28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


T/r  Xo’jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

T/r 
Xo’jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning bog’lanishi 
Debet 
Kredit 

Asosiy, yordamchi tsexlardan, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan 
tayyor maxsulotlarning kirim qilinishi 
2810 
2010, 2310, 2710 

Tayyor maxsulotlarni hisobning yarim tayyor usulida kirim qilish 
2810 
2110 

Tayyor maxsulotlarning ko’rgazmadan omborga kirim qilinishi 
2810 
2820 

Tayyor maxsulotni qayta baxolash 
a) qiymatining oshirilishi 
b) qiymatining kamaytirilishi 
2810 
3190 
6230 
2810 

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor maxsulotlar 
2810 
9390 

Ichki extiyojlar uchun tayyor maxsulotlarning ishlatilishi, tayyor 
maxsulotlarning tsexlarga qayta ishlov berish va boshqalar uchun 
qaytarilishi 
2010, 2310, 2510, 
2710 9410-9440 
2810 

Tayyor maxsulot omboridan maxsulotlar yaroqsiz maxsulotlarni 
tuzatish uchun berildi 
2610 
2810 

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs 
aniqlanmagan bo’lsa 
5910 
2810 

Kelgusi davr xarajatlari tarkibida yuritiladigan xarajatlarga tayyor 
maxsulotlarning ishlatilishi 
3190 
2810 
10 
Tayyor maxsulotlarning ko’rgazmaga berilishi 
2820 
2810 
11 
Sotilgan tayyor maxsulotning tannarxini hisobdan chiqarish. 
9110 
2810-2830 
12 
Tayyor maxsulotlarning moliyaviy quyilmalar (shu jumladan 
qimmatli qog’ozlar) hisobiga berilishi 
0600, 5800 
9110 
9010 
2810 
13 
Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxsning aybi 
bo’yicha kamomadning aniqlanishi 
4730 
2810 
14 
Tayyor maxsulotlarning ajratilgan bo’linmalardan kelib tushishi 
2810 
6110 
15 
Tayyor maxsulotlarning ajratilgan bo’linmalarga berilishi 
4110 
2810-2830 
16 
Tayyor maxsulotlarning tekinga berilishi 
9430 
2810 
Sotishga mo’ljallangan tovar va prokat buyumlari sifatida xarid qilingan 
tovar-moddiy qiymatliklarining mavjudligi va xarakati to’g’risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
2910 "Ombordagi tovarlar"; 
2920 "Chakana savdodagi tovarlar"; 
2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar"; 
2940 "Prokatdagi buyumlar"; 
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar"; 
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar"; 
2970 "Yo’ldagi tovarlar"; 
2980 "Savdo ustamasi"; 
2990 "Boshqa tovarlar". 
Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi 
schyotlar, qandaydir buyumlar, materiallar, oziq-ovqat maxsulotlari maxsus sotish 
uchun xarid qilingan xollarda qo’llaniladi. 
Ta’minot, tayyorlov, savdo korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi 
schyotlarda shuningdek, asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli 
schyotlarda yuritiladigan ishlab chiqarish yoki xo’jalik extiyojlari uchun xizmat 
qiladigan inventarlardan tashqari sotib olingan idishlar va o’zida ishlab chiqarilgan 
idishlar hisobga olinadi. 


243 
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotida ulgurji va taqsimot bazalarida, 
omborlarda, umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlash joylarida, sabzavotni 
saqlash joylarida va boshqalarda saqlanayotgan mavjud tovar zaxiralarining 
naqdligi va xarakati sotib olish qiymatida hisobga olinadi. 
Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi 2910 
"Ombordagi tovarlar" schyotining debetida tovarlarni xarid qilish bilan bog’liq 
xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi. 
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510 "Materiallarni tayyorlash va 
xarid qilish" schyotidan foydalanilgan xolda materiallar bilan bog’liq 
muomalalarni hisobga olish tartibi kabi bir xilda hisobda aks ettirish mumkin. 
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga sotilgan tovarlar va ular uchun ushbu xaridor 
(buyurtmachi)larga hisob-kitob xujjatlarining taqdim etilishi yoki ular tomonidan 
to’lanishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidan 9120 "Sotilgan tovarlarning 
tannarxi" schyotining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi. 
2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotida chakana savdo korxonalari 
(magazinlar, palatkalar, laryoklar, kioskalar va hokazolar) va umumiy ovqatlanish 
korxonalarining bufetlaridagi tovarlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi. 
Chakana savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi 
shisha idishlar (shishalar, bankalar va boshqalar)ning naqdligi va xarakati xam 
ushbu schyotda hisobga olinadi. Chakana savdodagi tovarlarning sotilishida xam 
2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga 
oshiriladi. 
2930 "Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotida ko’rgazmalar, yarmarkalar, reklama 
va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tovarlar hisobga olinadi. Bunda 2930 
"Ko’rgazmadagi tovarlar" schyotining debeti va 2910 "Ombordagi tovarlar" yoki 
2920 "Chakana savdodagi tovarlar" schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar 
amalga oshiriladi. Tovarlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar 
shaxsdan boshqasiga o’tadi. Agar ko’rgazmaga, yarmarkaga va xokazoga 
qo’yilgan tovarlar sotilsa, u xolda buxgalteriya yozuvlari 2910 "Ombordagi 
tovarlar" schyotidagi kabi amalga oshiriladi. 
2940 "Prokatdagi buyumlar" schyotida prokatga (ijaraga) berish uchun 
mo’ljallangan buyumlarning naqdligi va xarakati hisobga olinadi. 
2950 "Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar" schyotida tovarlar bilan band va 
bo’sh turgan idishlarning (chakana savdo korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish 
korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlardan tashqari) naqdligi va xarakati 
hisobga olinadi. 
Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo’sh bo’lgan idishlarning 
xarakatini ularning tarkibi va baxosidan kelib chiqqan xolda idishlar guruhi baxosi 
bo’yicha o’rnatiladigan o’rtacha hisob baxosi bo’yicha hisobga olishlari mumkin. 
Bunda idishlarni sotib olish baxosi bilan o’rtacha hisob baxolari orasidagi farq 
9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyotida yoki 9490 "Boshqa operatsion 
xarajatlar" schyotida olib boriladi. 
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar" schyotida boshqa korxonalarga 
komissiya va konsignatsiya shartnomasi bo’yicha berilgan tovarlar hisobga olinadi. 


244 
2970 "Yo’ldagi tovarlar" schyotida hisobot davri oxirida yo’lda qolgan 
(omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi. 
2980 "Savdo ustamasi" schyoti agar chakana savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalarida tovarlar hisobda sotish baxosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama 
(chegirma)lari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ushbu schyotda omborxonalar, bufetlar va 
oshxonalardagi mavjud oziq-ovqat maxsulotlari va tovarlarning savdo ustamalari 
shuningdek, oshxona va bufet maxsulotlariga sotish baxosida ularning qiymatiga 
belgilangan tartibda qo’yiladigan ustama summalari hisobga olinadi. 
2980 "Savdo ustamasi" schyoti tovarlar kirim qilinganda savdo ustamasi 
summasiga kreditlanib, sotilgan, chiqarilgan, yoki tabiy yo’qotish natijasida 
hisobdan chiqarilgan, yaroqsiz, buzilgan, kamomad va xokazolarda tovarlar 
bo’yicha savdo ustamasi summasiga debetlanadi. Savdo ustamasining sotilgan 
tovarlarga to’g’ri keladigan qismi 2980 "Savdo ustamasi" schyotining debetida va 
9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Savdo 
ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan qismi 
yo’qlama qilish opislari asosida, o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq, tovarlarga 
tegishli ustamani aniqlash orqali aniqlashtiriladi. 
Chakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan 
savdo ustamasi summasi oy boshida tovarlar qoldig’iga to’g’ri keladigan savdo 
ustamasi summasi va 2980 "Savdo ustamasi" schyoti debeti bo’yicha aylanma 
summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 "Savdo ustamasi" 
schyoti krediti bo’yicha aylanmani bir oyda sotilgan tovarlar summasi (hisob 
baxolari bo’yicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldig’iga (hisob baxolari bo’yicha) 
nisbatidan kelib chiqqan xolda hisoblangan foiz bo’yicha aniqlanishi mumkin. 
2990 "Boshqa tovarlar" schyotida 2910-2950 schyotlarda aks ettirilmaydigan 
boshqa tovarlar hisobga olinadi. 
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900) bo’yicha analitik hisob moddiy 
javobgar shaxslar, tovarlarning nomlari (navi, guruіlari, toylar) va tovarlarning 
saqlanish joylari bo’yicha yuritiladi. 
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900)ning bog’lanishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin