28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
56. «Maqsadli moliyalash va tushumlar» moddasi bo’yicha 9370-satr)
«Maqsadli moliyalash va tushumlar» hisob varag’ida hisobga olingan maqsadli
tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan tarmoq va tarmoqdan tashqari
maxsus jamg’armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan olingan pul
mablag’’larining qoldiqlari ko’rsatiladi.
Bo’shatib olingan mablag’’lardan qonun xujjatlariga muofiq maqchadli
foydalanish sharti bilan bojxona bojlari, soliqlar va byudjetga boshqa majburiy
to’lovlarni to’lashdan ozod etilgan korxona va tashkilotlar maskur modda bo’yicha
umum belgilangan tartibda hisoblab yozilgan, lekin byudjetga o’tqazilmagan
soliqlar summalarini aks ettiradilar.
Imtiyozli davr tugaganidan keyin soliq solishdan ozod etish natijasida
bo’shatib olingan «Maksadli moliyalash va tushimlar» hisob varag’i krediti
bo’yicha hisobga olinadigan mablag’’lar summasi «Ustav sarmoyasi» hisob
varag’ining «Zaxira sarmoya» ilova hisob varag’iga hisobdan chiqariladi.
57. «Bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» moddasi bo’yicha (380-satr)
xarajatlarni maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga bir me’yorida kiritish
maqsadida asosiy vositalarni kapital tahmirlashni amalga oshirish uchun korxona
tomonidan zaxira qilingan mablag’’lar ko’rsatiladi . O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son karori bilan tasdiklangan
Maxsulot (ishlari, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi
xamda moliyaviy natijalarini shakillantirish tartibi to’g’risidagi nizomga ko’ra
(UzR VM KT,1999 yil,2-son , 9-modda) kapital tamirlash ishlarini bajarish uchun
zaxira O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsatiga binoan barpo
etiladi.
58. «Bo’lg’usi davrlar daromadlari» moddasi bo’yicha (390-satr) hisobot
yilida olingan lekin bo’lg’usi hisobot davrlariga taalluqli mablag’’lar (ijara to’lovi
vaxokozo), shuningdek amaldagi tartibga muofiq «Bo’lg’usi davrlar daromadlari»
hisob varag’ida hisobga olinadigan boshqa summalar ko’rsatiladi.