26-iyun 237-ij 2022/2023-o‘quv yili uchun qabulni yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida


Qabul komissiyasi faoliyatida quyidagilarga amal qilinishi inobatga olinsin



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə2/6
tarix06.04.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#94011
1   2   3   4   5   6
237-ij

4. Qabul komissiyasi faoliyatida quyidagilarga amal qilinishi inobatga olinsin:
a) 2022/2023-o‘quv yili qabulida:
davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshirilishi, bunda, birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi;
magistraturaga o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinishi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball berilishi;
magistratura mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilgandan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etilishi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi;
abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi;
b) 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab:
alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilishi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi;
xorijiy fuqarolarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshirilishi;
magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin