1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#161902
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-maruza.

Abu Ali ibn 
Sinodir /980—1037/. Buyuk olim sifatida u barcha 
hodisalar-ning ilmiy mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Ibn Sinoning 
pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo'lib, u bola 
tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning qo'llanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi 
ota-onalarga bolani qattiq tana jazosidan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash 
ma'qulligini uqtirgan. Mutafakkirning qalamiga mansub bo'lgan «Donishnoma», 
«Risolayi ishq», «Tib qonunlari», «Uy xo'jaligi» kabi qator asarlari O'rta Osiyo 
xalqlari axloq-odobi, psixologiyasi va tabobat olamida alohida o'rin tutgan yirik 
ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi. 
Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o'rnini alohida ta'kidlagan. Oila 
va oilaviy munosabatlar masalasi uning «Tadbiri manzil» asarida o'ziga xos tarzda 
bayon etilgan. 
Oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan, Ibn Sino, awalom 
bor oila boshlig'i oldiga qator talablarni qo'yadi. Oila boshlig'i, deb yozadi u, ham 
nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o'zlashtirmog'i 


lozim. Agar oila boshlig'i tajribasiz bo'lsa, u o'z a'zolarini yaxshi tarbiyalay 
olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy nati-jalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya 
nafaqat ushbu oila, balki qo'shnilarga, mahalla-ko'yga ham yomon ta'sir qilishi 
mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat'i 
nazar, ularniig birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ota-ona davlat 
boshlig'imi yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas'uldir. 
Davlat erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim buza 
olmaydi. 
Shu sababli, sen tug'ilib o'sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, 
o'ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o'zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. 
Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qui 
bo'lsin! Sen unga yer bo'lki, u senga osmon bo'lsin! Sen unga uy bo'l, ul senga 
ustun bo'lsin! 
Aytganlariga amal qilsang, ering bilan go'zal hayot kechi-rasizlar, mas'ud, 
baxtiyor va saodatli turmush qurasizlar. Bizlar ham (har ikki oila — bizning ham 
eringning oilasi ham) huzur-halovatda baxtiyor bo'lamiz. Aks holda (ya'ni aytgan-
larimga amal qilmasang) ikkala oilada ham huzur-halovat bo'lmaydi. Sen o'zing bir 
jahannamda yashagandek bo'lasan. 
Qizim! Endi senga aytadigan o'n o'gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda 
tut: 
1. Qanoat sohibasi bo'l. O'z holingga shukur qil. Ya'ni ering uyga nimaiki olib 
kelsa, u xoh yeydigan xoh kiyadigan narsa bo'lsin, xushfe'llik bilan, go'zal odob 
bilan qabul qilib ol, eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko'rsat. Zero, baxtli hayot 
kechirmoqning bir yo'li o'z holiga shukur etmoqlikdir. Holiga shukur etmagan, o'z 
nafsini tiymagan kishida ko'ngil huzuri, qalb rohati bo'lmaydi. 
2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya'ni, ering 
bilan suhbatlashganda, muloqotda bo'l-ganda itoatli bo'lishingni, uning so'zlarini 
odob bilan tinglab, ado etishingni sening so'zlashib, quloq solishingdan tushunib 
oladigan bo'lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyi-ngiz saodat nuridan 
porloq bo'ladi. 
3. Eringning ko'zi tushadigan joylarga yaxshi etibor ber! Ya'ni uyning ichini, 
tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday qilki, eringning ko'ziga bir chirkin yer 
ko'rinmasin. 
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo'yni sezsin, dimog'iga yomon hid 
kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko'z o'ngida sening obro'yingni tushiradi. 
Sendan irganishiga sabab bo'ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng 
yaxshi narsalardir. Inson ko'ziga xush ko'rinishlik shular bi-landir. 
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya'ni ovqatlanish vaqtini hech qachon 
kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytda ovqatini 
tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik 
insonning tez jahlini keltiradi. 
6. Uyqu vaqtini, uyg'onish paytini yaxshi bilib ol! Ya'ni, uning qachon 
uyquga ketish payti bo'lsa, o'rnini tayyorlab qo'y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon 
etadi. Asabning buzu-lishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-
sekin so'ndiradi. 


7. Eringning moli va ashyosiga juda e'tiborli bo'l! Ya'ni, eringning mol-
dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-
dunyosi senikidir. Erning mol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish 
de-makdir. 
8. Eringning qarindosh va yaqinlariga hurmat ko'rsat! Ya'ni eringning 
qarindoshlari va yaqinlariga hurmat, uning e'tiborini qozonmoq demakdir. Ularni 
hurmat qilish eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e'tibor qozonishdir. 
9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya'ni eringning ba'zi sirlarini bilgan 
vaqtingda ehtiyot bo'lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo'ysang, 
uning g'azabini keltirib qo'yasan, ishonchini yo'qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz 
buziladi. 
10. Eringning dinga to'g'ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech 
qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo'lmasin. Agar bir shunday harakat 
bo'lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo'ladi. U senga dushmanlik yoiini tutsa, 
sen ko'p zarar ko'rasan va qoiingdan hech narsa kelmaydi. 
Shuni yaxshi bilib olginki, ering xafa bo'lganda sen nash'ali, xursand 
bo'lishdan, u xursand bo'lganda, sen xafa bo'lishdan juda ehtiyot bo'lgin. Chunki 
uning xafa bo'lgan paytida sening xursand ko'rinishing, uning quvonchli bo'lgan 
vaqtlarida sening g'amgin bo'lishing unga hamdard bo'lmaslik kabi bir qusurni 
o'rtaga tushiradi. Bu esa, fahmsiz va tarbiyasi yomon odamlarga munosib ishdir. 
Bu sen kabi yuksak bir tarbiya ko'rgan aqlli va oqila xotin-larga munosib 
emas. 
Bolajonim! Eringga qanchalik ko'p sevgi va hurmat ko'rsatsang, o'zing 
shunchalik muhabbat va hurmatiga erisha-san. Aytganlarini qanday bajarsang, 
so'zlarini tinglasang, shu darajada muhabbat va hurmatga sazovor bo'lasan. 
Farzandim! Shuni yaxshi bilginki, bu o'gitlarimni o'rniga qo'yib bajarib, 
keragicha amal qilib, o'zingning shaxsiy istak va orzularingga erishishing uchun 
ering ham o'z istaklariga erishi-shi kerakdir. Ering istaklarini o'zingning orzu-
istaklaring deb bilsang, u holda bu o'gitlarimga amal qilgan bo'lasan!» 
Bu nasihat oila uyasida jannat hayotida yashashni istagan kelinchaklarga 
qaratilgandir. Bu o'gitlar butun hayoti davomida o'z tajribasidan o'tkazgan onaning 
nasihatidir. 
Bu nasihat hozirda ham shirin turmush qurish va uni chi-royli idora etish 
uchun har bir turmushga chiquvchi aqlli qizga suv va havodek zarurdir. 
Qanoat, sabr-bardoshli bo'lish, erning xohishiga qarab, uni hurmat qilish, 
oilada tozalikka, hayot gigiyenasiga rioya qilish, pazanda bo'lish, ovqatni vaqtida, 
mazali pishirish rejali te-jamkor bo'lish har bir oilaning barqarorligini, 
osoyishtaligini ta'minlovchi omillardir. 
Yusuf Tovasliy o'gitlariga ko'ra, erining mol-mulkini saqlash — bu o'zining, 
bolalarining mol-mulkini saqlash demakdir. Uyda er mulkini tejamaydigan, 
saqlashni bilmaydigan xotin oila zavolidir. Shuningdek, erning qarindoshlariga 
hurmat ko'rsatish aqlli ayol uchun eng to'g'ri yo'ldir. Ota-bobolarimiz «gulni 
sevgan tikonni e'zozlaydi», — deydilar. Erining qarindoshlariga izzat va hurmat 
ko'rsatishni bilmaydigan ayol huzur ichi-da yashash yo'llarini bilmaydigan ayoldir. 
Gul sevilib, tikon sevil-maydimi? Tikonni izzat qilmagan, gul isidan bebahra 


qoladi. Erining qarindosh yaqinlariga hurmat ko'rsatishni bilmagan ayol erining 
ko'ngiini ololmaydi, uning mehrini qozona olmaydi, u erining nafratiga uchraydi, 
muhabbatini so'ndiradi. Aqlli ayollar bunday yo'lni tanlamaydilar. 
Shu o'rinda donishmandlar ayol kishi erning sirini o'zgalarga oshkor etmaslik 
ham ularning eng yaxshi fazilati ekanligini uqtiradilar. «Erning siri — oilaning siri. 
Haqiqatda er sirini qalbining eng to'rida tutgan aqlli xotinlar o'z oilalarida huzur va 
rohat quradiganlardir». 
Shuning uchun har bir oqila ona, qizini uzatar ekan yoki qizini oilaviy 
hayotga tayyorlar ekan — baxtli yashashi, baxtli yashash uchun esa faqat oilada 
yashamog'ini uqtirishi kerak. Chunki juft bo'lib yashamoq hayot sunnatidir. Nikoh 
vositasi-da, shar'iy yoi bilan juft bo'lib yashash — axloqiy poklik va sog'lik garovi, 
jamiyat mustahkamligi asosi ekanligini anglatish, unga amal qilishini tushuntirishi 
kerak. 
Yuqorida keltirilgan fikrlar yoshlarning yaxshi oila qurishi va baxtli yashashi 
uchun zarur dasturulamal hamdir. 
Mana shunday o'gitlar bilan o'stirilgan qizlarimiz ibo~ha-yoli, andishali 
bo'lishgan. Ular ota, aka-uka va erlarining hur-matida bo'lishgan. 
Turkiston xalqlarining psixologiyasi, turmush tarzidagi o'ziga xosliklar, 
o'zbek ayolining odobi va axloqi, oilada o'zini tutishi juda ko'p olimlar va 
allomalarni qiziqtirib kelgan. 
Masalan, XIX asrning 70-yillarida farangistonlik etnograf, olima, musavvir 
Burdon xonim Turkiston ellari o'rtasida tadqiqot olib borgan edi. U bu xalqlarning 
hayot tarzi bilan tanishish jarayonida ayollarning odobi, bolalarga munosabati va 
er-xotin munosabatlarining guvohi bo'ldi. Unga o'zbek ayolining o'z uyida, to'y-
marosimlarda, qo'ni-qo'shnilar bilan mu-loqotda o'zini tutishi, axloq-odobi, sharm-
hayosi uni hayratda qoldirdi. «Biz, — deb yozgan edi u, — madaniylashgan 
Ovro'po ayollari axloq-odobni, iffatni bizning nazarimizda yovvoyi hisoblangan 
turkistonlik ayollardan o'rganmog'imiz joiz ekan... Lesgaft, Didro nazariyalaridan 
mutlaqo bexabar bu ayollar axloq nazariyasidan qo'llanma yozsalar arzir ekan...» 
/«Saodat»,1993, 10/. 
Olima xonimning zamondoshi va maslakdoshi XIX asrning oxiri va XX asr 
boshlarida yashab ijod qilgan Faxr-ul banot Sibgatulloh qizi ham o'z davrining 
olimasi edi. Uning asarlari birinchi navbatda xotin-qizlarga qaratilgan bo'lib, 
«Qizlar tar-biyasi», «Oila sabdqlari» kabi kitoblari qizlar maktablarida darslik 
sifatida ham qo'llanilgan. Bu risola 87 saboqdan iborat bo'lib, unda xulq-atvor, 
yurish-turish, muomala madaniyati-ning psixologik asoslari berilgan. 
Qadimdan qizlar tarbiyasi, ularni e'zozlash, ularga o'zgacha mehr bilan qarash 
xalqimizning oliy fazilati bo'lgan. Shu sababdan xalq og'zaki ijodi namunalarida 
ham bu masala-ga e'tibor berilgan. Buning tasdig'i sifatida ushbu rivoyatni 
keltirishni lozim deb topdik. 
«Bir vaqtlar davlatmand aqlli odamning qizi aqlli-odobli yigitga uzatilibdi. 
Kuyov odobli bo'lganligi uchun qaynota tomonidan juda sevikli kuyov bo'libdi. 
Qizning ukalari atrofidagilarning ta'siridanmi, yoki yoshlik qilibmi, otalari 
pochchasini bunchalik yaxshi ko'rishiga g'ayr-lik qila boshlabdilar. 


O'g'illaridan biri akasiga bir kun: — Akajon, otam hadeb «Kuyovim, 
kuyovim» degani degan. Hamma vaqt pochchamiz uyga kelganda turli shirin 
ovqatlar qilinadi. Otam «kuyov unday, kuyov bunday» deb maqtaydi, xolos. 
Kuyov shunday yaxshimi? — deydi. 
Bu gaplardan xabar topgan ota — ey, mening aqli toiish-magan o'g'ilginam, 
kuyovimni nega yaxshi ko'rishimni bilasan-mi? — deydi. U sen bilan mening 
nomusimizni qo'riqlaydi. Qizimizni, onangni, farzandimizni, bolajonimizni himoya 
qi-ladi. Aslida men qizimni himoya etishim kerak, lekin hozir u himoya qilayapti. 
Men uni yaxshi ko'rmay kimni yaxshi ko'ray? Qizimizni juda yaxshi ko'rganim 
uchun kuyovimm* juda yaxshi ko'raman. Kuyovimni sevish qizimni sevish de-
makdir. Agar qizimga kuyovim qaramasa, men qarashim kerak bo'ladi. Sevikli 
o'g'illarim, ko'zim nurlari! Ayol, ona, qiz oilaning nomusidir. Nomusni saqlash, 
qo'riqlash mard erkak-larning ishidir. Mana, nomus nimaligini sizlarga o'rgatdim. 
Men qanday bo'lsam, siz ham shunday bo'lasiz. Onangiz siz-ning nomusingizdir. 
Men o'lsam, pochchangizga bir gap bo'lsa, opangizga siz qaraysiz, uning nomusini 
siz qo'riqlaysiz. Shun-day ekan, mening aytganimga quloq solib, pochchangizga 
mehr va hurmat ko'rsatasiz, deydi.» 
Shariatda qizini turmushga chiqarib, undan aloqasini uzgan ota haqiqiy ota 
hisoblanmagan. Haqiqiy ota qiz farzandini ham astoydil tarbiyalaydi, ham 
turmushga beradi, ham keyin-chalik unga mehribonligini ko'rsatib turadi. Farzandi, 
avlodi qadr-qimmatini bilmagan, avlodiga muhabbati bo'lmagan, avlodini yomon 
yo'ldan qaytarmagan, to'g'ri yo'lga boshlama-gan ota haqiqiy, chin musulmon 
emas, deyiladi. 
Shuning uchun ham Hadisi Sharifda har kimki uch qiz farzand o'stirib, ularni 
turmushga berib, ularga yaxshilik qilish-ni davom ettirsa, ul kimsa jannatidir
deyilgan. 
Fan va ilm-u ma'rifat taraqqiyotida muhim o'rin tutgan XIX asrning ikkinchi 
yarmi va XX asr olim, ma'rifatparvar-lari — Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, 
Zavqiy, Avaz O'tar, Abdulla Avloniy kabilar esa Sharq mutafakkirlaridan ruhlanib, 
axloq-odob, oila etikasi va psixologiyasiga oid qator asarlar yaratdilar. 
Abdulla Avloniyning oila pedagogikasi va psixologiyasiga oid fikrlari ham 
diqqatga sazovordir. Uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi marta nashr 
qilingan «Turkiy guliston yoxud axloq» asari Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf 
Xos Hojibning «Qutadg'u bilik», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa'diyning 
«Guliston va bo'ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub» 
asarlariga o'xshash janrda yozilgan boiib, muallif unda oilada bola tarbiyasi va 
umuman oilaning ijtimoiy rolini ochib bergan. Avloniy tarbiya jarayoni-da 
oilaning va jamoatchilikning o'rnini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha, bolalarda 
axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning 
atrofidagi kishilar g'oyat katta ahamiyatga ega. 
Bolaning shaxs sifatlariga to'xtalib, unda oilaning rolini ko'rsatar ekan, «Qush 
uyasida ko'rganini qiladur», — deydi. «Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya 
topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta boisa, har kim 
qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo'lub chiqar...». Demak olim, bola tarbiyasida 
oilaning rolini birlamchi qilib qo'yadi: "... tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq 


lozim ekan. Tarbiyani kim qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga 
«birinchi uy tarbiyasi — bu ona vazifasidir. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi 
— bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir, — degan javob bersak». 
Ko'rinib turibdi-ki, Avloniy bolaning mukammal tarbiyasi nafaqat oilaga, balki 
maktab va jamoat tashkilotlariga ham bog'liqligini e'tirof etib, tarbiya masalasini 
umuminsoniy vazifalar darajasida talqin et-gan. 
Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, musulmon olami, 
Sharq mutafakkirlari orasida oila muammo-lari bilan shug'ullangan va shu xususda 
o'zlarining qimmatli fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko'p. 
Biz ularning ayrimlariga to'xtaldik xolos. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin