bo’lmagan holdagidek Yuz beradi.


To’lqinlar bir-birini qoplagan sohada tebranishlar ustma-ust tushib, ular qo’shilishi mumkin. Bu to’lqin interferensiyasi hodisasi deyiladi.
Muhitning har bir nuqtasidagi natijaviy tebranish shu nuqtaga kelgan tebranishlar yig’indisidan iborat. Ixtiyoriy nuqtadagi muhit zarrasining siljish kattaligi shu nuqtaga Yetib kelgan to’lqinlar vujudga keltirgan barcha siljishlarning algebraik yoki vektor yig’indisiga teng. To’lqinlarning qo’shilish natijasi ustma-ust tushuvchi to’lqinlarining davri (chastotasi), amplitudasi va fazalari nisbatiga bog’liqdir. Agar bir xil tabiatli ikki to’lqinning yo’nalishi bir xil, chastotasi (davri) va to’lqin uzunligi bir xil bo’lsa, to’lqin maydonining barcha nuqtalarida bunday to’lqinlar uchun faza farqi doimiy bo’ladi. Bunday to’lqin manbalari kogerent (soherere-bog’lanishda bo’lgan) manbailar deyiladi.
Faza farqiga bog’liq holda, biror nuqtada to’lqinlar bir-birini kuchaytirib interferensiya hoshiyasining maksimumini hosil qilsa, boshqa bir nuqtasida to’lqinlar bir-birini susaytiradilar va interferension mini-mumni hosil qiladi.
S1 va S2 kogerent manbailardan V nuqtada sodir bo’lgan interferensiyasini qaraylik. S1 manbaidan keluvchi to’lqinning B nuqtada hosil qilgan tebranishini .
S2 manbaidan Yeluvchi to’lqinning shu nuqtada hosil qilgan tebranish esa siljishlarni ko’rsatuvchi tengliklar bilan ifodalanadi. Bu Yerda A1 va A2 S1 va S2 manbaidan keluvchi to’lqinlar amplitudasidir.

B nuqtaning natijaviy tebranishni u1 va u2 siljishlarning vektor yig’indisi sifatida topamiz. Natijaviy tebranish amplitudasi qo’shiluvchi tebranishlar fazalari farqiga bog’liq.

Natijaviy tebranish amplitudasi A faza farqlari juft sondagi ѓа ga faqrlansa, eng katta qiymatga erishib, A1 va A2 yig’indisiga teng bo’ladi. Natijaviy tebranish amplitudasi umumiy holda ifodadan topilib, bo’lgan xususiy holda,tenglik o’rinli bo’ladi.
Faza farqi juft sondagi ѓа ga farqlansa,shart bajarilib, undan
to’lqin nurining yo’l farqi nolga yoki to’lqin uzunligiga karrali bo’ladi.
Nurlar yo’li ayirmasi nolga yoki to’lqin uzunligi kar rasiga teng bo’ladigan nuqtalarda A aplituda maksimum bo’ladi. (134-rasm,b).
Agar qo’shiluvchi to’lqinlarning faza farqi toq sondagi ѓЬ ga farq qilsa, tenglik bajarilib, nur yo’li farqi tenglikdan topiladi.

Nur yo’li farqi toq sondagi yarim to’lqin uzunligiga karrali bo’lgan nuqtalarda natijaviy to’lqin amplitudasi minimum bo’ladi. bajarilganda, tebranishlar bir-birini to’la so’ndiradi chunki bo’ladi.



Yüklə 47,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin