28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


ASOSIY VOSITALARNING HARAKATI TO’G’RISIDA HISOBOT



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

ASOSIY VOSITALARNING HARAKATI TO’G’RISIDA HISOBOT 
(3-SON SHAKL) 
92. Asosiy vositalarning xarakati to’g’risida hisobotda korxona asosiy 
vositalarining mavjudligi va xarakati ko’rsatiladi. 
93. 3-ustun va 6-ustunda korxonaning balansida kayd etilgan barcha asosiy 
vositalari qiymati (tegishlicha hisobot davrining boshi va oxiridagi holat bo’yicha), 
shu jumladan ijaraga topshirilgan, bepul taqdim etilgan yoki ishlatilmayotgan 
(konservatsiya, zaxirada bo’lgan vaxokazo) asosiy vositalar ayrim turlari xam aks 
ettiriladi. Ma’lumotlar dastlabki qiymat bo’yicha keltiriladi. 
94. 4-ustunda hisobot davrida asosiy vositalarning umumiy xolati barcha 
manbalar bo’yicha aks ettiriladi, shu jumladan: qushimcha baholash, ilgari hisobga 
olinmagan, xaq evaziga xarid qilingan vositalar, oborotdagi vositalardan asosiy 
vositalarga o’tish, boshqa korxonalar va tashkilotlardan bepul tushumlar (agar 
balans yil boshida o’zgargan bo’lsa), shuningdek hisobot yilida moliyalashning 
barcha manbalari bo’yicha ishga tushirilgan yangi asosiy vositalar, shu jumladan 
bank kreditlari hisobiga kirim qilingan vositalar. 


166 
95. 5-ustun hisobot yilida asosiy vositalarning umumiy chiqib ketishi aks 
ettiriladi, shu jumladan: narxni tushirish, ortiqcha va ishlatilmaydigan mol-mulkni 
sotish tartibida, pulga sotilgan asosiy vositalar, asosiy vositalardan oborot vositalar 
sirasiga o’tqazish, boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilganlari, shuningdek 
hisobot yilida tuzilishi va eskirishi, tabiiy ofatlar va avariyalar oqibatida, tamirlash 
va yangi kurilish sababli va boshqa sabablarga ko’ra tugatilgan asosiy 
vositalarning to’liq qiymati (eskirishni chegirmasdan). 
96. 7-ustun va 10-ustunda yil boshidagi va hisobot oxiridagi xolat bo’yicha 
asosiy vositalar turlariga doir jamlangan eskirish summasi aks ettiriladi. 
97. 8-ustunda hisobot davrida barcha manbalar bo’yicha asosiy vositalarning 
hisoblab yozilgan eskirish summasi, shu jumladan qo’shimcha baxolash chog’ida 
eskirishni qo’shimcha hisoblash, ilgari hisobga olinmagan eskirish, ilgari 
foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish aks ettiriladi. 
98. 9- ustunda asosiy vositalarni tugatish, sotish va ularning boshqacha 
chiqib ketishi jarayonida chiqib ketgan vositalar bo’yicha hisoblab yozilgan 
eskirish aks ettiriladi. 
99. 11-ustunda asosiy vositalarning yil boshida 3-ustun va 7-ustun 
malumotlari o’rtasidagi ayig’ma natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks 
ettiriladi. 
100. 12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxirida 6-ustun va 10-
ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayrim natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks 
ettiriladi. 
101. «Jami asosiy vositalar» moddasi bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish asosiy vositalarining xarakati aloxida satrlar bo’yicha ko’rsatiladi. 
Ishlab chiqarish asosiy vositalariga sanoat maxsulotini ishlab chiqarish, 
qurilish, qishloq xo’jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jaligi 
maxsulotlarini tayyorlash va moddiy ishlab chiqarish soxasiga talluqli boshqa 
faoliyat turlari bilan bog’liq vositalar kiradi. 
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga uy-joy va kommunal xo’jalik, soliqni 
saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy taminot, xalq talimi, madaniyatga oid va hokazo 
vositalar kiradi. 
102. «To’lanmagan qurilish» moddasi bo’yicha (140-satr) pudrat va xo’jalik 
usuli bilan bajariladigan obhektlar qurilishiga, shuningdek asosiy vositalarni xarid 
qilishga doir korxona xarajatlarining xarakati aks ettiriladi. 
Kichiq bo’limning 4-ustunida obhektlar kurilishi (pudrat tashkilotlarining 
to’lashga qabul qilingan va to’langan to’lovnomalari) va asosiy vositalarni xarid 
qilishga doir korxona qilgan xarajatlar ko’rsatiladi. 
Kichiq bo’limning 5-ustunida foydalanishga topshirgan qurilish obektlari va 
xarid qilingan asosiy vositalarning, shuningdek asosiy vositalar qiymatini 
ko’paytirmaydigan hisobdan chiqarilgan xarajatlarning qiymati ko’rsatiladi. 
103. «Malumot uchun» kichiq bo’limida ko’rsatiladi: 
a) 150-satr bo’yicha- yil davomida xarid qilingan asosiy vositalarning 
qiymati: 


167 
b) 151-153-satrlar bo’yicha-korxona tomonidan yil davomida obhektlar 
qurilishini moliyalashga va manbalar guruxlari bo’yicha asosiy vositalarni xarid 
qilishga ishlatilgan mablag’’larni ochib berish: 
v) 160-satr bo’yicha-boshqa korxonalarga ijaraga berilgan korxona asosiy 
vositalari aloxida turlarining qiymati (ma’lumotlar asosiy vositalar qanday aks 
ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak): 
g) 170-satr bo’yicha-ijaradagi korxona tarkibida qayd etilgan, ijaraga 
olingan aloxida turlardagi va umuman asosiy vositalar qiymati (ma’lumotlar asosiy 
vositalar qanday aks ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin