26-mavzu: Aholining oilaviy tarkibi
Reja:
1. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi
2. Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari
3. Oilaning iqtisodiy faoliyati
Oila jamiyat ijtimoiy tizimining dastlabki va birlamchi bo‘g‘inidir. Ijtimoiy
hayot oiladan boshlanadi. Oila - kishilarning qon-qarindoshlik, mulk, manfaat
umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi
yagona bo'lgan mikroijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila uy
xo‘jaligi bo‘lib, mikroiqtisodiy tizimning asosiy bo‘lag i hisoblanadi. Uning
boshqa qismini esa firma, korxona va iqtisodiy sektor tashkil etadi. Oila shu
qismlar bilan birgalikda makroiqtisodiy tizimga, ya’ni milliy iqtisodiyotga birikadi.
Demografik amaliyotda oila bir necha belgilari bilan bidashgan quyidagi
shaxslar guruhini tashkil qiladi: birgalikda yashash; qarindoshlik yoki quda-andalik
munosabatlari; umumiy budjetning mavjudligi.
Oila eng muhim ijtimoiy yacheyka sifatida ko'plab ijtimoiy fanlar (sotsiologiya,
psixologiya, iqtisodiyot, huquq, etnografiya, pedagogika, demografiya)ning
tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Bu fanlardan har biri predmetiga muvofiq ravishda
oilaning faoliyati va rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qiladi. Jumladan,
iqtisodiyotning diqqat markazida iqtisodiy, ishlab chiqarish va iste’molchilar
yacheykasi sifatida oila yoki uy xo‘jaligi turadi.
1-rasm. Oila shakllanishining ijtimoiy, iqtisodiy va demografik asoslari.
Demografiya esa oilani aholining takror barpo bo'lish yacheykasi sifatida
o‘rganadi, shu munosabat bilan birinchi o'ringa uning reproduktiv mayli, oilaning
hosil bo'lish va rivojlanish jarayonining o'zi yoki uning demografik rivojlanishi
ko‘tariladi. Boshqacha qilib aytganda, demografiya oilaning hayotiy siklini
o‘rganadi. U qator davrlarga bo'linadi:
•
oilaning paydo bo'lishi (birinchi nikohdan o‘tish);
•
farzand tug'ilishining boshlanishi (birinchi farzandning tug‘ilishi);
•
farzand tug‘ilishining tugashi (oxirgi farzandning tug'ilishi);
•
«bo‘sh uya» - oxirgi farzandning nikohga kirishi va oiladan ajralib chiqishi;
•
oila hayotining tugashi.
Oilani hayot siklining boshqa versiyalari ham mavjud bo'lib, ularni quyidagi
davrlarga ajratib ko'rsatish mumkin:
•
sirdoshlik, yaqinlik: er-xotinlaming shakllanish bosqichidagi o'zaro
munosabatlar. Bu davrdagi vazifa - bir-biriga ko'nikish, moslashishdir;
•
to'lishish, boyish: oilada farzandlarning dunyoga kelish davri. Vazifa — oila
a’zolarida tarbiyaviy qobiliyat va imkoniyatlarni rivojlantirish;
•
individual lash ish, oila a’zolarining ajralib chiqishi: oiladagi bolalar
maktabga bora boshlagan payt. Vazifa - ota-onalar shaxsini bola shaxsidan ajratib
olish va oilada ham, undan tashqarida ham yordam ko'rsatish;
•
o'rtoqlik munosabatlari: oilada o'smir bolalar mavjud bo'lgan davr. Vazifa -
bola va ota-ona o'rtasida uning o'sib borayotgan mustaqilligini tushunishga
asoslangan munosabatlarni o'rnatish;
•
qayta guruhlanish: voyaga yetgan farzandlar ota-ona uyini tashlab ketadi.
Vazifa avlodlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'zgartirish, ota-onalar va bolalar
o'rtasida «kattalar kattalar bilan» singari o'zaro munosabatlarga o'tish;
•
tiklash - oilada ota-ona tashvishlari to'la yo'qoladi. Vazifa - bolalarsiz er-
xotin juftligi munosabatini tikiash. Bolalar va ota-onalar munosabatlari ham
o'zgarib ketadi;
•
o'zaro qo'llab-quwatlash - ota-onalar pensiyada, er-xotin ko'pincha buva va
buvi bo'lib qoladi. Vazifa - avlodlar o'rtasida o'zaro qo'llab-quwatlash tizimini
yaratish.
Iqtisodiyotda «uy xo'jaligi» degan tushuncha bor, lekin buni ro'zg'ordagi
xo'jalik ishlari deb tushunish noto'g'ri. Bu tushuncha iqtisodiy faoliyat yurituvchi
xonadonni anglatib, bunda oilasizlar va oilalar tushuniladi. Uy xo'jaligining
aksariyat qismini oila tashkil etadi. Bu xo'jalik iqtisodiyotning faol subyekti, ya’ni
ishtirokchisi bo'lib, u iqtisodiy oborotda qatnashadi. Bu oborot mazmunan
jamiyatda yaratilgan mahsulotlar, xizmatlar va ular qiymatining ifodasi bo'lgan pul
mablag'larining aylanma harakatining bildiradi. Masalan, oila resurs bozoriga o'z
tovarini: ish kuchi, ko'chmas mulki, yeri (agar u xususiy bo'lsa) va kapitalini
chiqarib sotadi hamda evaziga pul oladi. Oilaga tegishli resurslarni firmalar va
davlat sotib oladi. Oila o'z qo'liga tekkan pulga mahsulot va xizmatlar bozoriga
firmalar yetkazib bergan tovarlarni, firmalar aksiyasini sotib oladi va shu hisobidan
dividendga ega bo'ladi.
Oilaning davlat bilan munosabati o'ziga xosdir. Oilaning daromad
keltiruvchi a’zolari davlatga soliq to'laydilar va shu hisobidan davlatning ijtimoiy
xizmatlaridan (xavfsizlik, obodon- chilik, bilim olish, davolanish) foydalanadi.
Iqtisodiyotning bir maromda rivojlanishi uchun resurslar, eng awalo, ishchi kuchi
zarur bo‘iib, ularni oila etkazib beradi. O'z navbatida yaratilgan mahsulot va
xizmatlar sotilishi hamda iste’molga kelib tushishi kerak. Iste’molchilar esa oilada
jamlangan, chunki kamdan-kam hollarda iste’molchi oiladan tashqarida yashovchi
yakka kishilardan iborat bo'ladi. Oila mahsulotlarni xarid etmasa, ishlab chiqarish
to'xtab qoladi, chunki ular sotilmaydi.
Oilaning faoliyatiga firmalar ishi, davlat tuzumining barqarorligi ta’sir
qiladi. Oilani mikroiqtisodiyotning bir ko'rinishi deb qaraladi. Mikroiqtisodivot
makroiqtisodiyotga (milliy iqtisodiyotga) bog'liq bo'ladi. Shu sababli oilaning
milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta va buni oilaning iqtisodiy vazifalarida
ko'rish mumkin. Bu vazifalar shartli ravishda 3 qismga ajratiladi:
1.
Mehnat resurslarini yetkazib berish.
2.
Iste’mol etish va uy xo'jaligini yuritish.
3.
Ishlab chiqarish.
Iqtisodiyotda “inson kapitali” degan tushuncha bor. Bu insonning aqliy va
jismoniy qobiliyati bo'lib, ishchi kuchi shakliga ega. Oilada bola tug'iladi, tarbiya
topib voyaga yetadi va mehnat resurslariga kelib qo'shiladi. U ulg'aygach, moddiy
ne’matlar va xizmatlar yaratishda qatnashadi hamda jamiyatning iqtisodiy
salohiyati va uning milliy boyligini oshirishga hissa qo'shadi.
Oilada inson kapitalini shakllantirish farzandning tug'ilishidan boshlanadi. Farzand
voyaga yetib oyoqqa turgunicha, oiladan anchagina moddiy va mehnat sarfini talab
qiladi. Jamiyat rivojlangan sari bolalar tarbiyasi oila uchun serxarajat ishga
aylanadi, shu sababli ota va ona bolalar sonining me’yorli bo'lishiga intiladi. Inson
kapitalini shakllantirish bolalarni yedirib-ichirish va kiyin- tirish bilan
cheklanmaydi, balki ularni mustaqil hayotga tayyorlash, iqtisodiy sharoitga
moslashtirishni ham bildiradi. Oila zimmasiga ulg'aygan bolalarni amaliy ishga
jalb etish ham yuklatiladiki, bu ularni oilaviy biznesga tortish, uy xo'jaligini
yurgizishga jalb etish va yollanib ishlab pul topishni ham taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |