27-Mavzu: Pedagog shaxsi va unga quyiladigan talablar



Yüklə 67,09 Kb.
səhifə1/4
tarix23.08.2023
ölçüsü67,09 Kb.
#140283
  1   2   3   4
Mamanova Muboshira

Matematika va Informatika yo'nalishi 2-kurs 2-21-guruh talabasi Mamanova Muboshiraning YOSH Psixologiyasi fanining fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar

1.Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari.

2.Pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.

3.Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari.


Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.

O‘qituvchi – deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmokchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur". U o‘z fikrini davom ettirib: "O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab kolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. SHu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi", deb ta’kidlaydi.

Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini holisona baholab: "Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi",

"Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,

Aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila", – kabi satrlar bitgan.

Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.


Yüklə 67,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin