235
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib
berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda
raqamli iqtisodiyot
O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni
imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida
raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish
mumkin.
ko'plab sohalardagi monopoliya;
internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada
qolganligi;
fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
qonunchilikning shaffof emasligi;
axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni
boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi
yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
So‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab raqamli ma’lumotlarga asoslangan biznes
modellaridan foydalangan holda ko‘plab raqamli platformalar paydo bo‘ldi
va ular
mavjud sanoat tarmoqlari o‘rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor
kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi
platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanishadi.
236
Raqamli iqtisodiyotda platformaga asoslangan biznes katta ustunlikka ega. Ham
vositachi, ham infratuzilma sifatida ular onlayn harakatlar va platforma foydalanuvchilari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yozib olish va o‘chirish
imkoniyatiga ega. Raqamli platformalarning o‘sishi ularning raqamli ma’lumotlarni
to‘plash va tahlil qilish qobiliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, ammo ularning qiziqishlari
va xattiharakatlari daromad olish uchun ushbu ma’lumotlarni
qanday qilib
tijoratlashtirayotganliklariga bog‘liq.
Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan ortiq
sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va
raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini
vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon
banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10
foizga
ko‘payishi yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan
20 foizga o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning
ahamiyati belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting
Group kompaniyasi raqamlashtirish ko‘lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun
2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar
bu tendensiya saqlanib qolsa,
10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga
yaqinlashadi.
Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda IT sohasida taxminan 1 foiz aholi mehnat qiladi,
ushbu sektor ish o‘rinlarini boshqalarga solishtirganda nisbatan qamroq yaratadi.
Biroq IT yo‘nalishining yuksalishi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirayotgan boshqa
sohalarda ish o‘rinlarining yaratilishiga turtki beradi (IT sohasida yaratilgan har 1ta
237
yangi ish o‘rni uchun yondosh sohalarda 4,9ta ish o‘rni to‘g‘ri keladi). Raqamli
iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil
ochib bermoqda.
Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi
ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning
paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida xarajatlarining qisqarishiga
zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini tatbiq
etishdan hosil
bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda
taqsimlanmaydi. Bu kabi investitsiyalardan maksimal natija olish uchun
texnologiyalarning Jahon banki tayyorlagan ma'ruzasida «analog to‘ldiruvchilar» deb
nomlangan boshqa omillar bilan o‘zaro ta'sirini yaxshi tushunish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: