28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI HISOBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
47-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI HISOBI. 
 (ma’ruza 2 soat) 
 
REJA: 
1. Maxsulot ishlab chiqarish schyotlari turkumi va ularda xarajatlarini 
hisobga olish. 
2. Maxsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hisobi 
Tayanch iboralar:
Bevosita, bilvosita xarajatlar, xarajat elementlari, maxsulot tannarxini 
kalqo’lyasiya qilish. 
Korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblangan mahsulot (ish, xizmat)lar, asosiy 
ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2010 "Asosiy 
ishlab chiqarish" schyotida amalga oshiriladi. 
Oldindan (ijara, abonent to’lovi va і.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor 
summasining ortiqcha xarajatlari uchun to’lovlar va boshqalar) - korxona 
xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga ularning to’langan muddatidan 
qat’i nazar - qaysi davrga taalluqli bo’lsa o’sha hisobot davrida kiritiladi. 


232 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining debeti bo’yicha mahsulot ishlab 
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
to’јri xarajatlar shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab 
chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar va 
yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar aks ettiriladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan to’јri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga ishlab 
chiqarish zaxiralari, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar 
va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi. 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
schyotiga 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotining kreditidan hisobdan 
chiqariladi. 
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq 
bo’lgan egri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga 2510 "Umumiy 
ishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan hisobdan chiqariladi. 
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 
schyotiga 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotidan hisobdan 
chiqariladi. 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining kreditida tugallangan mahsulot 
ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarx summalari aks 
ettiriladi. Ushbu summalar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan 2810 
"Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi", 
9130 "Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schyotlarining 
debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin. 
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo’yicha oy oxiridagi qoldiq 
tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko’rsatadi. 
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari 
bo’yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari 
bo’yicha guruxlanishi shuningdek, kal’kulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida 
amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini xar bir 
korxona o’zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish 
xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa 
belgilari bo’yicha guruxlanishi іamda kalg’kulyatsion hisob aloxida schyotlar 
tizimida hisobga olinmasa, 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining analitik 
hisobi xam korxonaning aloxida bo’linmalari bo’yicha yuritiladi. 


233 
Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000)ning bog’lanishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin