28 bob: Byudjet-soliq siyosati



Yüklə 23,44 Kb.
səhifə3/3
tarix24.05.2023
ölçüsü23,44 Kb.
#121402
1   2   3
IS lM modelida budjet,soliq va pul kredit sohasi

Kurs ishining maqsadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarda qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Kurs ishining manbalari.Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari, Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
Kurs ishining obyekti: O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish va rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Resbpublikasi shularni inobatga olgan holda O’zbekiston iqtisodiyoti uchun IS-LM modeli va budjet-soliq va davlatning pul-kredit siyosati asosiy e’tibor qaratish kerak bo’lgan sohalardan hisoblanadi.Bu kurs ishini asosiy maqsadi jahonda va mamlakatimizda olib borilayotgan pul-kredit siyosati va uning kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish va o’rganishdan iborat
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.







Yüklə 23,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin