28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja


Qishloq xo’jalik tarmoqlarining samaradorlik ko’rsatkichlari



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə3/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

Qishloq xo’jalik tarmoqlarining samaradorlik ko’rsatkichlari

Qishloq xo’jaligi – O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlanadi. Qishloq xo’jaligi respublikamizning iste’mol bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari va kayta ishlash sanoatiga xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati kabi bir qator tarmoqlar mahsulotlari uchun kafolatli bozor bo’lib ham hisoblanadi.

2016 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,1 foizi qishloq xo’jaligi hissasiga to’g’ri keldi. Agrar tarmoq yurtimiz aholisining salmoqli qismini ish o’rinlari bilan ta’minlab kelmoqda. SHu jihatdan qishloq xo’jaligini rivojlantirish masalasi respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mustaqillik yillarida muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahnomoligida qishloq xo’jaligini isloh qilish bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikava ilg’or texnologiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashib bormoqda. CHeklangan yer va suv resurslaridan, kapitaldan va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda. Respublikamiz agrar tarmog’ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o’zgarishlar natijasida qishloq xo’jaligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari barqaror o’sib bormoqda.
O’tgan 2005-2016 yillar davomida qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining o’rtacha yillik barqaror o’sish sur’atlari dinamikasi ta’minlandi. Xususan, bu ko’rsatkich 2005 yilda 105,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilda 107foizga teng bo’ldi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti salmog’ining 2005 yildagi 26,3 foizdan 2016 yilda 17,1 foizga pasayishi ijobiy holdir. Bu avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotida industrial sanoat tarmoqlari va xizmatlarning jadal rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi.
YUrtimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ishlab chiqarishga yangi va ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug’chilik-selektsiya ishlarini tubdan yaxshilash borasida keng qamrovli, shu bilan birga, puxta o’ylangan ishlar amalga oshirildi.
Buning samarasi o’laroq, 2000-2016 yillarda don yetishtirish 3,7 barobarga yaqin, kartoshka 5 barobar, sabzavot 2,2 barobardan ortiq, meva 2,6 barobar, uzum 1,3 barobardan ziyod, go’sht (tirik vaznda) 1,9 barobarga, sut 2 barobardan va tuxum 2,4 barobardan ko’proq oshganligi fikrimizning dalilidir.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas, balki asosan intensiv rivojlanish, ya’ni ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini oshirish hisobidan ta’inlanmoqda.
Xususan, 2015 yilda 1990 yilga nisbatan paxta hosildorligi gektariga 22,6 tsentnerdan 25,6 tsentnerga yoki 113,3 foizga, donli ekinlar hosildorligi 20,2 tsentnerdan 44,2 tsentnerga yoki 218,8 foizga, kartoshka hosildorligi 80tsentnerdan 194,9 tsentnerga yoki 243,6 foizga, sabzavothosildorligi 192,0 tsentnerdan 252,5 tsentnerga yoki 131,5 foiz ga va poliz hosildorligi 115 tsentnerdan 192,6 tsentnerga yoki 167,5 foizga oshgan.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, 1991 yilda aholi jon boshiga nisbatan 24,0 kg meva, 24,0 kg uzum, 138,6 kg sabzavot, 15,1 kg kartoshka va 39,0 kg poliz mahsulotlari yetishtirilgan bo’lsa, 2016 yilga kelib aholi jon boshiga 60,1 kg meva (250,4 foiz), 35,1 kg uzum (146,2 foiz), 225 kg sabzavot (162,3 foiz), 60,5 kg kartoshka (400,6 foiz) va 42,0 kg poliz mahsulotlari (107,6 foiz) yetishtirildi.


Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin