MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASHQLAR
1. Amplitudasi A=10 sm, chastotasi ν=2Hz va vaqtning boshlang‘ich daqiqasida nuqtaning
siljish eng katta (maksimal) bo‘lsa, garmonik tebranishlarning tenglamasini yozing.
2. Nuqta garmonik tebranma xarakat qiladi. Eng katta siljish A=10 sm, tezlikning eng katta
qiymati vm=20 sm/s. Tebranishlarni siklik chastotasi ω va nuqtaning maksimal tezlanishi am
topilsin.
3. Garmonik tebranma xarakat qilayotgan nuqtaning tezligi v=6.10-2sin(100t) m/s qonuniga
bo‘ysunadi. Garmonik tebranishlarni tenglamasini yozing. Tezlik va tezlanishlarning maksimal
qiymatlari topilsin.
4. Moddiy nuqtaning tebranishlari x=0,05cos t tenglama bilan berilgan. Tebranishlarning
davri T amplitudasi A boshlang‘ich fazasi va vaqtning boshlang‘ich daqiqasida tezlik va tezlanish
topilsin.
5. Nuqtaning tebranish tenglamasi x=0.05 cosω(t+τ) ko‘rinishda, bunda ω=π
s
τ =0.2 s.
Tebranishlar davri T va boshlang‘ich fazasi topilsin.
6. Tenglamasi y=Asin ω(t+τ) bilan berilgan tebranishlarni davri, chastotasi va boshlang‘ich
fazasi topilsin. ω =2.5
1
𝑠
; τ =0.4 s deb olinsin.
7. Moddiy nuqtaning tebranishlari y=0.2sinπ(t+1/3) ko‘rinishga ega. Vaqt t=0.5 s ga teng
bo‘lganda tezlik va tezlanishni qiymati va amplituda, davri, boshlang‘ich fazasi topilsin.
8. Massasi m=0.1 kg bo‘lgan jism bikrligi К=25 N/m ga teng yengil prujinaga osilgan va
suyuqlikka tushirilgan? Jism vertikal yo‘nalishda impuls olgandan so‘ng tebrana
boshladi. Logarifmik dekrement δ=0.004. Jism nechta tebrangandan so‘ng uning
tebranish amplitudasi 2 marta kamayadi? Tebranish amplitudasi 2 marta kamayishi
uchun ketgan vaqt aniqlansin.
9. Logarifmik dekrementi δ=0.01 bo‘lgan tizim energiyasi 2 marta kamayishi uchun, tizim
necha marta to‘liq tebranishi kerak?
10. t=5min davomida logarifmik dekrementi δ=0.031 bo‘lgan sekund mayatnikning
energiyasi necha marta kamaygani topilsin.
11. Logarifmik dekrementi δ=0.0008 bo‘lgan komentonning tebranish energiyasi qancha
vaqt davomida n=10
6
marta kamayadi? Komertonning tebranish chastotasi v=600 Gs.
12. So‘nuvchi tebranishlar amplitudasi bir davr davomida uch marta kamayadi. So‘nishni
vujudga keltiruvchi sabab bo‘lmaganda davr necha foezdga ortadi?
13. So‘nuvchi tebranishlar amplitudasi bir davr davomida n=2 marta kamayadi. Siljish
maksimal bo‘lganda faza nimaga teng? Maksimal tezlik qanday? So‘nuvchi tebranishlar chastotasi
tizimning xususiy chastotasidan necha marta kichik?
14. Agar uzunligi 1=0.8 m bo‘lgan mayatnikning boshlang‘ich amplitudasi A
o
=5 sm bo‘lib,
t=5 min dan so‘ng amplituda A=0.5sm ga teng bo‘lsa, mayatnikning so‘nish logarifmik
dekrementi topilsin.
15. Ma'lum vaqt oralig‘ida massasi 0.2 kg bo‘lgan jism bikrligi K=32 N/m prujinada N=60
marta tebranganda amplituda n=2 marta kamaygan bo‘lsa, so‘nuvchi tebranishning davri topilsin.
16. Massasi m=0,5 kg ga teng jism birligi K=32 N/m bo‘lgan prujinada erkin tebranma
harakat qilmoqda. Agar ikki to‘liq tebranish uchun ketgan vaqt davomida jismni tebranish
amplitudasi n=20 marta kamaygan bo‘lsa, erkin tebranishlar davri topilsin.
17. Moddiy nuqtaning N=50 tebranishdan so‘ng tebranishlar amplitudasi n=3 marta
kamaygan. Shartli tebranish davri T=1 s. So‘nish koeffitsiyenti va relaksasiya vaqti topilsin.
18. m=0.2 kg massaning jism bikrligi K=50 N/m bo‘lgan prujinaga osilib moyga tushirilgan
agar moyning ichki ishqalanish koeffitsiyenti r=0.5 kg/s bo‘lsa jismning tebranish chastotasi
topilsin.
19. Moddiy nuqta N=16 to‘liq tebranganidan so‘ng uning amplitudasi A
1
=20 sm dan A
2
=4
sm gacha kamaygan. So‘nish koeffitsiyenti β=0.1 moddiy nuqtaning harakat qonuni hosil qilinsin.
20. Tebranayotgan moddiy nuqtaning harakat tenglamasi, sm. Siljish maksimal bo‘lgan
vaqtni, moddiy nuqta to‘xtagunga qadar o‘tgan yo‘lini tebranma
sistemaning asilligi topilsin.
21. Fuko tajribasini shimoliy qutbda uzunligi l=9.8 m bo‘lgan matematik mayatnik
yordamida o‘tkazishga qaror qilindi deb faraz qilaylik. Mayatnik tebranish tekisligi 4
o
ga burilishi
uchun ketgan vaqt ichida tebranish amplitudasi n=2 marta kamayishi mumkin. Shu tajribaning
o‘tkazishga yaraydigan mayatnikning asilligi topilsin. Tajriba boshlangandan so‘ng bir soat
o‘tgach, mayatnik tebranish amplitudasi necha marta kamayadi?
22. m=0.01 kg massasi о
о
=100 s
-1
(chastota bilan) erkin tebranma harakat qilayotgan jism,
so‘nish koeffitsiyenti katta bo‘lgan muxitga ko‘pirilgan, natijada jismni tebranish amplitudasi bir
davr davomida n=4 marta kamaygan. Erkin tebranishlar chastotasi so‘nuvchinikidan necha
protsentga katta ekanligi va muxitning qarshilik koeffitsiyenti aniqlansin.
23. Tebranishlar boshlangandan so‘ng t
1
=10 s vaqt o‘tgach, erkin tebranishlar amplitudasi
n
1
=10 marta kamaygan. Qanday vaqt o‘tgandan so‘ng, tebranishlar amplitudasi n
2
=100 marta
kamayadi?
24. Tebranishlar boshlangandan so‘ng t
1
=100 g vaqt o‘tgach, erkintebranishlar amplitudasi
n
1
=2 marta kamaygan. Qanday vaqt o‘tgandan so‘ng, tebranishlar amplitudasi n
2
=10 marta
kamayadi?
25. t
1
=16.1 s davomida tebranishlar amplitudasi n=5 marta kamayadi. a) so‘nish
koeffitsiyenti topilsin; b) qanday t
2
vaqt o‘tgandan so‘ng, tebranishlar amplitudasi; v) marta
kamayadi?
26. t=100 s davomida tebranuvchi sistema 100 marta tebrandi. Shu vaqt oralig‘ida
tebranishlar amplitudasi 2.718 marta kamaydi. So‘nish koeffitsiyenti P va sistema asilligi nimaga
teng.
27. Sistema N=100 ta tebranguncha qadar, uning amplitudasi n=5 marta kamaydi.
Sistemaning asilligi Q topilsin.
28. Tebranma harakat qilayotgan sistemaning asilligi Q=2, erkin tebranishlar chastotasi
ω=100 s
-1
. Xususiy tebranishlar chastotasi ω
0
topilsin.
29. t=100 s davomida sistema N=100 ta tebranma harakat qiladi. Shu vaqt oralig‘ida uning
amplitudasi "e" marta kamaydi. Tebranma harakatning logarifmik dekrementi nimaga teng?
30. Moddiy nuqtaning N=100 ta tebranishidan so‘ng amplituda n=3 marta kamaydi.
So‘nishning logarifmik dekrementi va sistemaning asilligi topilsin.
31. Massasi m=1 g bo‘lgan jism ω=3.14 s
-1
chastota bilan so‘nuvchi tebranma harakat
qilmoqda. t=50 s davomida jism 80% energiyasini yo‘qotdi. So‘nish koeffitsiyenti, muxit
qarshiligi va sisteam asilligi topilsin.
32. Moddiy nuqtaning N=30 marta tebranishidan so‘ng amplituda n=7 marta kamaydi.
So‘nishning logarifmik dekrementi va sistemaning asilligi topilsin.
33. Moddiy nuqta A
o
=8 sm boshlang‘ich amplituda bilan so‘nuvchi tebranma harakat
qilmoqda. Tebranish boshlanganda so‘ng t
1
=2 min. o‘tganda tebranish amplitudasi A=4 sm gacha
kamaydi. Tebranma harakat boshlangandan so‘ng qancha vaqt o‘tganda uning amplitudasi A=6
sm ga kamayadi?
34. So‘nish logarifmik dekrementi δ=10
-3
bo‘lgan kameron v =440 Gs chastota bilan
tebranma harakat qilmoqda. Tebranish energiyasi n=10
6
marta kamayishi uchun ketgan т vaqt
topilsin.
35. ℓl=24.7 sm uzunlikdagi ipga osilgan sharcha so‘nish logarifmik dekrementi δ=0.01
bo‘lgan so‘nuvchi harakat qilmoqda. Qancha vaqtdan so‘ng sharchaning tebranish energiyasi
n=9.4 marta kamayadi?
36. 10 ta to‘liq tebranishdan so‘ng, nuqtaning tebranish amplitudasi A
1
=10 sm dan A
2
=6 sm
gacha kamaygan sistemaning so‘nish koeffitsiyenti P=0.2 s
-1
. Siljishning vaqtga bog‘liq
tenglamasi yozilsin.
37. A
o
=20 sm boshlang‘ich amplituda bilan harakat qilayotgan mayatniking amplitudasi
to‘liq 10 ta tebranishdan so‘ng A
1
=1 sm kamaygan. Agar tebranish davri T=5 s bo‘lsa, so‘nishning
logarifmik dekrementi topilsin va tebranishning tenglamasi yozilsin.
38. Bikirligi K=1.0•10 N/m bo‘lgan prujinaga radiusi R=3 sm ga teng mis shar osilgan va
moyga tushirilgan. Tebranma sistemaning xususiy tebranish chastotasi asilligi va tebranish
to‘xtaguncha ketgan vaqt topilsin.
39. Matematik mayatnik so‘nishning logarifmik dekrementi 8
1
=1.5 bo‘lgan muxitda
tebranma harakat qilmoqda. Agar muxitning qarshiligi n=2 marta oshirilsa, uning logarifmik
dekrementi qanday bo‘ladi?
40. Vertikal spiral prujinaga radiusi R=10
-2
m bo‘lgan po‘lat sharcha osilgan. Uning
tebranishini siklik chastotasi havoda ω
0
=5 s
-1
va biror suyuqlikdan ω=4.06 s
-1
ga teng.
Suyuqlikdagi boshlang‘ich amplituda A=5 sm ga teng. Sharchaning siljish tenglamasi va
suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsiyenti topilsin.
41. Agar uzunligi l=0.5 m bo‘lgan matematik mayatnikning to‘liq mexanik energiyasi n= 4
⋅10
4
marta kamayishi uchun
T
=5 min. vaqt ketgan bo‘lsa, uning logarifmik dekrementi topilsin.
42. Kamertonning tebranish amplitudasi
T
=1.5 s davomida n=100 marta kamaydi. So‘nish
koeffitsiyenti topilsin.
43. ξ =0.1cos(6280t-18.5x) tenglamaga ega bo‘lgan
tovush to‘lqin uchun: 1) muxit zarrachalari tezligi
amplitudasi υ m ; 2) zarrachalar tezligi amplitudasi υ m ni to‘lqini tarqalish tezligiga nisbati
aniqlansin.
44. Miltiq o‘qi υ =20 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi oldidan
o‘tayotgan o‘q chiqarayotgan tovushning chastotasi necha marta o‘zgaradi? Tovushning havoda
tarqalishi tezligi υ T =333 m/s.
45. Dengiz qirg‘og‘idagi kuzatuvchi paraxod gudogini eshitadi. Kuzatuvchi va paraxod
qo‘zg‘almas holatda bo‘lganlarida, kuzatuvchi qabul qilayotgan tovush chastotasi ν =420 Hz.
Paraxod harakatlanib, kuzatuvchiga yaqinlashayotgan bo‘lsa, qabul qilinuvchi tovush chastotasi
ν=430 Hz. Agar paraxod harakatlanib, kuzatuvchidan uzoqlashayotgan bo‘lsa, qabul qilinuvchi
tovush chastotasi ν =415 Hz. Birinchi va ikkinchi holda paraxod tezligi topilsin, agar tovushning
havo tezligi ν T =338 m/s bo‘lsa.
46. Parovoz gudogining asosiy toni chastotasi ν =550 Hz. Parovoz kuzatuvchi tomon υ=54
km/soat tezlik bilan yaqinlashayotgan bo‘lsa, kuzatuvchi gudok tovushi qanday chastotada qabul
qilinadi?
47. Ko‘rshapalak o‘zidan 45 kHz chastotali ultratovush tarqatib, 6 m/s tezlik bilan devorga
perpendikulyar ravishda harakat qilayapti. Qanday ν
1
va ν
2
ikki chastotali tovushni ko‘r shapalak
eshitayapti? Tovushning havodagi tezligi υ T=340 m/s.
48. O‘zidan ν
o
=600 Hz chastotali tovush tarqalayotgan manba, qo‘zg‘almas kuzatuvchi
yonidan 45 m/s tezlik bilan o‘tib bormoqda. Kuzatuvchi manba unga yaqinlashayotganda va undan
uzoqlashayotganda qabul qiluvchi chastotalar bir- biridan qanchaga farq qiladi? Havoning
temperaturasi 290 K.
49. υ =120 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezd τ
o
=5s davomida signal beradi.
Qo‘zg‘almas kuzatuvchi poyezd signali qanday vaqt davomida qabul etadi, agar poyezd undan
uzoqlashayotgan bo‘lsa. Tovushning tarqalish tezligi υ T=348 m/s deb hisoblansin.
50. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi yonidan uchib o‘tgan o‘qning tovushining chastotasi 4 marta
o‘zgaradi ( ν
1
/ ν
2
=4). Agar tovush havodagi tezligi υ T =333 m/s bo‘lsa, o‘q qanday tezlik bilan
harakatlanmoqda?
51. Ikki poyezd bir-biriga tomon υ
1
=72 km/soat va 54 km/soat tezliklar bilan
harakatlanmoqda. Birinchi poyezd ν
o
=600 Hz chastotali svistok bermoqda. Poyezdlar bir-biri bilan
uchrashishdan oldin, ikkinchi poyezddagi pasajir svistokni qanday qabul etadi? Tovushni
havodagi tezligi υT =340 m/s.
52. υ =17 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan manba τ s =2 s davomida signal
bermoqda.Qo‘zg‘almas kuzatuvchi bu signalni qanday vaqt davomida qabul qiladi, agar manba
undan uzoqlashayotgan bo‘lsa. Tovushning tarqalish tezligi υ T =340 m/s.
53. Qo‘zg‘almas lokatordan ν=50 kHz chastotali ultratovush dastasi yaqinlashayotgan suv
osti kemasi tomon tarqatilgan. Agar manbaning tebranish chastotasi bilan, kemadan qaytgan signal
chastotasi ayirmasi 250 Hz bo‘lsa, suv osti kemaning tezligi topilsin. Ultratovushning dengiz
suvidagi tezligini 1.5 km/s deb hisoblansin.
54. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi oldidan poyezd o‘tayotganda uning signal tovushining
yuksakligi kesim o‘zgaradi. Agar poyezdni harakat tezligi υ =54 km/soat bo‘lsa, chastotani nisbiy
o‘zgarishi ∆ν / ν o topilsin. Tovushni tarqalish tezligi υ T =332 m/s.
55. Yo‘lda ikki avtomashina υ 1 =30 m/s va υ 2 =20 m/s tezlik bilan bir-biriga tomon
harakatlanmoqda. Avtomashinalardan birinchisi ν =600 Hz chastotali signal beradi.
Amtomashinalar bir-biriga yaqinlashayotganda va bir-biridan uzoqlashayotganda ikkinchi
avtomashina xaydovchisi bu signalni qanday chastotada qabul qiladi? Tovush tarqalish tezligi υ T
=332 m/s.
56. Tez yurar poyezd υ =72 km/soat tezlik bilan yo‘lda turgan elektropoyezdga
yaqinlashmoqda. Elektropoyezd ν =0,6 kHz chastotali signal beradi. Tez yurar poyezd mashinisti
bu signalni qanday chastotada qabul etadi?
57. Temir yo‘l platformasi yonidan υ =120 km/soat tezlik bilan elektropoyezd o‘tmoqda.
Platformada turgan kuzatuvchi poyezd yaqnlashayotganda sirena tovushini ν
1
=1100 Hz
chastotada, poyezd uzoqlashayotganda esa ν
2
=900 Hz chastotada qabul etadi. Tovushni havoda
tarqalish tezligi topilsin.
58. Signal chastotasi ν
o
=300 Hz bo‘lgan qo‘zg‘almas elektropoyezd yonidan υ=40 m/s
tezlik bilan poyezd o‘tib bormoqda. Poyezd elektropoyezddan uzoqlashayotganda yo‘lovchilar
signalni qanday ν chastota bilan qabul qilishadi? Tovushni tarqalish tezligi 330 m/s.
59. Poyezd stansiya yonidan υ=40 m/s tezlik bilan o‘tib bormoqda. Elektropoyezd signalini
chastotasi ν
o
=300 hz. Poyezd uzoqlashayotganda platformada turgan kishi signalni qanday
chastotada qabul etadi? Tovushni υ T=330 m/s.
60. Parovoz υ=20 m/s tezlik bilan tinch turgan kuzatuvchiga yaqinlashmoqda. Agar
mashinist parovoz signalini ν
o
=300 Hz chastota bilan eshitsa, u holda bu signalni kuzatuvchi
qanday chastotada qabul etadi? Tovushni tarqalish tezligi υ t=330 m/s.
61. Chastotasi ν
o
=8 kHz bo‘lgan tovush manbai va rezonator bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan.
Rezonator λ
r
=4.2 sm to‘lqin uzunligiga moslangan bo‘lib, u qo‘zg‘almasdir. Tovush manbai
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlana oladi. Tovush to‘lqinlari ta`sirida rezonator tebrana boshlashi
uchun, tovush manbai qaysi yo‘nalishda va qanday tezlik bilan harakat qilishi lozim?
62. Tinch turgan manba barcha yo‘nalishda λ
o
to‘lqin uzunlikdagi tovushni tarqatmoqda.
Agar manbani tovush tezligini yarmiga teng bo‘lgan tezlik bilan harakatga keltirsak, to‘lqin
uzunligi qanday o‘zgaradi?
63. To‘g‘ri yo‘l bo‘ylab υ
1
=60 km/soat tezlik bilan yengil avtmobil harakatlanmoqda. Uni
ν
o
=1kHz chastotali signal berib, υ
2
=90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan maxsus
avtomashina quvib o‘tadi. Yengil avtomabildagi yo‘lovchilarga signal qanday ν chastotada
eshitiladi? Tovushni tarqalish tezligi υ T=340 m/s.
64. Yo‘lni to‘g‘ri chiziqli uchastka bo‘ylab ikki elektropoyezd bir xil υ =50 km/soat tezlik
bilan, bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Bir-biri bilan uchrashgach, mashinistlar uzoq vaqt
davomida signal berib salomlashadi. Signallarning chastotalari bir xil bo‘lib, ν
o
=200Hz.
Poyezdlar uchrashgan joydan biror bir masofada bo‘lgan temir yo‘l ishchisi nima eshitadi? Havo
xarorati t
o
=-10
o
8
65. Chastotasi ν
o
=1 kHz bo‘lgan va υ=340 m/s tezlik bilan tarqalayotgan yassi tovush
to‘lqiniga qarama-qarshi yo‘nalishda U=17 m/s tezlik bilan to‘siq harakatlanmoqda. To‘siqdan
qaytgan to‘lqinning ν chastotasi topilsin.
66. Bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bir xil tezlik bilan ikki poyezd harakatlanmoqda.
Ularning birida berilgan signal ikkinchisiga n=9/8 marta o‘zgarib eshitilish uchun, ularning tezligi
qanday bo‘lishi kerak? Tovushning tarqalish tezligi υ T =335 m/s.
67. Xususiy chastotasi ν
o
=1.8 kHz bo‘lgan tovush manbai tinch turgan kuzatuvchidan ℓ=250
m masofada to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tekis harakatlanmoqda. Manbani tezligi tovush tezligini η =0.8
qismini tashkil etadi. Manba, kuzatuvchiga ro‘para kelganda, u qanday chastotali tovush eshitadi?
68. Tinch turgan kuzatuvchi ikki kamertondan kelayotgan tovush tebranishlarini qabul
qilmoqda. Kamertonlardan biri kuzatuvchiga yaqinlashyapti. Bunda kuzatuvchi chastotasi ν=2
kHz ga teng bo‘lgan turtkili tebranishlarni eshitadi. Agar kamertonlarni tebranish chastotasi
ν
o
=680 Hz va tovush tarqalish tezligi υ=340 m/s bo‘lsa, har bir kamertonni tezligi aniqlansin.
69. Chastotasi ν
o
=1700 Hz bo‘lgan tovush manbai va priyemnik (qabul qilgich) bir nuqtada
joylashganlar. Vaqtning t=0 momentida tovush manbai a =10 m/s 2 tezlanish bilan priyomnikdan
uzoqlasha boshlaydi. Tovush tezligini υ =340 m/s deb olib, manba harakati boshlangandan so‘ng
t=10 s vaqt o‘tgach, tinch turgan priyemnik qabul qilayotgan tebranishlar chastotasini aniqlang.
70. Devorga o‘tkazilgan normalda ν
o
=1700 Hz chastotali tovush tebranishlari manbai va
priyemnik joylashgan. Manba bilan priyemnik tinch holatda, ammo devor υ =6 sm/s tezlik bilan
manbadan uzoqlashmoqda. Priyemnik qayd qilayotgan turtkilik tebranishlarni chastotasi
aniqlansin. Tovush tezligi υ T =340 m/s.
71. Tinch turgan kuzatuvchidan ℓ =250 m masofada joylashgan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ν o
=1800 Hz chastotali tovush manbai tekis harakatlanmoqda. Tovush manbaini tezligi tovush
tezligini η =0.5 qismini tashkil etadi. Kuzatuvchi qabul qilaytgan chastota ν=ν
o
bo‘lgan momentda
manba bilan kuzatuvchi orasidagi masofa aniqlansin.
72. Yo‘lda turgan kuzatuvchi, yonidan o‘tib ketayotgan avtomobilni signalini eshitadi.
Avtomobil
yaqinlashayotganda,
qabul
qilinayotgan
signal
chastotasi
ν
1
=3
kHz,
uzoqlashayotganda esa, ν
2
=2.5 kHz bo‘lgan. Avtomobil tezligi va tovush manbai chastotasi
qanday bo‘lgan? Tovush tezligi υ T=340 m/s.
73. Suv osti kemasi, suvga tik ravishda botayotib, suvni tubi tomon davomiligi τ
o
ga teng
bo‘lgan radiolokator signallari inpulsini tarqatadi. Gidrookustik kemada qabul qilgan suv tubidan
qaytgan signallarning davomiligi ga teng. Kema qanday tezlik bilan suvga botayotibdi? Tovushni
suvdagi tezligi τ , suvning tubi gorizontal.
74. Ikki qator υ=10 m/s tezlik bilan bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Birinchi katerdan ν
=50 Hz chastotali ulòratovush signal tarqatiladi va u ikkinchi katerdan qaytgandan so‘ng, yana
birinchi katerda qabul qilinadi. Qabul qilingan signalni chastotasi aniqlansin.
75. Suv osti kema υ =10 m/s tezlik bilan harakatlanib ν =30 kHz chastotali ultratovush signal
tarqatadi. Signal to‘siqdan qaytib, yana kemaga keladi. Tarqatilgan va qabul qilingan signallarning
chastotasini farqi aniqlansin.
76. Tovush tebranishlari υ =330 m/s tezlik havoda tarqalmoqda. Havo zichligi ρ =0,0013 2
/sm 3 tebranishlar amplitudasi A=3
⋅ 10 -4 sm. Agar odam qulog‘ining yuzi S=4sm 2 bo‘lsa, u
holda t=2 s davomida unga o‘rta hisobda W=6
⋅ 10
-5
J energiya ta`sir etadi. Tebranishlar chastotasi
aniqlansin.
77. Radiopriyemnikning kirish konturi ℓ=1100 m uzunlikdagi to‘lqinga moslangan.
Induktivligi L=10
-5
Gn bo‘lgan g‘altakdan qabul paytida W=4
⋅ 10
-15
J energiya yig‘iladi.
Kondensatordagi maksimal kuchlanish qanday bo‘ladi?
78. Yassi elektromagnit to‘lqin x o‘qi bo‘ylab vakuumda tarqalmoqda. To‘lqin tarqalish
yo‘nalishida 1 sm 2 yuzaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha energiya oqimi Ф=2.6
⋅ 10
-3
Vt. Elektr
maydon kuchlanganligini maksimal qiymati aniqlansin.
79. Tovush to‘lqinlarining izotrop nuqtaviy manbaini quvvati N aniqlansin, agar manbadan
r=10 sm masofada energiyaning o‘rtacha hajm zichligi <ω>=0.251 J/m 3 bo‘lsa, havo
temperaturasini T=250 K deb qabul qilinsin.
80. Zichligi ρ =7.8 q/sm 3 bo‘lgan po‘lat sterjen bo‘ylab υ =5
⋅ 10
3
m/s tezlik bilan elastik
to‘lqin tarqalmoqda. To‘lqin uzunligi λ =5 m. Umov vektorining o‘rtacha qiymati I=780Vt/m 2 .
Tebranishlar amplitudasi aniqlansin.
81. Tovush to‘lqinlarining izotrop nuqtaviy manbaini quvvati N=10 Vt. To‘lqinlar
manbaidan r=10 m masofada energiyaning o‘rtacha xajmiy zichligi <ω> qanday bo‘ladi? Havo
temperaturasi T=250 K ga teng deb olinsin.
82. Chastotasi ν=500 Hz bo‘lgan tovush tebranishlar odamda og‘riq uyg‘otadi, agar
tebranishlar ampltudasi A=2
⋅ 10
-4
m dan ortiq bo‘lsa. Agar havo zichligi ρ =0.0012 q/sm 3
bo‘lganda tebranishlarning tarqalash tezligi υ =350 m/s ga teng bo‘lsa, odam qulog‘iga yetib kelib
1 sm 2 yuzaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha energiya oqimi aniqlansin.
83. Quruq havo bilan to‘ldirilgan diametri d=20 sm va uzunligi l=5 m bo‘lgan silindrik
trubadagi tovush maydonining energiyasi W=23.7 mkJ. Tovush intensivligi I aniqlansin. Tovush
tezligi υ =332 m/s.
84. Yassi elektromagnit to‘lqin vakuumda x o‘qi bo‘ylab tarqalmoqda. To‘lqin tarqalish
yo‘nalishida 1 sm 2 ga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha energiya oqimi Ф=2.6
⋅ 10
-3
Vt. Elektr maydon
kuchlanganligi maksimal qiymati aniqlansin.
85. Tovush to‘lqin energiyasining o‘rtacha xajmiy zichligi <ω>=3.01 mJ/m3. Tovushning
intensivligi aniqlansin, agar u normal sharoitda quruq havoda tarqalayotgan bo‘lsa.
86. Chastotasi 50 Hz bo‘lgan tovush tebranishlari odam qulog‘i bilan qabul qilinadi, agar
qulog‘ining 1 sm 2 yuzasiga tushayotgan energiyani o‘rtacha oqimi 10
-9
Vt kichik bo‘lmasa.
Bunday to‘lqinda havo zarrachalarining tebranish amplitudasi aniqlansin, agar havo zichligi ρ
=0.0012 g/sm 3 bo‘lganda, tebranishlar tarqalish tezligi υ =350 m/s bo‘lsa.
87. Tovush intensivligi I=1 Vt/m 2 tovush to‘lqini energiyasining o‘rtacha xajmiy zichligi
<ω> aniqlansin, agarda tovush normal sharoitda quruq havoda tarqalayotgan bo‘lsa.
88. Yassi elektromagnit to‘lqin vakuumda x o‘qi bo‘ylab tarqalmoqda. Elektr maydoni
kuchlanganligining maksimal qiymati E m =300 V/m. Umov-Poynting vektor kattaligining
o‘rtacha qiymati aniqlansin.
89. Yassi elektromagnit to‘lqin vakuumda tarqalmoqda. Tebranishlar chastotasi ν =1.0
⋅ 10
3
s
-1
. To‘lqin tarqalish tezligi yo‘nalishiga tik bo‘lgan S=20 sm 2 yuzadan t=4 s davomida o‘taytgan
o‘rtacha energiyani aniqlang, agar elektr maydoni kuchlanganligining maksimal qiymati 100 V/m
bo‘lsa. Boshlang‘ich shartlari ixtiyoriy tanlab olib, sonli koeffitsiyentlari bilan to‘lqin tenglamasi
yozilsin.
90. Yassi elektromagnit to‘lqin vakuumda tarqalmoqda. Tebranishlar chastotasi ν =2
⋅ 10
6
s
-
1
. Magnit maydoni kuchlanganligining maksimal qiymati 0.5 A/m. Poyting vektori kattaligining
o‘rtacha qiymati aniqlansin. Boshlang‘ich shartlarini ixtiyoriy tanlab olib, sonli koeffitsiyentlar
bilan to‘lqin tenglamasi yozilsin.
91. Havoda tarqalayotgan yassi tovush to‘lqinning tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega: у=6
⋅ 10
-6
sin(600πt-2πt). Manba tebranishlari boshlangandan so‘ng 0.01 s o‘tgach, to‘lqin tarqalish
yo‘nalishida, manbadan 0.25 m masofada joylashgan nuqtada Umov vektorining qiymati va
to‘lqin intensivligi aniqlansin. Havo zichligi 1.24 kg/m 3 . Bir davr ichida kosinus kvadratining
o‘rtacha qiymati1/2 ga teng.
92. Vakuumda tarqalayotgan yassi sinusoidal elektromagnit to‘lqin, to‘lqin tarqalish
yo‘nalishiga tik bo‘lgan S=10 sm 2 yuza orqali t=1 min. davomida qanday energiya olib o‘tadi?
Elektr maydoni kuchlanganligining amplitudasi. E m=1 mVm. To‘lqin davri T< Dostları ilə paylaş: |