1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish
1-Mavzu: Oila psixologiyasi fan sifatida. Oila va oilaviy munosabatlar
borasidagi qarashlar. Oilaning ijtimoiy vazifalari, oilaviy rollar. Yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlash
Reja:
1.1.
Oila psixologiyasi
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Oilaviy
psixologiyaning tadqiqot metodlari:
1.2.
Shaxs rivojlanishida oilaning roli. Oila ijtimoiylashuvning muhim instituti
sifatida.
1.3.
Oila institutining rivojlanish tarixi. Guruhiy nikohdan juftlik nikohgacha.
«Avesto»da oila haqida bayon etilgan fikrlar. Islomda
oilaviy munosabatlar
masalalari. Mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari.
1.4.
Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning o‗zaro bog‗liqligi. Oila vazifalarining
o‗ziga xos xususiyatlari. Oila vazifalari klassifikatsiyasi.
1.5.
Oilaviy rollar tushunchasi. Oilada rollar taqsimoti va oilaning rolli tuzilishi.
1.6.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash zarurati. Yoshlarda psixologik
yetuklikning hal qiluvchi ahamiyatga egaligi. Oilaviy hayot haqidagi
tasavvurlar.
Tayanch so’z va iboralar:
Psixologiya, oila, ijtimoiy, etnopsixologik xususiyat, konstruktiv, destruktiv
yo’nalish, kuzatish, eksperiment, endogamiya, tabu, ekzogamiya, juft nikoh,
monogam oila, porso, oila vazifalari: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ,
kommunikativ, regulyativ, feliotsitologiya, relaksatsiya yoki psixoterapevtik, rol.
1.1.
Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog‘i
sifatida XX
asrning oxirlariga kеlib shakllangan. XXI asrga kеlib esa uning inson hayotidagi
ahamiyati va jamiyat ma`naviyatini barqarorlashtirishdagi roli yanada sеzila
boshladi. Zеro,
dunyoning qator mamlakatlari, jumladan, rivojlangan davlatlarda
ham oila va nikoh munosabatlaridagi bo‘hron,
psixotеrapеvtlar yordamiga
muhtojlik kabi holatlar ushbu maskanning muammolarini o‘rganish va shu
yo‘nalishda maqsadli tadqiqotlar, ilmiy-amaliy
tadbirlarni amalga oshirish
lozimligini uqtirmoqda.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi va ushbu masalaga qarashlar tarixidan shu
narsa ayon bo‘ldiki, inson, uning kim bilan va qanday yashashi muammosiga
qiziqish qanchalik uzoq o‘tmishga borib taqalsa,
oila psixologiyasining fan
tarmog‘i sifatida shakllanishi shunchalik navqiron va yosh bo‘lib, uning
shakllanishi yangi davrga to‘g‘ri kеladi.