231
MAVZU: RAQAMLI IQTISODIYOT BUGUNGI KUNDA
Muallif:
Denov tadbirkorlik va pedagogika
institute Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Iqtisodiyot yo’nalishi 1-kurs
talabasi
Ismoilov
Suxrob Normo’min o’g’li
Tel:
+998997178110
E-mail:
suhrobismoilov181@gmail.com
Annotatsiya
Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot va ularni
rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda ,shuningdek jamiyat hayotida
raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida
"Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli
iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi savollarga javob topishingiz
mumkin .
Kalit so’zlar:
Raqamli iqtisodiyot, iqtiosodiyot, bozor iqtisodiyoti,
raqamli
texnologiya, raqamlashtirish, robototexnika,IT, raqamli dividentlar, internet banking,
Kirish
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik
palatasiga qilgan murojaatnomasida
“2020 yil – Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili”
deb e’lon qilgan edi. Shundan keyin fuqarolarda “raqamli iqtisodiyot” atamasi haqida
ko‘plab savollar tug‘ila boshladi
.[1]
Raqamli iqtisodiyot
noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan
qandaydir
boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari
yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud
iqtisodiyotni yangicha
tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyot xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib,
bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi
ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash
natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish,
texnologiyalar,
qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan
samaraliroq
yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha,
raqamli iqtisodiyot
bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo,
kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli
kompyuter texnologiyalarini
rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.