donishmanddir. Uning ko'pgina asarlarida inson. odobi va axloqi xususidagi noyob
fikrlar o'z ifodasini topgan, Mutaffakkir o'zining «Mine-rologiya», «Geodeziya»,
«Hindiston», «0'tgan avlodlar obida-lari» nomli asarlarida inson shaxsi, uning
kamoloti,
aql-idroki, halovat va lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go'zallik va did,
poklik va xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruhiyatining bilimdoni sifatida ta'rif
bergan. U bunday yozadi: «Inson jamiyatda o'z qarindosh-urug'lari bilan birlashib
olishga maj-burdir, bundan maqsad bir-birini qo'llab-quwatlash
hamda har bir
kishining ham o'zini, ham boshqalarini ta'minlash uchun ishlarni bajarishdir». (
Minerologiya, 1966, 10-bet).
Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning o'zagi» bo'lishi
kerakligini uqtiradi; insonning tashqi yoqimli qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi
o'rtasidagi bog'liqlik haqi-da gapirib, «tishni yuvib, ko'z va qovoqlarni toza tutish,
ularga surma qo'yish, sochni esa zarur bo'lganda bo'yab, tirnoqlarni olib turish va
silliqlash» inson salomatligi va ruhiy pokligining asosidir, deb ta'kidlaydi. Bu
fikrlar hozirgi zamonda ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q, chunki oila
a'zolarining, er-xotinning ushbu ko'rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining
zaminlaridan biridir.
Axloq-odob egasi bo'lgan inson eng awalo o'z
yurish-tu-rishi, muomala
madaniyatida, hayot kechirishida, oila bar-qarorligida namuna bo'lishi kerakligi
haqidagi fikrlari olimning oila etikasi bo'yicha ibratli qarashlaridan namunadir:
«Inson o'z
ehtiroslariga hukmron, ularni o'zgartirishga qodir, o'z jon va tanini
tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni ma'naviy
shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko'rsa-
tilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir».
Shunday qilib, Beruniy ustozlari izidan borib, o'zining gu-manistik qarashlari
bilan oila psixologiyasiga munosib hissasini qo'shdi. U insonlar o'rtasida o'zaro bir-
birlarini tushunish, tenglik va boshqaruvda
adolatni himoya qilib chiqdiki, bu
qarashlar bizning davrimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq
mutaffakkirlaridan biri, butun Yevropa xalqlari ham uning qomusiy bilimdonligini
tan olgan alloma
Dostları ilə paylaş: