27-Mavzu: Pedagog shaxsi va unga quyiladigan talablar



Yüklə 67,09 Kb.
səhifə3/4
tarix23.08.2023
ölçüsü67,09 Kb.
#140283
1   2   3   4
Mamanova Muboshira

Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga va muloqotiga, Shuningdek, uning qobiliyati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish uchun zarur bo‘lgan sifatlarga bog‘liqdir.

Pedagogga qo‘yiladigan asosiy, bosh va o‘zgarmas talablar bolalarga bo‘lgan mehr, pedagogik faoliyat, o‘zi ishlaydigan soha bo‘yicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuitsiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega bo‘lish, bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. YUqorida keltirilganlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas.

Bu hamma xossalar tug‘ma qobiliyat emas. Ular muntazam mehnat natijasida egallanadi. Shuningdek, pedagogning o‘z ustida tinmay ishlashi tufayli bunyodga keladi. O‘qituvchi va tarbiyachilarning ko‘pligi sir emas, ammo bu kasbni yuksak darajada, muvaffaqiyat bilan ado etish mushkul ish.

Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg‘un talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasa-da, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi.

Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘lik hislatlariga qaratilgan.

Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:

- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z Vatani, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;

- keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;


Yüklə 67,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin