28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


-MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR HISOBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

 
49-MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR HISOBI.
(ma’ruza 2 soat) 
REJA: 
 
1. Tayyor maxsulotlar va ularni omborlarda hisobini tashqil qilish tartibi 
2. Tayyor maxsulotlarni haqikiy ishlab chiqarish tannarxi. 
3. Tayyor maxsulotlar va ularni xarakatini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish tartibi. 
4. Kurgazmadagi tayyor maxsulotlar hisobi. 
5. Tovarlar hisobi 
 
Tayanch iboralar:
Tayyor maxsulot, haqikiy ishlab chiqarish tannarxi, kurgazmadagi 
tayyor maxsulotlar, tovarlar. 
Tayyor maxsulotlarning mavjudligi va darakati to’gisidagi axborotlar 
quyidagi schyotlar da umumlashtiriladi: 
2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar"; 
2820 "Kurgazmadagi tayyor maxsulot". 
Butlash uchun sotib olingan (qiymati korxona maxsulotining tannarxiga 
kiritilmaydiganlari) yoki sotiladigan tovarlar sifatidagi tayyor buyumlar, tovarlar 
hisobi schyotlarida hisobga olib boriladi. 
Chetga bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati tayyor maxsulotlar 
hisobi schyotlarida hisoblanmaydi. Ularning haqisiy xarajatlari ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlardan to’gidan-to’gi 9110 "Sotilgan tayyor 
maxsulotlar, tovarlar (ish, xizmatlar) tannarxi" schyotiga o’tkazladi. 
Buyurtmachilarga uz joyida to’shirishi lozim bo’lgan va qabo’l qilish
dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan maxsulotlar tugallamagan ishlab 
chiqarish tarkibida soladi va tayyor maxsulotlar hisobi schyotlarida hisobga 
olinmaydi. 
2810 "Tayyor maxsulot" schyotida tayyor maxsulotlar haqikiy ishlab 
chiqarish tannarxida hisobga olib boriladi. 
Kishlos ho’jalik korxonalari dexxonchilik, chorvachilik maxsulotlari 
xarakatini va xom ashyoning qayta ishlashini yil davomida rejadagi tannarx 
biznes-reja asosida hisobga oladi. Tayyor maxsulotning haqikiy tannarxi bilan 


239 
rejadagi narxi o’rtasidagi yil oxirida aniqdangan farq; ko’rsatilgan maxsulotning 
yil oxiridagi koldigiga tegishli xissada maxsulot schyotiga yozib quyiladi. 
Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor maxsulotning, shu jumladan 
k,isman korxonaning uz extiyojlari uchun mo’ljallangan maxsulotlarning kirim 
silinishi 2810 "Tayyor maxsulot" schyoti debeti ishlab chiqarish xarajatlarining 
hisobi schyotlari bilan korres’ondensiyada aks ettiriladi. Agar tayyor maxsulot 
to’liq; korxonaning uzida foydalanish uchun yunaltiriladigan bo’lsa, unda u 2810 
"Tayyor maxsulotlar" schyotiga kirim silinmasdan, ushbu maxsulotning maqsadiga 
k,arab, materiallar hisobi schyotlari va boshqa shunga o’xshash tegishli schyotlarda 
hisobga olib borilishi mumkin.
Junatilgan yoki joyida xaridorlarga (buyurtmachilarga) to’shirilgan, to’lov 
xujjatlari ushbu xaridorlarga (buyurtmachilarga) taqdim etilgan tayyor maxsulotlar 
sotish tartibida 2810 "Tayyor maxsulotlar" schyoti kreditidan 9110 "Sotilgan 
tayyor maxsulotlar tannarxi" schyoti debetiga hisobdan chiqariladi. 
Agar maxsulot yetqazib berish shartnomasiga kura junatilgan maxsulotga 
egalik qilish, tasarruf etish va foydalanish x,ukuk;i, uning tasodifan nobud bo’lishi 
tavakkalchiligi korxonadan xaridorga (buyurtmachiga) o’tish nayti yusorida 
ko’rsatilganidan (masalan, maxsu-lot eks’ortidan) boshqacha shartlashilgan bo’lsa, 
unda bunday ‘aytgacha bu maxsulotlar 9110 "Sotilgan tayyor maxsulotlar 
tannarxi" schyotida hisobda turadi. 
Boshqa korxonalarga komission va boshqa ushbu asoslarda sotish uchun 
berilgan tayyor maxsulotlar 2810 "Tayyor maxsulotlar" schyotidan 9110 "Sotilgan 
tayyor maxsulotlar tannarxi" schyoti debetiga o’tkazladi. 
Tayyor maxsulotlarning 2810 "Tayyor maxsulotlar" schyotida haqisiy ishlab 
chisarish tannarxida hisobga olinganda, analitik hisobda ularning xarakati ayrim 
nomlari bo’yicha hisob narxida (reja tannarx berish narxi va sh.k.), buyumlarning 
haqisiy ishlab chiqarish tannarxi bilan ularning hisobga olish narxlari qiymati 
o’rtasidagi farqdarni ajratib ko’rsatgan xolda, ko’rsatilishi mumkin. Bunday farqlar 
tayyor maxsulotlarning korxona tomonidan ayrim buyumlarning haqisiy ishlab 
chiqarish tannarxi va ularning hisobga olish narxlari bo’yicha qiymati o’rtasiDagi 
farq; darajasidan kelib chixib shakllantiriladigan bir xildagi guruxlari bo’yicha 
hisobga olinadi. 
Tayyor maxsulotlar 2810 "Tayyor maxsulotlar" schyotidan hisobdan 
chiqarilganda haqik;iy ishlab chiqdrish tannarxi va hisob narxi qiymatidagi farq;, 
hisobot davri boshidagi tayyor maxsulot krldigi va
hisobot davri davomida omborga kelib tushgan maxsulot bo’yicha farq, 
summalarining, bu maxsulotlarning hisob narxidagi qiymatiga nisbati bo’yicha 
hisoblangan foiz asosida hisoblanadi.
Junatilgan va sotilgan maxsulotga tegishli tayyor maxsulotning haqisiy ishlab 
chiqarish tannarxi bilan ularning hisobga olish narxlari bo’yicha qiymati 
o’rtasidagi farutr 2810 "Tayyor maxsulotlar" schyoti kreditidan, tegishli schyotlar 
debetiga, ularning ortischa yoki iqtisod ekanligiga qarab, k;ushimcha yoki storno 
yozuvi bilan aks etgiriladi. 


240 
2810 "Tayyor maxsulotlar" schyotining analitik hisobi, tayyor maxsulotlar 
butligiga (saxlanishga) javob beruvchi, moddiy javobgar shaxslar bo’yicha olib 
boriladi. 
2820 "Kurgazmadagi tayyor maxsulot" schyotida kurgazma, yarmarka, 
reklama va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tayyor maxsulotlar haqixiy ishlab 
chiqarish tannarxida hisobga olib boriladi. Bunda 2820 "Kurgazmadagi tayyor 
maxsulot" schyoti debeti 2810 "Ombordagi tayyor maxsulot" krediti yozuvi 
bo’ladi. Bu yerda tayyor maxsulotga moddiy javobgarlik vaqtincha bir moddiy 
javobgar shaxsdan boshkdsiga utadi. Agarda kurgazmaga, yarmarka va sh. k 
quyilgan tayyor maxsulot sotilsa, unda xuddi 2810 "Tayyor maxsulot" 
schyotidagidek buxgalteriya yozuvlari bo’ladi (yoziladi). 
Tanshi savdo faoliyati bilan shugullanuvchi va "meni" o’erasiyasini amalga 
oshiruvchi korxonalar, eks’ort-im’ort bitimlari bo’yicha tayyor maxsulotlar 
xarakatini hisobga olib borish uchun uchinchi tartibli subschyot ochishlari 
mumkin. 
Barcha mulk shaklidagi korxona va tashqilotlar analitik hisobni yuritish uchun 
dam uchinchi tartibli subschyot ochishlari mumkin. 
Tayyor maxsulotlar hisobi kirim va chisim nakladnoylar, schyot-fakturalar
kalqo’lyasiya varaklari va boshqalar asosida tuzilgan moddiy javobgar shaxslar 
hisobotlari asosida yuritiladi. 
Tayyor maxsulotlarning mavjudligi va xarakati to’g’risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi. 
2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar"; 
2820 "Ko’rgazmadagi tayyor maxsulotlar"; 
2830 "Komissiyaga berilgan tayyor maxsulotlar". 
Chetga ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning qiymati tayyor 
maxsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2800) aks ettirilmaydi. Ular bo’yicha 
haqiqiy xarajatlar, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlardan 9130 "Bajarilgan ish 
va 
ko’rsatilgan 
xizmatlar 
tannarxi" 
schyotiga 
hisobdan 
chiqariladi. 
Buyurtmachilarga joyida topshiriladigan va qabul qilish dalolatnomasi bilan 
rasmiylashtirilmagan maxsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida qoladi. 
2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" schyotida tayyor maxsulotlar xaqiqiy 
ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha hisobga olinadi. Qishloq xo’jaligi korxonalari 
o’simlikchilik maxsulotlari, chorvachilik va qayta ishlangan maxsulotlarining 
xarakatini biznes-rejadan kelib chiqib, yil davomida prognoz tannarxi bo’yicha 
hisobga oladi. Yil oxirida tayyor maxsulotning xaqiqiy va prognoz tannarxi 
o’rtasida aniqlangan farq maxsulotlar schyotiga hisobot yili oxiridagi keltirilgan 
maxsulotlarning qoldig’iga taalluqli bo’lgan ulushlarda o’tkaziladi. 
Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor maxsulotlar, shu jumladan, 
qisman korxonaning o’z extiyojlari uchun mo’ljallangan maxsulotlarning kirim 
qilinishi 2810 "Ombordagi tayyor maxsulot" schyotining debetida xarajatlarni 
hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan xolda aks ettiriladi. 
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga ortib jo’natilgan tayyor maxsulotlar va ular 
uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan hisob-kitob xujjatlarining taqdim 


241 
etilishi 2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" schyotining kreditidan sotilish 
tartibida 9110 "Sotilgan tayyor maxsulotlarning tannarxi" schyotining debetiga 
hisobdan chiqariladi. 
2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" schyotida xaqiqiy ishlab chiqarish 
tannarxida hisobga olingan tayyor maxsulotlar, analitik hisobda alohida 
turdagilarning xarakatini, maxsulotning xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxining, 
uning hisob baxosi qiymatidan farqini ajratgan xolda ularni hisob baxo (reja 
tannarxida, sotish baxosida va boshqa)da aks ettirish mumkin. Bunday farqlar 
tayyor 
maxsulotning 
alohida 
guruіlari 
bo’yicha korxona tomonidan 
shakllantiriladigan hisob baxosi qiymatidan xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxining 
farq darajasidan kelib chiqqan xolda hisobga olinadi. 
Tayyor maxsulotlarni 2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" schyotidan 
hisobdan chiqarishda xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxi analitik hisobda qabul 
qilingan baxosi bo’yicha qiymatidan farq summasi, hisobot davri boshiga tayyor 
maxsulotlar qoldig’idagi farqlar va hisobot oyi mobaynida omborga kelib tushgan 
tayyor maxsulotlar bo’yicha farqlarning bu maxsulotlarni hisob baxosidagi 
qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan foizlar bo’yicha topiladi. Sotilgan 
maxsulotga to’g’ri keladigan tayyor maxsulot xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxining 
uning hisob baxosi bo’yicha qiymatidan farq summasi 2810 "Ombordagi tayyor 
maxsulotlar" schyotining kreditida va ular ortiqcha xarajat yoki tejalganlikni 
ko’rsatishidan kelib chiqqan xolda qo’shimcha yozuv orqali tegishli schyotlarning 
debetida aks ettiriladi. 
2820 "Ko’rgazmadagi tayyor maxsulotlar" schyotida ko’rgazma, yarmarka, 
reklama va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tayyor maxsulotlar xaqiqiy ishlab 
chiqarish tannarxi bo’yicha hisobga olinadi. Bunda 2820 "Ko’rgazmadagi tayyor 
maxsulotlar" schyotining debeti va 2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" 
schyotining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tayyor maxsulotlar uchun 
javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga o’tadi. Agar 
ko’rgazmaga, yarmarkaga va sh.k.ga quyilgan tayyor maxsulotlar sotilsa, u xolda 
2810 "Ombordagi tayyor maxsulot" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari 
amalga oshiriladi. 
2830 "Komissiyaga berilgan tayyor maxsulotlar" schyotida komissiya va 
konsignatsiya shartnomalari bo’yicha ortib jo’natilgan tayyor maxsulotlar aks 
ettiriladi. 
Boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartlari asosida sotish 
uchun berilgan tayyor maxsulotlar 2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" 
schyotidan 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor maxsulotlar" schyotining debetiga 
hisobdan chiqariladi. Komissiya va konsignatsiya shartlari asosida berilgan tayyor 
maxsulotlarni sotishda 2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar" schyoti kabi 
buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 
2810 "Ombordagi tayyor maxsulotlar", 2820 "Ko’rgazmadagi tayyor 
maxsulotlar", 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor maxsulotlar" schyotlari bo’yicha 
analitik hisob javobgar shaxslar bo’yicha, turlari (sortlar, partiyalar, kiplar) 
bo’yicha va tayyor maxsulotni saqlash joylari bo’yicha yuritiladi. 
Tayyor maxsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2800)ning bog’lanishi 


242 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin