O’zbek tilida ikkinchi darajali bo’laklar uch turga bo’linadi: 1.To’ldiruvchi 2. Aniqlovchi 3.Hol.
Ko’pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so’zlar bilan ifodalangan bo’lakka boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uning ma’nosini to’ldirib keladigan ikkinchi darajali bo’lak to’ldiruvchi deyiladi.
To’ldiruvchi boshqaruvchi so’zning talabiga ko’ra kelishik affikslari (tushum va o’rin kelishiklari) yoki ko’makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o’xshaydi, ular dog’larni bekitadi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»). Momomiz gap bilan andarmon bo’lib bilmaydi. (T.Murod).
To’ldiruvchi o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so’z bilan) «to’ldiruvchi-to’ldirilmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.
To’ldiruvchi egaga, aniqlovchiga, boshqa bir to’ldiruvchiga ham bog’lanib kelishi mumkin. Bunday bog’lanishlarda ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi sifatdosh va harakat nomi bilan ifodalanib keladi.
1. To’ldiruvchi egaga bog’lanadi: Buni sengaaytish ma’qul.
2. To’ldiruvchi aniqlovchiga bog’lanadi: Betgaaytganning zahri yo’q.
3. To’ldiruvchi boshqa bir to’ldiruvchiga bog’lanadi: Xushxabarnikeltirganga rahmat.
To’ldiruvchi ifoda materialiga ko’ra egaga hamda qaratuvchiga o’xshaydi, faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.
Savol va topshiriqlar: Aniqlоvchi dеb nimaga aytiladi?
Aniqlоvchining ma’nо turlarini sanab bеring.
Sifatlоvchi qanday ma’nоlarni anglatadi?
Izоhlоvchining ma’nоlarini sanang.
Sifatlоvchi va izоhlоvchilar so’zlarga qaysi yo’l bilan bоg’lanadi?
Qaratqich aniqlоvchi qanday shakllanadi?
Qaralmish qanday usul bilan so’zga bоg’lanadi?
To’ldiruvchi deb nima aytiladi?
To’ldiruvchi qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanadi.