28- son Maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan navbatdagi amaliy va nazariy seminar



Yüklə 47,15 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü47,15 Kb.
#211962
Amaliy va nazariy seminar bayoni 2023 (1)


28- son Maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan navbatdagi amaliy va nazariy seminar
BAYONNOMASI № __

2024-yil 6-yanvar CHINOR MFY


Qatnashdilar: R.Djumaboyeva____ MTT derektori
M. Abdunazarova ___ uslubchi
Maktabgacha ta`lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan 10 nafar pedagog xodimlar.

KUN TARTIBI:


Amaliy:

  1. Maktabgacha ta’limda inovatsiyalarni joriy qilish, ta’lim tarbiya jarayonida STEAM texnologiyasini tadbiq etish

Ma`sul: M. Abdunazarova


2.O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi 2023 yil 28 avgustdagi №99-sonli buyrug’i asosida pedagog xodimlarni me’yoriy–huquqiy hujjatlari asosida takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o’quv dasturiga muvofiq faoliyatni takomillashtirilgan holda faoliyatlar olib borish.
Ma`sul: R.Djumaboyeva


Seminarning borishi

Tashkilot uslubchisi M. Abdunazarova kun tartibi bilan tanishtirdi.


Mavzu yuzasidan slayd orqali taqdimot o`tkazdi ,qisqa ma`ruza qildi.
Qatnashchilar 2 guruhga bo`lindilar va berilgan savollarga navbati bilan javob berdilar. Mavzu davra suhbati shaklida ochib berildi.
Maktabgacha ta’limda inovatsiyalarni joriy qilish, ta’lim tarbiya jarayonida STEAM texnologiyasini tadbiq etish haqida fikr almashinildi.
Uslubchi M. Abdunazarova ” Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan quydagilarni bayon etdi: O’zbekiston Respublikasining “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya “to’g’risidagi qonuni 2019 yil 22 oktyabrda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan. Yshbu qonun11 ta bob 58 moddadan iborat bo’lib asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tarbiya sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iboratdir.
Ta’lim sohasiga e’tibor yanada kuchaytirilgan bir vaqtda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bugungi kun ta’limining eng asosiy innovatsion metodi va istiqbolli texnologiyasi bu - STEAM texnologiyasidir. Ko‘pgina ta’lim tashkilotylarida ta’limning sifat samaradorligini oshirish maqsadida STEAM texnologiyasidan maqsadli foydalanib kelinmoqda.
STEAM texnologiyasi ta’limi murakkab ko‘ringani bilan uni alohida ko‘radigan bo‘lsak sodda, tushunarli va aniq ekanini ko‘rishimiz mumkin:
S - science - tabiiy fanlar
T - technology - texnologiya
E-engineering muhandislik
A - art - san’at
M - math - matematika.
Matabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM texnologiyasi asosida ta’limning tashkil etilishi, kelajakda bolaning innovatsion tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga oshira olishiga turtki bo‘ladi.
Qaysi sohalarni olmaylik muvofaqiyat qozonish uchun bilimlarni talab etadi va aynan STEAM texnologiyasi bu maqsadga erishishda yordam bera oladi. Bu metod aynan nazariya va amaliyotni birga olib borish imkonini beradi va bilimlarga asoslanish, bilimlardan o‘rinli foydalanish, mustaqil muvoffaqiyatga erishish, o‘z imkoniyatlaridan zavqlanish imkon beradi. STEAM texnologiyasi barcha ta’lim tashkilotlarida faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir.
Ushbu texnologiyani ta’limda qo‘llanilishining maqsadi faoliyat jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni ilmiy salohiyatini oshirish va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan intellektual qobiliyatini, ijodkorligini rivojlantirishdir.
STEAM texnologiyasi maktabgacha ta’lim va maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalashda eng qulay dasturdir.
Dasturda bolalarga ma’lum bir tartib, ma’lum bir standartlar belgilab qo‘yilmagan. Faqatgina bola o‘zi mustaqil ravishda, erkin, tajribalarga asoslanib, o‘zi bajarib ko‘rib natijaga erishish, his etib, fikrlab, idrok etib bajarish kerak bo‘ladigan tamoyillarga tayanadi. Ushbu ta’lim dasturi L.S.Vygotskiyning “To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim - bolani rivojlanish sari yetaklaydi” ilmiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan dastur. STEAM dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotlaida maxsus tajriba ya’ni laboratoriya xonalari tashkil etib, bolalarni beihtiyor ta’limga jalb etib, faoliyat davomida ularning innovatsion tadqiqotchilik va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Muzokara uchun so`zga chiqdilar: Tarbiyachi; N Xusanova Maktabgacha ta’limda inovatsiyalarni joriy qilish, ta’lim tarbiya jarayonida STEAM texnologiyasini tadbiq etish haqida ma’lumot oldim.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tashkilot derektori R. Djumaboyevaga so`z berildi:

STEAM dasturining samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida ta’lim tashkilotlarida bolalarni ta’limga, ixtirolarga bevosita jalb etuvchi maxsus tajriba xonalari, to‘garaklar, intellektual salohiyatini yanada oshiruvchi ijodiy musobaqalar, o‘yinlar, har bir faoliyatni axborot kommunikativ texnologiyalar asosida olib borish orqali bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.


STEAM ta’limi bolalarning quyidagi muhim xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi:

  • Muammolarni keng qamrovli tushunish

  • Ijodiy fikrlash

  • Muhandislik yondashuv

  • Tanqidiy fikrlash

  • Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash

  • Dizayn asoslarini tushunish.

Bu ko‘nikmalar kelajakda bolalarga turli masalalarda, ijodiy faoliyatda, to‘siqlarga duch kelganda, umumiy olganda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.
STEAM ta’limi, bolalar faoliyatidagi o‘rni, STEAM orqali bolalar erishadigan natijalar haqida aytib o‘tildi. Bu ta’limni amalga oshirilishida ko‘makchi asosiy vositalarga ham to‘xtalib o‘tamiz.


  1. Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish

  2. LEGO - qurilish, konstruksiyalash

  3. Matematik tasavvurlarni shakllantiruvchi vositalar

Ushbu sanab o‘tilgan vositalar orqali ta’lim jarayonlari qiziqarli, maroqli, eng muhimi bolaga o‘z imkoniyatlarini ochib berishga, tevarak atrofdan olgan bilimlariga tayanib tajribalar olib borishga, ko‘rish, his etish, fikrlash, natijaga erishish va zavqlanish hissini beradi.

STEAM texnologiyasi 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish, tadqiqotchilik qobiliyatni amaliyotga rivojlantirish, yaratish uchun tajriba maydonchasidir. STEM texnologiyasi dasturining maqsadi bolalarning bilim faoliyati jarayonida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilishdir.



Xulosa qilib aytganda, STEAM ta’limi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda loyihalar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va bolaning o‘ziga mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va butun umri davomida qo‘llay olish imkonini beradi.


Tavsiya
1.Pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirib borishda ,,metodik kun ‘’ o`quvini rivojlantirish.
2.Ta`lim – tarbiya jarayonida kompyuterdan to`liq foydalanish,ta`limiy didaktik o`yinlar jamlanmasini ishlab chiqish
3.Ta’lim-tarbiya jarayonida STEAM tehnalogiyasini tatbiq etish.
4. O’zbekiston Respublikasi MTBning 2023 yil 25 avgust kungi 99-sonli buyrug’ini o`rganishda davom etish..
6.Uslubchi : M. Abdunazarovaga

  • MTBning 99-sonli buyruq ijrosini ta’minlashda pedagoglarga metodik yordam berish;

  • “pedagoglarga maslaxatlar ”, “pedagog-kouching” ruknlarida seminar treninglar tashkil etish vazifasi yuklatish.

  • Bayonlashtirdi: M. Abdunazarova


-
Yüklə 47,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin