25-mavzu: Forsiy izofa
Darsning maqsadi: Talabalarga fors izofasi haqida tushuncha berish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Uyga vazifani so`rash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Darsni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa berish.
Darsning jihozi: Darslik kitob, harflar jadvali - ko`rgazmali qurol va tarqatma material.
REJA:
1. Fors izofasi haqida.
2. Foriy izofa artikli qaysi.
3. Mashqlar bajarish.
Eski o‘zbek yozuvi yodgorliklari tilida arab izofali birikmalariga qaraganda forsiy izofali birikmalar juda ko`p. Ular yozma yodgorliklar tiliga qo`shnichilik va qardoshlik aloqalari yo`sinida shunchaki kirib qolgan emas, balki jonli grammatik vosita sifatida tilda muhim vazifa bajargan.
Ma’lumki, arab va fors izofalari mohiyat e’tibori bilan hamda so‘z tartibi jihatidan o‘zbek tiliga teskari. O‘zbek tilida oldin aniqlovchi, so`ngra aniqlanmish kelsa, arab va fors tillarida aksincha holatni ko`ramiz. Forsiy izofali birikmalarning ba’zilari hozir ham adabiy tilimizda, shuningdek, xalq jonli so‘zlashuv nutqida mavjud, ular asrlar mobaynida tilga butunlay singishib ketgan. Misollar:
ﺑﻴﺪﻭﺍ ﺪﺭﺪ
|
- dardi bedavo
|
ﺴﺭ ﺪﺭﺪ
|
- dardisar
|
Agar tilidagi izofa ko`rsatkichi al (ul) bo‘lsa, fors-tojik tilida
(i) tovushidir. Forsiy izofa ko`rsatkichi, odatda, yozuvda aks etmaydi. Lekin u ba’zi istisnolardan ham holi emas.
Agar aniqlanmish ma’nosidagi so‘zning so`nggi tovushi undosh tovush bilan tugasa, unday holda yozuvda hech qanday belgi qo`yilmaydi. Lekin talaffuzda aniqlanmish bilan aniqlovchi (qaratqich va qaralmish) o`rtasiga albatta i tovushi qo`shib aytilishi shart. Misollar:
ﻤﻴﺪﺍﻥ ﻤﺭﺪ
|
- mardi maydon
|
ﺭﻭﺍﻥ ﺘﺨﺖ
|
- taxtiravon
|
Bordi-yu, aniqlanmish a unlisi bilan tugasa, u holda aniqlanmishdan keyin hamza belgisi qo`yiladi va i tovushi sifatida talaffuz qilinadi. Misollar:
ﻨﻈﺭ ﻨﻘﻂﻪ
|
- nuqtai nazar
|
ﺤﺎﻞ ﺘﺭﺠﻤﻪ
|
- tarjimai-hol
|
Maboda aniqlanmish u yoki o` unlilari bilan tugasa, ulardan keyin (ye, yi) harfi yozuvda ifodalanishi kerak, masalan:
Eslatma: Shuni ta’kidlash kerakki, izofali birikmani o‘qiganda alohida emas, balki bir butun umumiy intonasiya bilan talaffuz qilinishi lozim. Shuning uchun ham izofali birikmalar, odatda, butun bir sintaktik birlik sifatida tushuniladi. Xullas, eski o‘zbek tilida, ayniqsa, klassik she’riyatimizda forsiy izofadan keng foydalanilgan. Adabiy tilda va jonli nutqda forsiy hamda turkiy izofa barobar qo`llanilgan.
Muhokama uchun savollar:
1. Forsiy izofa nima?
2. Fors izofasi ko`rsatkichi nima?
3. Izofali birikmalar qanday o‘qilishi lozim?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
1. Quyidagi izofali so‘z birikmalarini o‘qing, yozilishi va o‘qilishini izohlang:
2. Tubandagi so‘z birikmalari asosida gap tuzing. Eski o‘zbek yozuviga aylantiring: nuqtai nazar, labi xandon, ofati jon, tarjimai hol, sarvi ravon, qomati zebo, sarvi qad, g`amzai jonon.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
1. Izofa ﺍﺿﺎﻔة so‘zining lug`afiy ma’nosi qo`shish va bog`lash
2. Fors izofasininig ko‘rsatkichi e urg’usiz tovushidir
3. Forsiy izofa ko`rsatkichi, odatda, yozuvda aks etmaydi
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Jumaniyozov R. Eski o‘zbek tili va yozuvi. -Toshkent, 1989.
2. Abdullayev S., Oqilov M. O‘qish kitobi Toshkent 1994
3. Isoqov F. Eski o‘zbek tili va yozuvi Toshkent 1995
4. Kollektiv O‘qish kitobi Toshkent 1994
Dostları ilə paylaş: |