26-ma’ruza:
Sinxron generatorning elektr tarmog‘i bilan parallel ishlashidagi tavsiflari
4.12. Sinxron generatorlarning parallel ishlashi
Energetik tizimda sutka, hafta va oy davomida yuklama o’zgaradi. Shuning uchun ham
doimiy yuklamani qoplovchi
shunday bloklar borki, boshqasi esa Yuklamani avjiga chiqqan
vaqtida qoplaydi. Doimiy yuklamani atom stansiyalari ko’taradi, issiqlik elektrostansiyalarning
trubali generatorlari va gidroelektrstansiyalardagi gidrogeneratorlar esa yil davomida ulanishi va
o’n va Yuz marta yil davomida uzilishi mumkin. Katta quvvatli sinxronli mashinalarda
tezlashish jarayoni va uning sinxronlashuvi mashinaning xizmat qilish muddatiga sezilarli ta’sir
qiladi. Gidrogeneratorlarni silji shida turumostligi qo’zg’almas qismi va aylanayotgan qismini
ajratuvchimoyli Yupqa qatlam hosil bo’lishi ta’minlanishi shart[4].
Sinxron aylanish chastotasini rotorga yaqinlashish jarayonida
moyning haroratini nazorat
qilish tizimimashinaning ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Yirik turbo va gidrogeneratorlarning
ishga tushirish jarayoni bir necha o’n minutgacha cho’zilishi mumkin.Ishga tushirish
sinxronizatsiyalash jarayonlari tarmoq bilan parallel bo’lib, uzoq ishlashga nisbatan qisqa
muddatni olsada, biroq u o’chmasdan bir necha oy davom etishi mumkin, bunda uzoq ishlashga
nisbatan sinxronli mashinalarning ishonchli ishlashini pasaytiradi.
4.53-rasm. Mashina -tarmoq konturi:
E
0-
generator EYUK i; U
c
-tarmoq EYUK i.
4.54-rasm. Tarmoq bilan parallel ishlashda sinxronli mashinalarni ulash sxemasi.
Generatorni parallel ishlovchi tarmoqqa ulash jarayonida mashinalarni
sinxronlash aniq va
dag’al bo’lishi mumkin.
Aniq sinxronizatsiyalashda quyidagilarga rioya qilish zarur bo’ladi:
1)
Tarmoq va generator tarmog’i bir xil bo’lishi lozim;
2)
Tarmoq va generator kuchlanishi faza bo’yicha mos keladi va bir xil tebranishga ega
bo’ladi;
3) Tarmoq va generator fazalarining rioya qilish tartibi mos kelishi kerak.
Ana shu shartlarga rioya qilinganda generator tarmoqqa ulanganda tok sakramasdan
ulanadi. Sinxronli generatorni uyg’otib tokni rostlash yo’li bilan kuchlanish bir xilligiga
erishiladi, chastotatalar bir xilligiga esa generator rotorini aylanish chastotasini rostlash yo’li
bilan erishiladi. Stansiyalarda aylanish chastotasi bug’ aylanish
yoki gidravlik trubinalar
chastotasi o’zgarishi hisobiga yoki motor uzatmasining aylanish chastotasini o’zgarishi hisobiga
ham o’zgaradi.
Ana shunday sharoitlarda tarmoq konturida mashinada EYUK summasi nolga teng bo’ladi.
(4.53-rasm). Aytishadiki, EYUK ni sinxronizatsiya-
lanishida qarama-qarshi fazada bo’ladi, go’yoki ular
bir-birini muvozanatlaydi.
Fazalarning ergashish tartibi chastota tengligi
va tarmoq kuchlanishi
va generator va U
s
va E
o
oralig’ida fazaviy siljish SN sinxronoskop bilan
aniqlanadi.
(4.54-rasm)
generator
va
tarmoq
faralarining to’g’ri almashinishida sinxroskopning
chirog’i bir vaqtning o’zida o’chadi. Agar fazalar
almashinishiga rioya qilinmasa, chiroqda yuguruvchi
olov
joy oladi, qachonki chiroq navbat bilan yonadi va o’chadi.Tarmoqda kuchlanish tengligi
voltmetr bilan qayd etiladi, kuchlanish tafovutini esa chiroyning yorug’ligi bo’yicha deb fikr
yuritish mumkin. Generator va tarmoq chastotasini tafovutini chiroqning
pirpirashi chastotasi
bo’yicha aniqlash mumkin.O’quv yurtlaridagi labaratoriyalarda sinxronli generatorlarning
parallel ishlashini ulashda sinxronoskopdan foydalaniladi.
SG sinxronli generatorlarni o’zini o’zi sinxronlashi yoki dag’al sinxronlash usulidan
elektrostansiyalarda keng qo’llaniladi. Bu usul parallel ishlashda generatorlarni ulashda
uyg’otilmagan genaratorning aylanish chastotasi sinxronli
kabi holatga keltiriladi, keyin esa
generator tezlikda ketma-ket uni izidan qo’zg’alish bilan tarmoqqa ulanadi.
SHundan so’ng sinxronlashayotgan holat ta’sirida sinxronli generatorni o’zi sinxronizmga
tortiladi
O’zini o’zi sinxronizatsiyalash murakkab elektromexanik o’tish jarayonlarida o’z o’rniga
ega. Mashinaning cho’lg’amida qisqa muddatda generatorni trubina bilan birlashtiruvchi, mufta
va cho’lg’amga mexanik ta’sir qiluvchi, uning nominal ahamiyatini oshiriruvchi o’tkinchi tok
o’tishi kuzatiladi.
O’zini o’zi sinxronizatsiyalash usuli bilan500MVt quvvatli generatorni
parallel ishlashga
ulanadi. Sinxronli generatorlarni loyihalashtirishda o’tish jarayonlarining ta’siri mashinaning
ishonchli ishlashida hisobga olinadi.
O’zini o’zi sinxronizatsiyalashda generatorni tarmoqqa ulash uchun zarur bo’lgan vaqti
qisqaradi, bu energotizimni tejamli va ishonchli ishlashida juda ham zurardir.