157
Joriy yilda buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni mustaqil ahamiyatga ega
bo’lgan, ishlarning tugallangan bosqichlari uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq
amalga oshiradigan korxonalar (qurilish, ilmiy, geologiyada band bo’lgan) mazkur
modda bo’yicha 36-«Tugallanmagan ishlar bo’yicha bajarilgan bosqichlar»
hisobvarag’ida
hisobga olinadigan, buyurtmachi tomonidan belgilangan
bosqichlarning qiymatini aks ettiradilar. Bunda buyurtmachi o’z
balansiga faqat
to’liq tayyor mahsulotni qayd etadi.
Mazkur modda bo’yicha qishloq xo’jaligining tugallanmagan ishlab
chiqarishga
doir xarajatlar, ular ishlab chiqarish qiymatini chegirgan xolda aks
ettiriladi, asosiy vositalarni tahmirlash bo’yicha hisobot
davrining oxiriga kelib
tugallanmagan ish xarajatlari ham ko’rsatiladi.
33.
«Tayyor mahsulot « moddasi bo’yicha (140-satr ) buyurtmachilar bilan
tuzilgan shartnomaning shartlariga ko’ra sinovdan o’tgan va qabul qilingan, barcha
qismlar bilan butlangan hamda texnik shartlar va standartlarga muvofiq keladigan,
ishlab chiqarilishi tugallangan buyumlar qoldig’ining haqiqatdagi ishlab chiqarish
tannarxi ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulot va
topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi
hamda tugallanmagan ishlab
chiqarish tarkibida ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: