231 mavzu: raqamli iqtisodiyot bugungi kunda muallif



Yüklə 71,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü71,3 Kb.
#168945
1   2   3   4   5
raqamli-iqtisodiyot-bugungi-kunda

Raqamli iqtisodiyot
deganda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli 
texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet 
iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 
1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini 
amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar
jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qo‘llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki 
dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma’ruza e’lon qildi (“Raqamli 
dividendlar”).
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida 
elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, 
internet o'yinlari ko'riladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi 
evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik 
ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan 
uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz 
mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda bank yoki moliya 
muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. 
Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga 
oshirishimiz mumkin. 
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy 
o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar 
mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish 
hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, 
shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. 
Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. 
Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning 
o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq 
miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, 
moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy 
va ijtimoiy) birlashtiradi. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, 
milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois 
ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot 
jadal sur'atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari 
internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim 
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 
foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu 
ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib boradi. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning 
samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning 
mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv 


233 
instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, 
iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli 
iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi. 

Yüklə 71,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin