28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
12. 
Korxona balansi moddalari puxta o’tkazilgan aktivlar va pasivlar 
inventarizatsiyasi 
bilan 
asoslanishi kerak. Inventarizatsiya O’zbekiston 
Respublikasi vazirligining 1999 yil 19 oktyabrda EG\17-19-2075-son bilan 
tasdiqlagan «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tqazish» O’zbekiston 
Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) (ro’yxat raqami 
833,1999 yil 2 noyabr) bilan belgilangan tartibda o’tqaziladi. Bunda yillik 
moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy faoliyat ko’rsatadigan 
inventarizatsiya komissiyalari inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklarning 
haqiqatdagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridagi tafovutlarni 
tartibga solish kerak. Shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlari inventarizatsiya 
qilinishi kerak, u solishtirish dalolatnomalari yoki o’zaro hisob-kitoblar sal’dosini 
tasdiqlash xatlari bilan rasmiylashtiriladi. O’tqazilgan inventarizatsiyalar soni va 
natijalari, shuningdek ularni o’tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga 
ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak. 
 
13. 
Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh buxgalter tomonidan 
imzolanadi. Imzolar muhr bilan tasdiqlanadi.
14. 
Moliyaviy hisobotda tuzatish va o’chirishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar 
tuzatilgan taqdirda tegishli takidlar qilinadi, moliyaviy hisobotga imzo chekkan 
shaxslar tuzatish sanasini ko’rsatgan holda ularni tasdiqlaydilar. 
 15. 
Joriy va o’tgan yillardagi hisobot ma’lumotlarini tuzatishlar (ular 
tasdiqlanganidan keyin) uning ma’lumotlari buzilishi aniqlangan hisobot davri 
uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri 
(chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi. 
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida ishlab chiqarish xarajatlariga 
(yoki muomala chiqimlariga) u bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarni kiritish 
natijasida daromadlarni yashirish yoki moliyaviy natijalarni pasaytirish xollari 
aniqlanganda o’tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga 
tuzatishlar kiritilmaydi, balki hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi 
sifatida joriy yilda aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin