26-mavzu: Aholining oilaviy tarkibi Reja: Oilaning shakllanishi va rivojlanishi Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari


  Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari



Yüklə 428,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.02.2023
ölçüsü428,68 Kb.
#84934
1   2   3   4   5
Lecture - 26

2. 
Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari 
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik mohiyati oila vazifalari, uning 
tarkibi kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. 
Oilaning vazifalari jamiyat, oila va uning barcha a’zolarining o'zaro 
birgalikdagi harakati tizimini aks ettiradi. Har qanday jamiyat faoliyati uchun 
oilalar ham umuminsoniy rolni, ham undan jamiyat talab qiladigan qator eng 
muhim rollarni bajarishlari kerak. Bu umuminsoniy ehtiyojlaming dastlabki 
ta’minoti, bolalar tarbiyasi, ijtimoiy, madaniy an’analarning davom ettirilishidir. 
Oilaning eng muhim vazifasi - bu har doim farzandlarning tug'ilishi va 
tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan. Bola shaxsi, uning hayoti ijtimoiy munosabatlar 
ta’siri ostida shakllanadi. Biroq, ota- onalarning madaniyat, shu jumladan, axloqiy 
madaniyat darajasi, •ularning hayotiy rejalari va intilishlari, ijtimoiy aloqalari va 
oilaviy an’analari shaxsning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Farzandning ko'pgina shaxsiy sifatlari (or-nomus, qadr-qimmat, oliyjanoblik, 
mehnatsevarlik, yaxshilik, sobitqadamlik) oilada shakllanadi va rivojlanadi. 
1990-yillargacha oilaning ishlab chiqaruvchilik vazifasi cheklangan ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyatdan iborat bo'lgan. Bu faoliyat (ayniqsa, ayollarniki) bolalar 
tarbiyasi, darn olish, mulkni boshqarish va uni meros bo'yicha berishning faqat 
qisman imkoniyati, sezilarli darajada oila o'rnini bosuvchi ijtimoiy ta’minot, 
bolalarni jamoatchilik asosida tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan. 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi oilaning mamlakat iqtisodiyoti va 
rivojlanishidagi ahamiyatining o'sishiga olib keldi. So'nggi yillarda oilaning 
iqtisodiy vazifasi o'zgarishining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
• 
amalga oshishida oilaning barcha a’zolari ishtirok etadigan oilaviy 
biznesning rivojlanishi; 


• 
qator xo'jalik-maishiy faoliyat turlarining oiladan tashqaridagi institutlardan 
qaytadan oilaga qaytishi; 
• 
ayollarning oilaviy ishlab chiqarishga qaytishi; 
2-jadval 
Oilaning asosiy vazifalari 
Oilaviy faoliyat 
shakli 
Jamoaviy vazifalar 
Individual vazifalar 
Reproduktiv 
Jamiyatning biologik takror 
barpo bo'lishi 
Farzandlarga bo'lgan ehtiyojning 
qondirilishi 
Tarbiyaviy 
Yosh 
avlodning 
ijtimoiylashuvi. Jamiyatning 
madaniy 
uzluksizligini 
ta’minlash 
Ota-onalikka, 
farzandlar 
bilan 
muloqotga, ularni tarbiyalashga 
bo'lgan ehtiyojning qondirilishi 
Xo'jalik-
maishiy 
Jamiyat a’zolarining jismoniy 
sog‘lig‘ini saqlash 
Oilaning 
bir 
a’zosining 
ikkinchisiga 
xo'jalik- 
maishiy 
xizmat ko'rsatishi, farzandlarni 
parvarish qilish 
Iqtisodiy 
Jamiyatning 
voyaga 
yetmagan 
va 
mehnatga 
layoqatsiz a’zolarini iqtisodiy 
ta’minlash 
Oilaning 
bir 
a’zosining 
ikkinchisidan 
moddiy 
yordam 
olishi 
(mehnatga 
layoqatsizlik 
holatlarida)
Ma’naviy 
muloqot 
Oila a’zolarining shaxsini 
rivojlantirish 
Oila 
a’zolarining 
ma’naviy 
yuksalish. 
Ijtimoiy-
maqom 
Oila 
a’zolariga 
ma’lum 
ijtimoiy maqonlning berilishi. 
Ijtimoiy 
tarkibning 
takror 
barpo bo'lishi 
Ijtimoiy 
intilishga 
bo'lgan 
ehtiyojning qondirilishi 
Dam olish 
Oqilona dam olishni tashkil 
etish. Dam olish sohasida 
ijtimoiy nazoratni amalga 
oshirish 
Oila a’zolarining birga dam 
olishga 
bo'lgan 
ehtiyojlarining 
qondirilishi, dam olishga bo'lgan 
qiziqishlarning o'zaro boyitilishi 
Emotsional 
(psixoterapevtik

Shaxsning 
emotsional 
barqarorlashuvi, ularni ruhiy 
davolash 
Oiladagi 
individlarga 
ruhiy 
yordam berish, emotsional qo'llab-
quwatlashni ta’minlash. 
Jinsiy 
Jinsiy nazorat 
Jinsiy ehtiyojlarning qondirilish 
O'zini-o'zi 
muhofaza qilish 
Oila 
a’zolarini 
xavfsiz, 
sogiom, 
to'laqonli 
yashashlarini 
ta’minlashga 
asoslangan oilaviy vazifalar 
balansi 
Individual 
va 
jamoaviy 
yashashning 
ehtiyojlarini 
qondirish va mahalliy hamjamiyat 
qiziqishlarining 
asosini 
tashkil 
qilish 
bolalarning ota-onalar ixtiyoriga iqtisodiy jihatdan kechroq berilishi va ota-
onalarning o'z farzandlaridan shaxsiy yordamchi xo'jalikda, kichik biznesda xodim 
sifatida borgan sari ko'proq foydalanishlari va bundan manfaatdorligining bir 


paytning o'zida bo ray otgan jarayoni chog'ida, oila tomonidan ularga 
harajatlarning ko'payishi; 
Oila va uy xo'jaliklarini ishlab chiqarish hamda iqtisodiy fao- liyatiga ko'ra ishlab 
chiqaruvchilik va noishlab chiqaruvchilik turlariga ajratish mumkin. 
Uy xo'jaliklarining ishlab chiqaruvchilik vazifasi o'z ichiga quyidagilarni oladi: 
• 
shaxsiy yordamchi xo'jaliklarni yuritishni, ya’ni qishloq xo'jaligi, jumladan, 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini uy xo'jaligida yctishtirish, iste’mol 
qilish va tashqarida sotish, ishlab chiqarish uchun barcha turdagi yer 
maydonlaridan (tonior- qa, bog‘, dala-hovli, poliz, hovli) foydalanishni; 
• 
kasanachilikni rivojlantirishni; 
• 
aholiga turli xil maishiy xizmatlami ko'rsatishni; 
• 
oilaviy biznesni. 
Iqtisodiy noishlab chiqarish vazifalari o'z ichiga quyidagilarni oladi: 
• 
oilaviy lizing, ya’ni uy-joy maydonlarini, daia-hovlilarni, yerlarni, uzoq 
muddat foydalaniluvchi predmetlarni, asbob- uskunalarni, avtomobillarni, 
garajlarni ijaraga berish; 
• 
qimmatli qog'ozlar va valyuta sotib olish hamda ulardan foydalanish, 
banklarga omonatlar qo'yish bilan operatsiyalarni amalga oshirish. 
Oila bozor xo'jaligida xaridorning kuchi yetadigan tovarni yaratishning eng muhim 
omilidir. Ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar, boshqa 
daromadlar oila darajasida uning a’zolari miqdoriga, ularning ijtimoiy-demografik 
xususiyatlariga muvofiq qayta taqsimlanadi, bu o'z navbatida, ularni aynan oila 
a’zolari sifatida iste’mol qilishga ta’sir qiladi. 
Shunday qilib, oila vazifalari ning bajarilishi bir-biri bilan bog'liq holda ro'y 
beradi. Ular o'zaro bog'liq holda rivojlanadi. Rivojlanish jarayonida oila vazifalari 
bir-biriga omil sifatida ta’sir etadi. Masalan, oilada farzandlar tug‘ilishi. Oilada 
farzandning sog‘-salomat tug'ilishi ona salomatligiga, ona salomatligi va tug'ilgan 
farzandning sog'lom o'sishi esa oilaning iqtisodiy vazifasining bajarilish darajasiga, 
ya’ni moddiy ta’minlanish darajasiga bevosita bog‘Jiqdir. Oilada tug'ilgan 
farzandning etuk inson bo'lib shakllanishi oilaning ta’lim- tarbiyasiga, bola 
dunyoqarashining shakllantirilishiga, ya’ni oilaning ijtimoiy vazifalarining 
bajarilishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. O'z navbatida, oilada farzandlar sonining 
oshib borishi ham oilaning iqtisodiy vazifalarining bajarilish darajasiga ta’sir etadi. 
Boshqacha qilib aytganda, oilada istiqomat qilayotgan oila a’zolarining ko'payib 
borishi oilaning moddiy imkoniyatini ko'tarishni, ya’ni oilaning iqtisodiy vazifasini 
bajarish darajasini tezlashtirishni talab etadi. Yoki oilaning ijtimoiy vazifasini olib 
ko'raylik. Oilada farzandga berilgan ta’lim-tarbiya uning dunyoqarashining 
shakllanishida, hayotga, yashashga bo'lgan munosabatlarida asosiy omildir. 
Farzand oila muhitida katta bo'lar ekan, uning barcha xulq-atvori, atrof-muhitga, 
oilaga bo'lgan munosabati, kelajakda o'zining oila qurishi, farzandlar ko'rishi 
haqidagi fikrlari shaldlanib boradi. Agar oilaning ijtimoiy vazifasi ijobiy bajarilsa, 
ya’ni bolada oilaga, ota-onaga, keksalarga hurmat, o'zaro yordam kabi xislatlar 
shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o'zi ham farzandlarini xuddi shunday 
tarbiyalashga intiladi. Demak, yangi avlodning oila qurishida, yangi oilaning 


shakllanishida oiladagi ijtimoiy vazifalarning bajarilishi asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. 
«Oila tarkibi» deganda, uning a’zolari o'rtasidagi qarindoshlik, ma’naviy, 
axloqiy munosabatlar tizimi tushuniladi. 
Oilalarning avtoritar va egalitar tarkibi mavjud. Avtoritar oilalar xotinning erga 
qat’iy bo'ysunishi va odatda, ota-onalar va bola- laming o'zaro munosabatlaridagi 
qattiq intizom bilan ajralib turadi. Egalitar oilalar er-xotinning shaxsiy sifatlari va 
qobiliyatlariga muvofiq taqsimlanishiga, ulardan har birining qarorlar qabul 
qilishda teng ishtirok etishlariga, vazifalar va bolalar tarbiyasining ixtiyoriy 
taqsimotiga asoslangan. 

Yüklə 428,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin