247
TCP\IP PROTOKOLI POG’ONALARI.
Mamirxo‘jayev Muhammadamin Mavlonjon o‘g‘li
Sotvoldiyeva Mohiraxon Baxromjon qizi
To‘ychiboev Abbosjon Erali o‘g‘li
Umaraliyev Jamshidbek To‘xtasin o‘g‘li
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari
Annotatsiya : TCP/IP. TCP/IP protokol steklari (Transmission
Control
Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir
haqida juda ko‘plab ma`lumolar berilgan.
Kalit so‘zlar : IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet
Exchange) , NetBIOS (Network Basic Input/Output System), SMB (Server
Message Blick), POP3 (Post Office Protocol Ver-sion3), SMTP(Simple Mail
Transfer Protocol).
Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri
bu — IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan
transport muhitini
taklif etadi. Mazkur protokolning ma’lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy:
xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP-
xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi).
IP-protokolida tarmoqlararo
xizmatlarni ta’minlash uchun to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish
turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha
imkoniyat(opsiya)lar . Xizmat ko‘rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning
tarmoqlararo tizim orqali uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi
uchun
foydalaniladi.
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‘lish vaqtining
yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va
tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‘ylab harakatlanishiga ko‘ra
kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti
qabul qilib oluvchiga yetib
borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu deytagramma yo‘q qilinadi. Sarlavhaning
nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi.
Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa, u holda ushbu tarmoqlararo
deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar
ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi, masalan, ma’lumotlarni
himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.
Asosiy protokollarning tahlili:
TCP/IP. TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet
Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir.
248
U har qanday o‘lchamdagi mahalliy tarmolarda ishlaydi.
Undan tashqari
protokollardan Internet global tarmog‘ida ishlash imkonini beruvchi yagona
protokoldir.TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko‘p protokollar
kiradi, lekin o‘z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.TCP
(Transmission Control Protocol) –
transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan
foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan
tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan
foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP. TCP/IP stekning
quyi bosqichi axborot
uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq
texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish
mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun
loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir.
Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani
uchun ham aloqa kanalining
sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP –
protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot
uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki,
tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi.
IPX/SPS. IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange)
protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir.
U Novell Net Ware
operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion
tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.IPX/SPS protokollari ISO/OSI
modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada
bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha
kata bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni
katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi.