Mavzu: Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar. Reja; Islomda oila munosabatlar



Yüklə 6,22 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü6,22 Kb.
#117166
  1   2   3
Mavzu Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar. Reja; Islomda oila-fayllar.org


Mavzu: Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar. Reja; Islomda oila munosabatlar

Mavzu:Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar.

Reja;

1.Islomda oila munosabatlar.

2.Oila mustahkam bo’lishi.

3.Islomda oilaning muqaddasligi.

4.Islomda er-xotin orasidagi munosabatlar.


  • Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlarni kuzatsak, oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy oʻrin tutishini koʻramiz. Masalan, islomda nikoh orqali inson va oilani ulugʻlashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning shaʼniga va oilada tinchlikni saqlashga katta eʼtibor qaratilgan: “Ayollar (uchun belgilangan huquqlar) oʻz meʼyorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir” Islomda er-xotin oʻrtasidagi munosabatning davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va aʼzolari boʻlmish er va xotinning har biriga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-huquqlari ham belgilab berilgan.

  • Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro‘zg‘or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to‘yni ham er tomon qilib berishidir.

  • Bugun O‘zbekistondagi barcha oilalarning ro‘zg‘orboshilari mana shu vazifalarini to‘liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to‘liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo‘lishi bugungi holatga kelib qolmas edi.

  • Misol, necha foiz mo‘min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo‘lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko‘pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o‘rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz.

  • «Agar kim uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal bo‘ldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qo‘rqsin», deya marhamat qilganlar.

  • Shu oilani yuritishda er va ayolning vazifalari, majburiyatlari, burch va huquqlari mavjud. Er va ayol bularni to‘liq anglab yetishi va bilishi kerak.

  • Qachon mo‘min-musulmon banda Allohning shariatida ko‘rsatgan odoblari, qoidalar va hadlariga amal qilsa, shunda oila mustahkam bo‘ladi.


  • Yüklə 6,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin