28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


PUL OQIMLARI TO’G’RISIDA HISOBOT



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
PUL OQIMLARI TO’G’RISIDA HISOBOT 
(4- SON SHAKL ) 
104. Pul oqimlari to’g’risida hisobotda korxonaning moliya resurslaridagi 
barcha o’zgarishlar pul oqimlari xarakati nuqtai nazaridan aks ettiriladi. Ushbu 
hisobot qolgan hisobot shakllarini tuzishda hisoblab yozish usuli ishlatilishini 
hisobga olgan xolda inflyatsiya sharoitida korxona likvidligini yanada ob’ektiv 
baholash imkonini beradi. 
Jorish xo’jalik, investitsion va moliyaviy faoliyatining borishida pul 
mablag’’larining barcha o’zgarishlari shunday aks ettiriladiki, bu xol hisobot 
davrining boshi va oxirida pul mablag’’lari qoldiqlari va ular ekvivalentlari (yani 
qisqa muddatli, yuqori likvidli, malum summadagi pul mablag’’lariga erkin 
aylantiriladigan, qiymati o’zgarish qatoriga ozgina uchraydigan investitsiyalar) 
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni belgilash imkonini beradi. 
105. «Xaridorlardan olingan pullar» moddasi bo’yicha (010-satr) sotilgan 
maxsulot,bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun korxonaning bankdagi 
hisobvaraqlariga hisobot davrida kelib tushgan mablag’’lar summasi ko’rsatiladi. 
106. «Mol etkazib beruvchilarga to’langan pullar» moddasi bo’yicha (011-
satr) mol etkazib beruvchilarga moddiy boyliklar va xizmatlar (telefon, telegraf va 
xokazo) uchun to’langan pul mablag’’lari summasi ko’rsatiladi, to’lanishi 
tegishlicha 040- va 041 –satrlarda aks ettiriladigan uzoq muddatli aktivlarni xarid 
qilishga to’lovlardan tashqari. 
107. «Xizmatchilarga va xizmatchilar nomidan to’langan pullar» moddasi 
bo’yicha (012-satr) xodimlarga to’langan pul mablag’’lari summasi (mehnatga xaq 
to’lash ko’rinishida), shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga to’langan 
mablag’’lar summalari, byudjetga to’langan jismoniy shaxslar daromad solig’i, 
alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun to’lov, 
korxonaning xodimlarga ko’rsatiladigan xizmatlarga xaq to’lashi va kassadan 
xamda xodimlar bilan va ular nomidan rperatsiyalarga to’g’ri keladigan bank 
hisobvaraqlaridan boshqa sarflar va pul mablag’’lari xamda ularning 
ekvivalentlarini sarflash bilan bog’liq qolgan sarflar ko’rsatiladi. 
108. «Boshqa pul to’lovlari va tushumlari» moddasi bo’yicha (013-satr) 
«Chiqim» ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig’imlar va boshqa 
daromadlarning to’langan pul mablag’’lari va ularning ekvivalentlari summasi, 
savdo va dilerlik maqsadlarida tuzilgan kontraktlar bo’yicha komission to’lovlar, 


168 
konvertatsiyalangani uchun bankka komission to’lovlar va xokazolar ko’rsatiladi, 
«Kirim» ustunida esa ularning olingan summalari ko’rsatiladi. 
109. «Jami sof pul oqimi\xo’jalik faoliyatidan chiqim» moddasi bo’yicha 
(014-satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «Q» va «CHiqim» ustuni bo’yicha «-« 
belgisining tasirini hisobga olgan xolda 010, 011,012, 013-satrlarni qo’shish 
natijasi ko’rsatiladi. 
110. «Olingan foizlar» moddasi bo’yicha (020-satr) va «To’langan foizlar» 
moddasi bo’yicha (021-satr) tegishlicha bank hisobvaraqlariga va korxona 
kassasiga olingan summa xamda to’lanadigan foizlar summasi ko’rsatiladi. 
Olingan va to’langan foizlar hisobi «Foyda va zararlar» hisobvaragining 
«Moliyaviy faoliyatga doir foyda va zararlar» ilova hisobvaragida yuritiladi. 
111. «Olingan dividentlar» (022-satr) moddasi va «To’langan dividentlar» 
moddasi (023-satr) bo’yicha pul mablag’’lari xamda pul ekvivalentlari ko’rinishida 
olingan va to’langan dividentlar summasi ko’rsatiladi. 
112. «Jami sof pul oqimi\foydadan investitsiyalar va moliyaviy xizmatga 
chiqim» moddasi bo’yicha )024-satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «Q» va «CHiqim» 
ustuni bo’yicha «-« belgisining tasirini hisobga olgan xolda 020, 021, 022, 023-
satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi. 
113. To’langan daromad (foyda) solig’i» moddasi bo’yicha (030-satr) 
to’langan daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi. 
114. «To’langan boshqa soliqlar» moddasi bo’yicha (031-satr) barcha 
to’langan soliqlar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yig’imlar va ajratmalar, yuridik 
va jismoniy shaxslarning daromad (foyda) soliqlari bundan mustasno, summasi 
ko’rsatiladi. 
115. «Jami to’langan soliqlar» moddasi bo’yicha (032-satr) 030 va 031-
satrlar summasi aks ettiriladi. 
116. «Nomoddiy aktivlarning xaridi va sotilishi» moddasi bo’yicha (040-
satr) «Chiqim» ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilish uchun mol etkazib 
beruvchiga to’langan (shu jumladan, oldindan to’langan) pul mablag’’lari va 
ekvivalentlari summasi ko’rsatiladi. 
«Kirim» ustunida moddiy aktivlarni sotish ular uchun boshqa sotish hisoblangan 
korxonalar nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag’’lar 
summasi (shu jumladan, bilvosita soliqlar summasi)ni aks ettiradilar. 
117. «Uzoq muddatli moddiy aktivlarni xarid qilish va sotish» moddasi 
bo’yicha (041-satr) «CHiqim» ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlar – ko’chmas 
mulk, binolar, uskunalar va boshqa asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun mol 
etkazib beruvchiga to’langan (shu jumladan, oldindan xaq to’lash bilan) pul 
mablag’’lari xamda ularning ekvivalentlari summasi ko’rsatiladi, «CHiqim» 
ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotish ular uchun boshqa sotish 
hisoblangan korxonalar uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotishdan kelib tushgan 
mablag’’lar summasini (shu jumladan, bilvosita soliqlar summasini) aks ettiradilar. 
118. «Xarid qilingan va qo’yilma qilingan uzoq muddatli va qisqa muddatli 
qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (042-satr) «CHiqim» ustunida shu jumladan 
vositachilarga qimmatli qog’ozlar xaridi uchun to’langan komission pullar 
summasi va birjada to’langan foizlar ko’rsatiladi. «Kirim» ustunida o’ziniki 


169 
bo’lmagan emissiyalangan qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan mablag’’lar 
summasi, shuningdek banklar va boshqa yuridik shaxslarning qisqa muddatli va 
uzoq muddatli ssudalari xamda qarzlari aks ettiriladi. 
Tajriba-konstruktorlik ishlariga kapitallashtirilgan xarajatlar bilan bog’liq 
to’lovlar xamda ushbu modda bo’yicha aks ettiriladi. 
119. «Jami sof pul oqimi\investitsiya faoliyatidan chiqim» moddasi bo’yicha 
(043-satr) «Kirim» ustunida «Q» va «CHiqim» ustunida «__» belgisining tasirini 
hisobga olgan holda 040, 041,042-satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi. 
120. «Jami sof pul oqimi\moliyalashgacha chiqim» moddasi bo’yicha (044-
satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «Q» va «Chiqim» ustuni bo’yicha «Belgisining 
ta’sirini hisobga olgan xolda 014, 024, 032, 043-satrlarni qo’shish natijasi 
ko’rsatiladi. 
121. «Sarmoyaga aktsiyalar chiqarishdan tushumlar» moddasi bo’yicha 
(050-satr) hisobot davrida chiqarilgan aktsiyalar uchun aktsiyadorlardan kelib 
tushgan pul mablag’’lari summasi aks ettiriladi. 
122. «Uzoq» muddatli va qisqa muddatli qarzlar (ssudalar) kelib tushishi» 
moddasi bo’yicha (051-satr) hisobot davrida «Kirim» ustunida kelib tushgan, 
«CHiqim» ustunida to’langan kredit va qarzlarning pul mablag’’lari summasi 
ko’rsatiladi. 
123. «Ijara majburiyatlari bo’yicha to’lovlar» moddasi bo’yicha (025-satr) 
«CHiqim» ustunida ijaraga beruvchiga to’langan, «Kirim» ustunida ijarachilar 
kelib tushgan pul mablag’’lari va ular ekvivalentlari summasi ko’rsatiladi. 
124. «Jami sof oqim\moliyaviy faoliyatdan chiqim» moddasi bo’yicha (053-
satr) «Kirim» ustunida «Q» va «CHiqim» ustunida «-« belgilarining tasirini 
hisobga olgan xolda 050, 051, 052- satrlar summasi ko’rsatiladi. 
125. «Sof o’sish\pullar va pul ekvivalentlarining kamayishi» moddasi 
bo’yicha (060-satr) o’uyidagi satrlar summasining natijasi sifatida (Q\- belgilari 
tasirini hisobga olgan xolda) olingan kirim yoki chiqim summasi (tegishlicha 
«CHiqim» yoki «Kirim» ustunida) ko’rsatiladi: 044-satrQ053-satr. 
126. «Hisobot davri boshidagi xolat bo’yicha pul mablag’’lari va pul 
ekvivalentlari» moddasi bo’yicha (070-satr) oldingi yilning 31 dekabridagi xolat 
bo’yicha pul mablag’’larini hisobga olish hisobvarag’larida (50, 51, 52, 55, 56, 57, 
58) pul mablag’’lari qoldiqlari summasi va korxona balansida kayd etilgan qisqa 
muddatli qimmatli qog’ozlar qiymati ko’rsatiladi. 
127. «Hisobot davri oxiridagi xolat bo’yicha pul mablag’’lari va pul 
ekvivalentlari» moddasi bo’yicha (080-satr) hisobot davrining oxirgi taqvimiy 
sanasidagi xolat bo’yicha pul mablag’’larini hisobga olish hisobvarag’larida (50, 
51, 52, 55, 56, 57, 58) pul mablag’’lari qoldiqlari summasi va korxona balansida 
qayd etilgan qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar qiymati ko’rsatiladi. 
128. «Valyuta mablag’’lari xarakati» bo’limida hisobot yilida korxona 
valyuta mablag’’larining xarakati ko’rsatiladi. 
Valyuta mablag’’lari O’zbekiston Respublikasi valyutasida hisobot 
davrining oxirgi sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi 
bo’yicha aks ettiriladi. 


170 
129, «Yil boshidagi qoldiq» moddasi bo’yicha (090-satr) yil boshida 
korxona valyuta hisobvarag’ida va kassasida bo’lgan valyuta mablag’’lari summasi 
ko’rsatiladi. 
130. «Jami kelib tushdi» moddasi bo’yicha (100-satr) yil boshidan valyuta 
tushumlari umumiy summasi, «SHu jumladan:» moddasi bo’yicha esa valyuta 
mablag’’larini olish manbalari ko’rsatiladi: 
a) 101-satr- «sotishdan tushum»-yil boshidan korxona olgan valyuta tushumi 
summasi: 
b) 102-satr –«konvertatsiyalangan»-birjadan tashqari valyuta bozorida sotib 
olingan valyuta summasi: 
v) 103-satr –«olingan kredit» – xorijiy valyutada olingan kredit summasi: 
g) 
104-satr-«boshqa 
manbalar»-101-103-satrlarda sanab o’tilmagan 
manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisobvaraqalari va kassasiga boshqa 
valyuta tushumlari summasi. 
113. «Jami sarflangan» moddasi bo’yicha (110-satr) korxona tomonidan turli 
maqsadlarga sarflangan va valyuta mablag’’larining umumiy summasi aks 
ettiriladi. 
Valyutanin sarflash yo’nalishlarini sanash «SHu jumladan:» moddasi 
bo’yicha 111-114-satrlarda ochib beriladi: 
a) 111-satr –«mahsulot tannarxi va davr xarajatlariga kiritiladigan 
xarajatlar»- maxsulot tannarxi va davr xarajatlariga kiritilgan sarflangan valyuta 
mablag’’lari summasi, Masalan, bank xizmatlariga xaq to’lash: 
b) 112-satr-«mol etkazib beruvchilarga to’lovlar» –xom ashyo, materiallar, 
tovarlar va boshqa oborot mablag’’larni xarid qilishga sarflangan valyuta 
mablag’’lari summasi: 
v) 113-satr-«kreditorlar bo’yicha to’lovlar, shu jumladan foizlar»-valyuta 
kreditlari bo’yicha kreditorlarni so’ndirishga va foizlarni to’lashga sarflangan 
valyuta mablag’’lari summasi: 
g) 114-satr-«boshqa maqsadlarga»-111-114-satrlarda sanab o’tilmagan 
boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi. 
132. «Hisobot davri oxiridagi qoldiq» moddasi bo’yicha (120-satr) hisobot 
davri oxirida korxonaning valyuta hisobvaraqalarida va kassasida bo’lgan valyuta 
mablag’’lari summasi aks ettiriladi. Bu summa: 090-satr Q100-satr –110 –satrga 
teng. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin