28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
47. Balans aktivi va passivida «Ichki xo’jalik hisob-kitoblari» moddasi
bo’yicha (280-satr va 530- satr ularning o’zaro hisob-kitoblari hisobi «Ichki
xo’jalik hisob-kitoblari» hisobvarag’ida yuritiladigan vakolatxonalar, filiallar va
yuridik shaxs hisoblanmagan boshqa alohida bo’linmalar bilan joriy operatsiyalar
bo’yicha ma’lumotlar aks ettiriladi.
48. Muassislar bilan hisob-kitoblar» moddasi bo’yicha (290-satr)
muassislarning «Muassislar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag’ining «Ustav
sarmoyasiga (fondiga) ulushlar bo’yicha muassislar bilan hisob-kitoblar» ilova
hisobvaragida hisobga olinadigan ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzlari
ko’rsatiladi.
49 . «Boshqa debitorlarning qarzi» moddasi bo’yicha (300-satr) hisobot
beruvchi shaxslarning qarzlari, qabul qilish chog’ida aniqlangan tovar-moddiy
boyliklar kamomadi bo’yicha mol etqazib beruvchilar bilan hisob kitoblar bo’yicha
qarzlar ko’rsatiladi. Ushbu modda bo’yicha qarzdor tomonidan tan olingan yoki
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga kiritilgan, ularni undirish to’g’risida
sudning yoki boshqa organning qarori olingan jarimalar, penya va neustoykalar
ham aks ettirilgan.
50 . «11 bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (310-satr) 120-satr Q130-
satr Q140-satr Q150-satr Q160-satr Q170-satr Q180-satr Q190-satr Q200-satr
Q210-satr Q220-satrlar yig’indisining natijasi ko’rsatiladi.
51/. «Balans aktivi bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (320-satr) 110-
satrQ310-satrni qo’shish yo’li bilan olinagn aktivning yakuniy summasi
ko’rsatiladi.
52. «Ustav sarmoyasi(fondi) «moddasi bo’yicha (330-satr) tahsis xujjatlarida
korxona muassislari ulushlari (xissalari nominal qiymat bo’yicha aktsiyalari pay
badallari) ning jami sifatida ro’yxatga olingan ustav sarmoyasining miqdori
ko’rsatiladi.