30. Uyg`onish davri ma`nosini bildirgan fransuzcha atamani belgilang
A) «Renessans»
B) «Gumanism»
C) «Minium»
D) «Antikuare»
31. Quyidagi qaysi omil italiyaliklarga qadimgi yunon qo'lyozmalari, antik san'at va me'morchilik yodgorliklari bilan tanishish imkonini bergan?
1) sharqqa uyushtirilgan salib yurishlari;
2) Levant yo`li bilan savdo-madaniyat borasidagi doimiy aloqalar;
3) Papaning qo`shni davlatlarga qilgan sayohatlari;
4) Shvabiya ittifoqining vujudga kelishi;
5) katolik dini taraqqiyoti.
A) 3,5
B) 2,4
C) 1,5
D) 1,2
32. Florensiya qaysi davlatda joylashgan?
A) Italiya
B) Angliya
C) Ispaniya
D) Fransiya
33. Florensiyaning qit’adagi eng boy shaharlaridan biriga aylanishiga nima sabab bo`lgan?
A) salib yurishlari natijalari
B) savdodan kelgan daromad
C) qo`shni davlatlarga qilingan bosqinchilik
D) Vizantiyaning kuchsizligi
34. O`rta asrlarda quyidagi qaysi hududda shahar-respublika hokimlari rassomlar, haykaltaroshalr, me`morlarning barakali ijodi uchun sharoit yaratib berganlar?
A) Florensiya
B) Milan
C) Genuya
D) Venetsiya
35. O`rta asrlarda Yevropadagi madaniyat markazlaridan bo’lgan qaysi shaharda kitob chop etish yuksalgan?
A) Neopolda
B) Krakovda
C) Parijda
D) Venetsiyada
Dostları ilə paylaş: |