28. Angliyada 1215-yilning bahorida ko`tarilgan qo`zg`olonda kimlar qatnashgan?
1) baronlar; 2) dehqonlar; 3) drujinachilar; 4) ritsarlar 5) shaharliklar; 6) ruhoniylar; 7) savdogarlar
A) 2,6,7 B) 1,2,6 C) 2,3,7 D) 1,4,5
29. Angliya qiroli 1215-yilning bahorida qanday hujjatni imzolashga majbur bo'lgan?
A) «Buyuk ozodlik xartiyasi»
B) «Ozodlik manifesti»
C) «Oltin qonun»
D) «Shaxs va fuqaro erkinligi deklaratsiyasi»
30. "Buyuk ozodlik xartiyasi" haqidagi berilgan ma`lumotlarning to`g`rilarini toping.
1) asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar manfaatini ifodalagan;
2) asosiy moddalari ritsarlar va shaharliklar manfaatini ifodalagan
3) 63 moddadan iborat bo‘lgan;
4) qalqon puli solig`i bekor qilingan;
5) ritsarlar va erkin dehqonlarga ayrim yengilliklar berilgan;
6) erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklaridan himoya va`da qilingan;
7) barcha shartlariga to`liq rioya etilgan;
8) erkin kishilarga qo‘shimcha jarimalardan himoya va’da qilingan;
9) harbiylar soliqlardan ozod etilgan;
10) ayrim shartlariga amalda to‘liq rioya etilmagan;
11) 1216-yilda qabul qilingan;
12) ritsarlar va erkin dehqonlardan belgilanganidan ko‘p xizmat va to‘lovlar olish taqiqlangan.
A) 2,4,6,7,8,9,10 B) 1,3,4,7,8,11,12
C) 1,3,5,6,8,10,12 D) 2,3,6,7,10,11,12
Dostları ilə paylaş: |