230
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti debetida maxsulot ishlab chiqarish, ish
bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bevosita xarajatlar, xamda yordamchi
ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat qilish
bilan bog’liq bilvosita xarajatlar, brakdan ko’rilgan zararlar hisobga olib boriladi.
Maxsulot ishlab chiqarish, ishni bajarish va xizmat ko’rsatish bilan to’gidan-
to’gi bog’liq bevosita xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga, ishlab
chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobi
schyotlari va boshqa schyotlar kreditidan o’tkazladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish"
schyotiga 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" va 2320 "Boshqa ishlab chiqarish"
schyotlari kreditidan hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat qilish bilan bog’liq; bilvosita
xarajatlar 2510 "Umum ishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan 2010 "Asosiy
ishlab chiqarish" schyotiga hisobdan chiqariladi.
Brakdan kurilgan yuk;otishlar 2610 "Ishlab chiqarishdagi brak" schyoti
kreditidan 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga o’tkazladi.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining krediti bo’yicha ishlab chiqarilish
tugallangan maxsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar haqikiy tannarx summasida
aks ettiriladi. Bu summalar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan, 2810
"Tayyor maxsulotlar", 9110 "Sotilgan tayyor maxsulotlar tannarxi", 9130 "Sotilgan
ishlar va xizmatlar tannarxi" schyotlarining debeti hisobidan chiqarilishi mumkin.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo’yicha oy oxiriga qoldiq
tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxini (oy oxirida kolgan) ko’rsatadi.
Analitik hisob xarajat turlari va ishlab chiqariladigan madsulot (ish, xizmat)
turlari bo’yicha yuritiladi. Xarajatlarning vujudga kelish joylari va boshqa belgilari
bo’yicha guruxlanishi, shuningdek kalqo’lyasiyali hisob aloxida schyotlar tizimida
amalga oshirilishi mumkin, u xolda uning tarkibi va qo’llanish uslubi korxonaning
ishlab chiqarish faoliyati, tarkibi, boshqarishni tashqil etish xususiyatlaridan kelib
chixadi. Agarda xarajatlarning vujudga kelish joylari va boshqa belgilari bo’yicha
guruxlanishi, shuningdek kalqo’lyasiyali hisob olish schyotlarining aloxida
tizimida amalga oshirilmasa, unda 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyota
bo’yicha analitik hisob korxona bo’linmalari bo’yicha olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: