Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma’lumki pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim
O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga mos kelsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim hislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar.
Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday hislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
Bo‘lajak pedagog shaxsiga bir qator
Bo‘lajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qo‘yilar ekan, ular ichidan asosiy, ya’ni uni qanoatlantirmasdan turib, yuqori malakali o‘qituvchi yoki tarbiyachi bo‘lib etishish mumkin bo‘lmagan va ikkinchi darajali, ya’ni pedagog uchun zarur bo‘lmagan, ammo uni shaxs sifatida shakllanishiga va shaxsga ta’lim-tarbiya berishiga yordam beruvchi talabni ajratish mumkin.