yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og`ir,
xulqi buzuq odam bo`lib tarbiyalanishi mumkin.
Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er
va xotin, oila a`zolarining o`zaro munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan
munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga
keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar
masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o`rganilib
kelinganligi va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz.
Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o`zaro
munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo
muhim masalalar sirasiga
kirishini qayd etamiz.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq
asrlardan buyon jamiyatning eng ilg`or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va
donishmandlarning diqqat markazidagi asosiy masalalardan bo`lib kelgan.
Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg`ariy, Kaykovus, Xotam ibn
Tay, Alisher NAvoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin,
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi
ko`plab olim va yozuvchilar bu maslalar yuzasidan o`zlaridan durdona fikrlarini
tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va
ma`fkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga
ham alohida e`tabor berilgan, shining uchun biz yuqoridagi buyuk
mutafakkirlarning ayrim pedagogic va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini
tahlil etish orqali talabalarga mazkur muammolarning
naqadar dolzarb ekanligini
bayon etamiz.
Sharq mutafakkirlarining barchasini g`oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu
bo`lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini
yuqori qo`yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o`rni,
ota-ona va yaqin kishilarning yo`naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida
e`tabor berganlar. Ular faqatgina oiladagina rivojlanishi mumkin bo`lgan sifatlat –
halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo`ylik kabi qator fazilatlarni barcha
sifatlardan yuqori qo`yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon
boladigan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o`tishi va ularning jamiyat
taraqqiyotiga ijobiy ta`siri kabi qimmatli fikrlar
va bu boradagi amaliy
ko`rsatmalarni o`z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab
berganlar.
Zardushtiylikning qadimiy kitobi – ―Avesto‖da oila muqaddas dargoh
ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng mas`ulligi, farzand tarbiyasi
to`g`risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaning tinch va farovon bo`lishi nimalarga
bog`liq ekanligi haqida esa: ―Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga,
xotin va
farzandlariga o`rin ajratib bersa, uyida noz-ne`matlari muhayyo bo`lib, xotin va
farzandlari farovon yashasa, uyida e`tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari
ham mo`l-ko`l bo`lsa, o`sha manzil muhtaramdir‖, - deb yozilgan.
Bu kitobda ko`rsatilishivha, oilada ota yetakchi bo`lgani ma`qul. Shuningdek,
unda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya etishi lozim bo'lgan.
Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda er-xotinni o'zaro sodiq, g'amxo'r, meh-ribon
bo'lishlari lozimligi va ayolning haq-huquqini himoya qilish o'sha davrda ham
qonun darajasiga ko'tarilganligi ma'lumdir. Umuman olganda,
zardushtiylik
davridanoq oila masalalariga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, bu esa oilaning
jamiyatda tutgan o'rni va mavqeyini mustahkamlash uchun azal davrlardanoq
zamin yaratilganligini kuzatamiz.
vMa'lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan boimish Qur'on va
Hadislarda ham odob-axloq, ayollarning turmushdagi o'rni va vazifalari, er va
xotin o'rtasidagi muno-sabatlar, bolalar. tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat
masalalariga keng o'rin berilgan.
Quyida hadislar to'plamidan bir necha misollar keltiramiz:
«Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o'z ahli-ayoliga foydasi ko'p
tegadigan kishidir» /18-hadis/ , «Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog'i
uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirog'i — bu uning onasidir»
/34-hadis/;
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham
yaxshilangiz» /38-hadis/; «Qachonki er o'z xo-tiniga va xotin o'z eriga qarashsa,
Tangri ham ularga
rahmat nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga qo'ysa,
barmoq-lari orasidan gunohlari duv-duv to'kiladi» /44-hadis/; «Sizlarning har
biringiz bamisoli cho'pondirsizlar va o'z qo'l ostingizdagilarga mas'uldirsizlar,
Podshoh o'z ruqarolariga, er o'z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o'z xojasi
moliga, farzand o'z otasi mulkiga mas'uldir. Demak har birlaringiz mas'uldirsizlar»
/116-hadis/; «Hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros
berolmaydi /136-hadis/.
Keltirilgan namunalardan ko'rinadiki, demak diniy man-balarda ham oilaning
muqaddas ekanligi, erkak va ayollarning oila oldidagi burch va mas'uliyatlari, ota-
onaning bola va o'z navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xo-
tiniga hurmat va e'zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan ekan.
Agar xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og'izdan og'izga, avloddan
avlodga ko'chib saqlanib kelgan bo'lsa, xalqning eng donishmandlari va olimlari
o'z qimmatli fikrlarini xalq an'analariga tayangan holda o'z asarlarida yoritib, ularni
kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar, shunday faylasuf-olimlardan biri
Dostları ilə paylaş: