128
xujjatlaridan tashqari) qo’yilgan xatolar quyidagi tartibda to’g’ri lanadi. Noto’g’ri
matn yoki summa ustidan chiziladi, uning.tepasiga to’g’ri
matn yoki summa
yoziladi, yoniga «to’g’ri langan» degan yozuv qilinadi, xujjatga avval imzo
chekkan shaxslar yana imzo chekishib to’g’ri lashni tasdiklashadi va to’g’ri lash
amalga oshirilgan sana (kun, oy, yil) yozib qo’yiladi.
Kirim va chiqim kassa
orderlarida xech qanday o’zgarish qilish mumkin emas.
Buxgalteriya hisobi registriga yozilgan xo’jalik operatsiyalarini aks ettirib
turuvchi hamma yozuvlar oy yoki yilning oxirida jamlanadi. Bunday jamlashdan
maksad umumiy oborot summani va hamma schyotlar bo’yicha
oy yoki yil oxiriga
qoldiqni aniqlashdir. Bundan tashqari, u aniqlanilgan jami summalarning
yozuvlarini solishtirib kurish va yo’l qo’yilgan
xatolarni topish uchun ham
zarurdir. Ezuvlarni solishtirib kurish uchun sintetik schyotlar bo’yicha bosh
daftarning jami ma’lumotlariga muvofiq aylanma balansi tuziladi, kelib chiqqan
debet va kredit oborotlarining umumiy summasi ro’yxatga olish jurnali bo’yicha
oborot
summalarining jami yoki, agar hisob mexanizatsiya vositalari bilan
yuritilayotgan bo’lsa, u paytda nazorat sonlar ro’yxati summasining jami bilan
solishtiriladi. Buxgalteriya hisobi registrida yozuvlarning to’g’ri
amalga
oshirilishini ta’minlash uchun aylanma balansning debet va kredit summalari teng
kelishi kerak. Bu tenglik xronologik yozuv (ro’yxatga olish jurnali)
ma’lumotlarining muntazam yozuv (bosh daftar) ma’lumotiga to’g’ri kelishidan
kedib chiqadi. Buxgalteriya hisobi registrlarida aniqlangan xatoliklar belgilangan
tartibga muvofiqq kechiqtirilmasdan to’zatilishi. zarur.
Dostları ilə paylaş: