7. Institutning barcha rahbar xodimlari (prorektorlar, dekanlar, kafedralar mudirlari, bo‘limlar boshliqlari)ga: universitetda korrupsion holatlarni keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik;
bevosita qo‘l ostida ishlayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarga faoliyati davrida, shu jumladan, abituriyentlar qabuli bilan bog‘liq korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlari va javobgarligi haqida ogohlantirish va tushuntirishlar berish.
8. Abituriyentlar va ularning ota-onalarining qabul to‘g‘risidagi murojaatlariga tezkor javob olishga yordam beruvchi call center hamda maxsus ikki qismga ajratilgan (konsultant-abituriyent) konsultatsiya xonalari tashkil etilsin hamda bir vaqtning o‘zida beshtagacha qo‘ng‘iroqlarga javob berish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rilsin.
9. Call center da faoliyat yuritadigan xodimlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Qabul komissiyasi (Sh.Normo’minov)ga quyidagi vazifalar yuklatilsin: 10.1. Qabul komissiyalarining tasdiqlangan tarkibining har bir a’zosiga yuklatilgan vazifalarini talab darajasida bajarilishini ta’minlash;
abituriyentlar haqida ma’lumotlar tayyorlash, ijodiy imtihonlar natijalarini rasmiylashtirish, jamlash va taqdim etishga mas’ul va ijrochi xodimlarga yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar oqibati va javobgarlik to‘g‘risida batafsil tushuntirish va yo‘riqnomalar berishni tashkil etish;
10.2. Institut prorektorlari va jamoat tashkilotlari rahbarlarining abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olish va ijrosi ustidan nazorat qilish, belgilangan muddatlarda javoblar yo‘llash jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish;
10.3. Institut talabalarining kirish sinovlarida noqonuniy ishtirok etishini oldini olish maqsadida Kadrlar bo‘limidan talabalarning hujjatlarini asossiz chiqarmaslik choralarini ko‘rish;
10.4. Call center hamda konsultatsiya xonalari internet tarmog‘ida ulangan kompyuter, ish telefoni, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar nusxalari va boshqa zaruriy materiallar hamda gigiyenik vositalar (sanitariya-zararsizlantiruvchi antiseptik gellar, xlor, sovun, niqob, qo‘lqoplar, tozalash uchun antibakterial vositalar va h.k.) bilan ta’minlash;
10.5. Tashkil etilgan call center hamda konsultatsiya xonalariga jalb etilgan xodimlarning fuqarolarga beradigan tushuntirishlarida 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son Qarori hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning kirish imtihonlari tarkibidagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar mavjud ta’lim yo‘nalishlariga nisbatan ham tatbiq etilishi nazarda tutish;
10.6. Ommaviy-axborot vositalari, jumladan, rasmiy veb-saytlarda xabar berish orqali call center hamda konsultatsiya xonalari faoliyati to‘g‘risida aholiga ma’lumot yetkazishni ta’minlash;
10.7. Call center hamda konsultatsiya xonalari telefon raqamlarining doimiy (ish vaqtida) ishlab turishini ta’minlash;
10.8. Call center hamda konsultatsiya xonalari 2022-yil 20-iyundan 30-avgustga qadar har kuni (yakshanba kunidan tashqari) soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib borishini ta’minlash;
10.9. Axborot-maslahat markazlari alohida biriktirilgan telefon raqami orqali abituriyentlardan tushadigan savollar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ommaviy guruhlarida berilayotgan savollar, ko‘tarilgan muammolarni joyida o‘rganib, tegishli choralar ko‘rish va tushuntirishlar olib borishni ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
11. Qabul komissiyasi joylashgan binoni ta’mirlash, qabul komissiyasi o‘z faoliyatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratish moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor I.Raxmonovga yuklatilsin.
12. Fakultetlarning dekanlari quyidagi ishlar bo‘yicha mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin:
12.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va xalq ta’limi bo‘limlari bilan birgalikda iqtidorli yoshlarni universitetga o‘qishga kirish uchun jalb qilish;
12.2. Davlat granti va kontrakt bo‘yicha ajratilgan o‘rinlarni to‘ldirish uchun zarur choralar ko‘rish, reklama va tushuntirish ishlarini tashkil qilish;
12.3. Fakultetlar tarixi, buguni va kelajagini yorituvchi belgilangan o‘lchamdagi ko‘rgazmali stendlar va bukletlar tayyorlash.
13. Qabul komissiyasini zarur yozuv va boshqa idora ashyolari bilan ta’minlash hamda moddiy javobgarlik mas’uliyati katta tovarshunos ?????????? zimmasiga yuklatilsin.
14. Qabul komissiyasi faoliyati davomida tozalik va obodonlashtirish ishlari nazorati uchun mas’ul etib bosh muhandis ????????????? tayinlansin.
15. Harbiy imtiyozga ega abituriyentlar hujjatlarini nazorat qilish bo‘yicha mas’ul etib 2-bo‘lim boshlig‘i ?????????????? tayinlansin.