28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
21. 
«Kapital qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (030- satr)xo’jalik va pudrat 
usullari bilan amalga oshiriladigan tugallmanmagan qurilishning qiymati 
ko’rsatiladi. 
Ushbu modda bo’yicha asosiy podani shakllantirish bo’yicha, geologiya-
qidiruv ishlari xarajatlari, shuningdek korxonalar tomonidan ana shu maqsadlar 
uchun berilgan bo’naklar va bo’nak ko’rinishida vaqtincha foydalanishga doir 
mablag’’lar summalari aks ettiriladi. 
Ushbu modda bo’yicha o’rnatiladigan va korxona omborlarida bo’lgan 
uskunalar zaxiralari xaqiqiy qiymati bo’yicha aks ettiriladi. 
 
22. 
«SHuhba xo’jalik jamiyatlaridagi aktsiyalar» moddasi bo’yicha (040 
satr) shuhba xo’jalik jamiyatlari aktsiyalariga qo’yilgan, tahliliy tarzda «Uzoq 
muddatli moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Pay va aktsiyalar» ilova 
hisobvarag’i) hisobga olinadigan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi. 
 
23. 
«SHuhba xo’jalik jamiyatlariga berilgan qarzlar» moddasi bo’yicha 
(050-satr) shuhba xo’jalik jamiyatlariga berilgan, «Uzoq muddatli moliyaviy 
qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Berilgan qarzlar» ilova hisobvarag’i) hisobga 
olinadigan qarzlar summasi aks ettiriladi.
24.
«Tobe xo’jalik jamiyatlaridagi aktsiyalar» moddasi bo’yicha (060-satr) 
tobe xo’jalik jamiyatlari aktsiyalariga qo’yilgan, taxliliy tarzda «Uzoq muddatli 
moliyaviy qo’yilmalar» hisobvarag’ida («Pay va aktsiyalar» ilova hisobvarag’i) 
hisobga olinadigan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi. 
 
25
. «Tobe xo’jalik jamiyatlariga qarzlar» moddasi bo’yicha (070-satr) tobe 
xo’jalik jamiyatlariga berilgan, «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» 
hisobvarag’ida («Berilgan qarzlar» ilova hisobvarag’i) hisobga olinadigan qarzlar 
summasi aks ettiriladi. 
 
26. 
«Uzoq muddatli investitsiyalar» moddasi bo’yicha (080- satr) 
korxonaning davlat daromadli aktivlari (qimmatli qog’ozlar- aktsiyalar, 
obligatsiyalar) ga, O’zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida tashkil 
etilgan boshqa korxonalarning (shuhba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan tashqari) 
ustav fondlariga va hokazolarga uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) 
investitsiyalari, korxona tomonidan boshqa korxonalarga berilgan qarzlardan 
tashqari, ko’rsatiladi. 
Moliyaviy qo’yilmalar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy 
xarajatlar summasida hisobga olinadi. 
To’liq to’lanmagan aktsiya va paylar balans aktivida ularning to’liq xarid 
qiymatida ko’rsatiladi, investor dividend olish huquqiga ega bo’lgan va ushbu 
qo’yilmalar uchun to’liq javobgar bo’lgan xollarda kreditorlar moddasi bo’yicha 
so’ndirilmagan summa balans passiviga kiritiladi. Qolgan hollarda xarid 


156 
qilinadigan aktsiya va paylar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida 
debitorlar moddasi bo’yicha ko’rsatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin