28-Ma’ruza Kirishmali yarim o’tkazgichlar


Аралашмали ярим ўтказгичлардаги заряд



Yüklə 48,32 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü48,32 Kb.
#181918
1   2   3
28.Kirishmali yarim o‘tkazgichlar

Аралашмали ярим ўтказгичлардаги заряд ташувчилар концентрацияси. Улардаги донор ва акцептор сатҳлар.
Donor sathlar
Kremniy olmos tipidagi kristall panjaraga ega bo’lgani uchun, bu
panjarada har bir atomning to’rtta eng yaqin qo’shnisi bor, ular bilan 4 ta valent elektronlari orqali kovalent bog’lanishni hosil qiladi. Kremniy panjarasining tekislikdagi shartli ravishda ko’rinishi 232 – rasmda tasvirlangan.

232 – rasm. Donor kirishmali kremniyning kristall panjarasi

Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o’rniga besh valentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo’lsin. 4 ta qo’shni atomlar bilan kovalent bog’lanishni o’rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog’lanishlarni o’rnatishda qatnashmaydi.


Mishyak atomi, dielektrik singdiruvchanligi e= 12 bo’lgan kremniy kristall panjarasi muhitida bo’lgani uchun, 5–elektron mish’yak atomi yadrosi bilan 12 marta susaygan bog’lanishda bo’ladi va mish’yak atomi maydonida o’z harakatini davom ettiradi. Maydonning susayganligi sababli, 5 –elektron orbitasining radiusi 12 marotaba ortadi, uning mish’yak atomi bilan bog’lanish energiyasi e2 = 144 marta kamayib, Ed – 0,01 eV qiymat atrofida bo’ladi (233 – rasm).



233 – rasm. Yarim o’tkazgichda donor kirishma atomlarining energetik sathi

Elektronga bunday energiyani uzatganda u mish’yak atomidan uzilib, kremniy panjarasida erkin harakat qilish imkoniga ega bo’ladi, shunday qilib o’tkazuvchanlik elektroniga aylanadi.


“Sohalar” nazariyasi tili bilan bu jarayonni shunday tasavvur qilish mumkin: Valent va o’tkazuvchanlik sohalari orasidagi taqiqlangan sohada mish’yak atomi beshinchi elektronining energetik sathi paydo bo’ladi (233 – rasm). Bu energetik sath o’tkazuvchanlik sohasi tubining yaqinida Ed» 0,01 eV energetik masofada joylashadi.
Bunday energetik sathlarda joylashgan elektronlarga Ed – energiya uzatilsa, ular o’tkazuvchanlik sohasiga o’tib, o’tkazuvchanlikda qatnashadilar, hosil bo’lgan musbat zaryadlar qo’zg’olmas mish’yak atomlarida joylashgan bo’lib, elektr o’tkazuvchanlikda qatnashmaydilar (234 – rasm).
O’tkazuvchanlik sohasida elektronlarni hosil qiluvchi kirishmalar donorlar deb ataladi, ularning energetik sathlari donor sathlar deb ataladi.



234 – rasm. Yarim o’tkazgichda donor atomlarining ionlashishi

Donor kirishmalarga ega bo’lgan yarimo’tkazgichlar, elektron yarimo’tkazgichlar yoki n – tipdagi yarimo’tkazgichlar deb ataladi.





Yüklə 48,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin