1-mavzu. Garmonik tebranishlar. Tebranishlarni qo’shish. So’nuvchi va majburiy tebranishlar. Elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix05.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#125545
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Garmonik tebranishlar. Tebranishlarni qo’shish. So’nuvc



1-MAVZU. GARMONIK TEBRANISHLAR. TEBRANISHLARNI QO’SHISH. 
SO’NUVCHI VA MAJBURIY TEBRANISHLAR. ELEKTROMAGNIT 
TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR. 
Tekshirish uchun savollar
1. Qanday tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi? Garmonik tebranishlar asosiy 
tushunchalarini ta`riflang (siljish, amplituda, faza, davr, chastota, siklik chastota).
2. Tebranma harakat qilayotgan nuqtaning siljish vaqtga qanday bog'langan?
3. Garmonik tebranishlarning siljishi tenglamasi qanday yoziladi?
4. Garmonik tebranishlarning grafik ifodasi qanday bo‘ladi?
5. Tebranma xarakat qilayotgan nuqtaning siljishini, tezlikni va tezlanishini yozing.
6. Garmonik tebranishlarni amalga oshiri uchun qanday shart bajarilishi kerak?
Qaytaruvchi kuch nima?
7. Fizik va matematik mayatniklarning xususiy tebranishlar davri qanday topiladi? Fizik 
mayatnikning keltirilgan uzunligi deb nimaga aytamiz?
8. Tebranishlar davri bir xil bo‘lgan, bir to‘g'ri chiziq bo‘ylab tarqalayotgan tebranishlar 
qo‘shilganda natijalovchi tebranishlarning amplituda qiymati nimaga teng?
9. Fazalar farqi 
ga teng va tebranishlar davri bir xil bo‘lgan o‘zaro perpendikulyar 
tebranishlarda ishtirok etayotgan nuqtaning harakat tenglamasi va uning traektoriyasini 
tushuntiring. Qanday vaqtda tepkili tebranish hosil bo‘ladi?
10. Tepkili tebranish chastotasi va amplitudasi qanday bo‘ladi? Tepkili tebranish grafigi
hosil bo‘lgan murakkab tebranishlarning chastotasi nimaga teng?
11. Tebranishlar sistemasining energiyasining formulasi qanday ko‘rinishda? U qanday 
parametrlarga bog'liq?
12. Garmonik tebranishlarda mexanik energiyani bir turdan ikkinchi turga aylanishini 
tushuntiring.
13. Qanday tebranishlar so‘nuvchi deb ataladi? Nima uchun so‘nish vujudga keladi? So‘nish 
koeffitsiyentini fizik ma`nosi nima va u qanday aniqlanadi? So‘nuvchi tebranishlarni 
chastotasi qanday ifodalanadi? Erkin (so‘nuvchi) tebranishlarning chastotasi qanday 
ifodalanadi? 
14. Qanday tebranishlar majburiy deb ataladi? Ularning amplitudasi qanday aniqlanadi? Siljish 
bilan majburlovchi kuch o‘rtasidagi fazalar farqi nimaga teng? Rezonans hodisasi deb nimaga 
aytiladi va u qachon vujudga keladi? Rezonans chastotasi nimaga teng? 
15. Tebranish konturida aktiv qarshilik bo‘lmaganda tebranish jarayonini tushuntiring. Zaryad, 
kuchlanish va tok kuchining oniy qiymatlari qanday o‘zgaradi? Tebranish konturida erkin 
elektromagnit tebranishlar davri qanday aniqlanadi? Tebranish konturida energiya qanday 
o‘zgaradi? 
16. Mexanik va elektromagnit tebranishlar uchun erkin va majburiy tebranishlar differensial 
tenglamalari keltirib chiqarilsin. 
17. 5. So‘nuvchi tebranishlarda zaryad, kuchlanish va tok kuchi qiymatlari vaqt bo‘yicha qanday 
o‘zgaradi? Tebranishning logarifmik dikrementi nimaga teng va uning fizik ma`nosi qanday? 
So‘nish koeffitsiyentini tushuntiring. 
18. Vektor diagramma orqali majburiy elektromagnit tebranishlarni tushuntiring. Majburiy 
tebranishlarda tokning maksimal qiymati nimaga teng? Kuchlanish, tok kuchi va zaryadlarning 
maksimal qiymatlari o‘zaro qanday bog‘langan? 
19. Kuchlanish va tok kuchining rezonansi tushuntirilsin. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin