IQS-22-24 GURUH
KIRISH
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib
borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda
katta
tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarni qulayligi oshirishda aloqa
vositalarini ham o‟rni beqiyosdir. Chunki aloqani sifatliligi aloqa
vositalariga chambarchas bog‟liq. Dastlab aloqalarni faqat sim
ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni
aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo‟glagan va
shu tariqa
shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o‟rnatilgan. Hozirgi kunda
bunday
simlarni zamonaviy ko‟rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi.
Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bun bir qancha
qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon
talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasini
o‟ziga bog‟liq bir qancha noqulayliklari bor. Bularga
misol keltirsak,
bu simlarni qandaydir aloqa markazlarigacha
tortib olib borish,
simlarni joylashtirishdagi noqulayliklar va hk.
Bundan tashqari simlarni tayyorlash uchun ham xom ashyolar sarf
bo‟lishi kabi moliyaviy noqulayliklari mavjud. Shunday noqulayliklar
va moliyaviy zararlardan qochgan holda yangi zamonaviy aloqa
simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga misollar keltirsak, birinchi
navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri
hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi Fi, Wi MAX
va shunga o‟xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi.
IQS-22-24 GURUH
ASOSIY QISM
Wi-Fi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng
perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi
(
) — ingliz tili so‟zlaridan tashkil topgan bo‟lib, «simsiz
Wireless Fidelity
vafolik» ma‟nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli
ma‟lumotlarni radiokanallar orqali jo‟natish turlaridan biridir. Ushbu
texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun
mo‟ljallangan bo‟lib, kabelli tarmoqni o‟rnini egallashi bashorat
qilingandi. Bizga ma‟lumki albatta
kabelli tarmoqli kompyuter
tarmog‟ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog‟ini qo‟lda
o‟rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o‟rnatish talab
qilinishini hamma bilishligi aniq.
Wi-Fi — radiochastotalarning
qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma‟lumot
almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog‟i
orqali
WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq)
tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta yuqori radioto‟lqinlar
orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma‟lumot almashinishini ko‟rish
mumkin bo‟ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga
alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon
territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog‟ini
tushirish kabi mablag‟li jarayon uchun mablag‟laringizni tejash bilan
birga, o‟rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o‟rnatish
jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa
tarmoqlardan ustun qilib qo‟yadi. Simsiz tarmoqlar
radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto‟lqinlar bino yoki
umuman ofislardagi devor yoki shunga o‟xshagan to‟siqlardan ham
o‟tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to‟siq bo‟la
olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o‟z-o‟zidan
kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko‟pchilik WLAN
tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil
qiladi, bu albatta uning yo‟lidagi to‟siqlarning qanaqaligiga va
qanchaligiga bog‟liq bo‟ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli
tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va
undan bir necha barobar
yuqori ham bo‟lishi mumkin. Bu albatta
qaysi standartidan
foydalanishga ham bo‟gliq bo‟ladi. Wi-Fi standartlari haqida
to‟liqroq keyingi bo‟limda tanishishingiz mumkin bo‟ladi.