GSM texnologiyasi yordamida ma'lumotlar uzatishni uchta asosiy
imkoniyati mavjud:
• SMS (Short Message Service) qisqa habarlarni uzatish xizmati
• GSM (Global System Mobile Telecommunication )- tovush
ma'lumotlarini uzatish xizmati
• GPRS (General Packet Radio Service) ma'lumotlarni paket
ko„rinishida uzatish xizmati
SMS xizmati mobil telefon foydalanuvchilari uchun ancha
mashhurdir. Ma'lumotlar oddiy qisqa xabar ko„rinishida uzatiladi. Bu
xizmatning asosiy afzalligi shundaki, undan foydalanish juda qulay,
narxi yetarlicha arzon, xabarlar osonlik bilan yetkaziladi. Kamchiligi
sifatida xabarlarni tezda o„z manziliga yetkaza olmaslik va xabarlar
IQS-22-24 GURUH
tarkibidagi belgilarning kamligi (maksimum 160 ta) ni ko„rsatish
mumkin. Bu kamchiliklar natijasida obyektlardagi hisoblagichlardan
doimiy ravishda ma'lumotlarni kontsentratsiya qilish imkoni yo„qqa
chiqariladi. SMS xizmatini kunda bir marta hisoblagichlardan
ma'lumotlarni o„lishda qo„llash samaralidir. Mazkur xizmat biz qarab
chiqayotgan tizimda favqulodda obyektlarda nosozliklar yuzaga
kelganda tashvishli xabarlarni uzatishda ishlatiladi.
Ma'lumotlarni yuqori tezlikda kanal bo„yicha kommutatsiya qilish
(HSCSD-High Speed Circuit Switched Data) obyektlar o„rtasida aniq
vaqt masshtabida (on-line) “nuqta-nuqta” bog„lanish formatida
ixtiyoriy hajmdagi ma'lumotlarni uzatib qabul qilish imkonini beradi.
Bu aloqa turining asosiy yutug„i ma'lumotlarni yuqori tezlikda va
ishonchlilik bilan uzatishdir. Bitta GSM kanalida ma'lumotlarni uzatish
tezligi 9600 Kbit/s ni, ko„p kanalli rejimda 19200 Kbit/s va undan ham
yuqori bo„lishi mumkin. GSM kanallarini EHBAT tizimida qo„llashning
kamchiligi kichik hajmdagi ma'lumotlarni uzatishda modemlarning
qo„yilishidir, ya'ni qisqa axborot uzatish uchun ham modemdan
foydalanish iqtisodiy jihatdan qimmatdir. Bunda abonentlar butun
aloqa seansi uchun mablag„ sarf qiladilar.
GSM tarmog„ida ma'lumotlarni uzatishning optimal varianti GPRS
(General Packet Radio Service) texnologiyasining qo„llanilishidir. Bu
texnologiyaning asosiy xususiyati shundaki, abonentlar doimiy
ravishda tarmoqqa virtual aloqa kanali orqali ulanishi mumkin.
Abonentga ma'lumotlar paketini uzatish vaqtida real radiokanal
taqdim etiladi, qolgan vaqt tarmoqdagi boshqa
foydalanuvchilarning paketlarni uzatish uchun qo„llaniladi. Shunday
qilib, abonent xuddi CSD va HSCSD rejimidagi kabi fizik kanalni
doimiy band qilmaydi va buning natijasida butun aloqa qilsh vaqti
uchun emas, balki faqat trafik uchun haq to„lanadi. Natijada
ma'lumotni har bir baytini uzatish narxi kamayadi. Shuning uchun
GPRS texnologiyasi tizimni uzluksiz va kvazi uzluksiz monitoring qilish
uchun optimal yo„l hisoblanadi. GPRS texnologiyasi yordamida
ma'lumotlarni almashish tezligining maksimal imkoniyati nazariy
jihatdan 170 Kbit/s gacha bo„lishi mumkin.
IQS-22-24 GURUH
Ma'lumotlarni uzatuvchi qurilma sifatida oddiy uyali telefondan
(GPRS xizmatini qo„llab-quvvatlaydigan) ham foydalanish mumkin.
Lekin qiymat nuqtai-nazaridan ko„proq ma'qul bo„ladigan
samarador va ishonchli ishlaydigan hamda chidamliligi atrofdagi
zarali ta'sirlarga chidamli bo„lgan mahsus tashqi terminal modul ya'ni
modem qo„llash maqsadga muvofiqdir. GSM/GPRS moduli bu
korpussiz element (OEM-modul) bo„lib, u radio chastotali blok,
raqamli elektr ta'minot vositalari, tashqi qurilmalar bilan aloqa uchun
interfeys, korpus, antenna va boshqalardan tashkil topgan.
GSM/GPRS tashqi terminalidagi bu qismlar doimiy ishga tayyor holda
bo„ladi. Bu modulning asosiy afzalligi uning masofadagi obyektlar,
ya'ni kontsentrator bilan osongina integratsiyashuv imkoniyatidir. Bu
obyektlardagi qurilmalarning keraksiz korpuslarning ko„payishini
cheklaydi, ammo bunda kontsentrator platasiga modulning ishlashini
ta'minlovchi qo„shimcha sxemalarni joylashga to„g„ri keladi. Modul
ishlab chiqaruvchi har hil firmalarning modullari vazifasi va
arxitekturasi bo„yicha bir hil bo„ladi, lekin ular bir-biri bilan o„ziga xos
ulagichlari mavjudligi orqali farqlanadi.
Tizimda ishlab turgan bir firmaning modulini boshqa firmaning moduli
bilan almashtirishda, shu tizimgagi boshqa xost-qurilmalar bilan
o„zaro moslashuvchanlikni yaratish uchun sxemotexnik adaptatsiya
moslamasi kerak bo„ladi. GSM/GPRS moduli orqali ma'lumotlarni
uzatish kanali bazaviy funktsiya bilan amalga oshiriladi. Bu modullar
boshqaruvchi kontrollerlar hisoblanadi. Bu funktsiyani bajarish uchin
modul arxitekturasining ochilish imkoniyati beruvchi maxsus dastur va
apparat vositalari ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladi. Bu
vositalar ilovalarni yuklash va sozlash imkonini beradi. Ilovalarni
amaliy jihatdan yuklashda bir yoki bir hechta interfeyslar UART
(Universal Asynchronous Receiver/Transmitter ), SPI (Serial Pheripheral
Interface), USB (Universal Serial Bus) va boshqalar yordam beradi.
Agar modul TCP/IP stekida qurilgan bo„lsa, GPRS kanalini tashkil qilish
masalasi yetarlicha soddalashadi. Bunda TCP/IP stekida qurilgan
modul, GPRS texnologiyasi asosida ma'lumotlarni uzatish kanalini AT-
buyruqlari yordamida tashkil qila oladi. Hozirda ko„pgina modullar
TCP/IP stekida integratsiyalashib, GPRS texnologiyasining 8- yoki
undan ham yuqori sinflarini tashkil qilish imkoniga ega bo„lmoqda.
IQS-22-24 GURUH
GSM/GPRS terminal modullarini tashqi qurilmalar bilan bog„lash
uchun RS-232 interfeysi ishlatiladi. Tashqi qurilma sifatida xuddi
komp'yuterda bo„lganidek mikrokontrollerlar asosida qurilgan
apparat vositalari ishlatiladi. Ko„rilayotgan tizimda RS-232 interfeysi
operatorning ish joyidagi bilan modemGSM/GPRS ni va shunigdek,
modemGSM/GPRS bilan kontsentratorni bo„lash uchun ishlatiladi.
Tizimlarda bunday texnologiyalarning qo„llanilshi, tizimni nazorat qilish
va doimiy monitoring o„tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari,
bunday tizimlarni nafaqat GSM/GPRS texnologiyasi yordamida balki,
Wi-Fi va WiMax texnologiyalari yordamida ham tashkil etish mumkin.
Hozirda mamlatimizda faoliyat yuritayongan MaxLine kompaniyasi
WiMax texnologiyasi asosida simsiz aloqa kanallarini turli tizimlarda
qo„llashni taklif etmoqda. Bu esa o„z navbatida, mamlakatimiz aloqa
tizimini tobora mukammallashib borayotganidan darak beradi.
2008 yil 17 oktabrda Toshkеntdagi Intеrkontinеntal mеhmonxonasida
Super iMAX kompaniyasining EVO simsiz tarmog„ining rasmiy ochilishi
marosimiga bag„ishlangan matbuot anjumani bo„lib o„tdi.
Matbuot anjumanida Super iMAX kompaniyasining rahbarlari hamda
mazkur kompaniyaning ta'sischilaridan, invеstor va opеrator sifatida
qatnashuvchi KT (Korea Telecom), invеstor sifatida qatnashuvchi
Sumitomo Corporation kompaniyalari vakillari qatnashdilar.
Matbuot anjumanida EVO tarmog„ining bugungi kundagi
imkoniyatlari to„g„risida ma'lumot bеrish uchun kichik taqdimot
o„tkazildi.
IQS-22-24 GURUH
EVO - mobil WiMAX ning O„zbеkistondagi birinchi tarmog„i va mobil
WiMAX «ikkinchi to„lqini» (Wave-2) ning dunyoda birinchi
opеratorlaridan biri.
Taqdim etiladigan xizmatlar qayd etilgan hamda mobil WiMAX kеng
polosali simsiz ulanish tеxnologiyasiga asoslanadi. Kompaniya
O„zbеkiston hududida tеgishli tеlеkommunikatsion xizmatlar
ko„rsatish bo„yicha barcha zarur litsеnziyalar va ruxsat bеruvchi
hujjatlarga ega.
WiMAX Tеxnologiyasi har qanday, shu jumladan zich shahar
imoratlari sharoitlarida ishlashga, aloqa yuqori sifati va malumotlar
uzatish katta tеzligini ta'minlashga imkon bеradi.
WiMAX Tеxnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilib,
kompaniyalar bo„limlari o„rtasida tarmoqni tashkil qilib va ilgari
ananaviy tеxnologiyalar sababli imkoni bo„lmagan boshqa
masalalarni hal etib “oxirgi nuqta” kеng polosali ulanishlarni yaratish
uchun foydalanish mumkin.
WiMAX tеxnologiyasi yuqori tеzliklarda Intеrnеtga ulanishni, Wi-Fi
tarmoqlariga qaraganda kеng zonalarni qoplash va ishonchlilikni
ta'minlashga imkon bеradi.
Wi-Fi — bu kichik masofalarda simsiz aloqa tеxnologiyasi: ofis
binosida, kafеda. Wi-Fi xot-spotidan kompyutеrgacha masofa bir
nеcha o„n mеtrdan oshmaydi.
IQS-22-24 GURUH
Dostları ilə paylaş: |