Qishloq xo’jaligida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining o’rni va axamiyati
Qishloq xo’jalik tarmoqlarining samaradorlik ko’rsatkichlari
Qishloq xo’jaligi tarmoqlari samaradorligini oshirish yo’llari
Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Agrar sohada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar dehqonda mulkdorlik hissini uyg’otishga asos bo’ladigan mulkiy munosabatlarni o’zgartirishni talab qiladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz agrar sohasida ham ko’p ukladli iqtisodiyot asoslari shakllandi. Pirovardida ishlab chiqarishni tashkil etishning fermer va dehqon xo’jaliklariga asoslangan shakllarining o’sish jarayoni izchillik bilan davom etmoqda.
Mavzuning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish munosabatlarini islohqilish agrar sohada tarkibiy o’zgarishlarning eng asosiy va hal qiluvchi masalasi hisoblanadi. Bu sohadagi tarkibiy o’zgarishlar qishloq xo’jaligiga taalluqli-erlar, eng avvalo, sug’oriladigan yerlar davlat mulki hisoblanishi; yirik tovar ishlab chiqarish, eng avvalo, paxtachilik va g’allachilik mahsulotlarini yetishtirish qishloq xo’jalik shirkatlari tomonidan amalga oshirilishi; o’rta tovar ishlab chiqarish, ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish asosan fermer xo’jaliklari tomonidan amalga oshirilishi, ularga yer uchastkalari uzoq muddatli ijaraga berilishi; mayda tovar ishlab chiqarishni, meva-sabzavotchilik, uzumchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ixtisoslashgan, ajratilgan yer uchastkalarini umrbod merosga qoldirish huquqiga ega bo’lgan dehqon xo’jaliklari amalga oshirishi kabi qoidalardan kelib chiqqan holda agrar sohada mulkiy munosabatlarni islohqilish va samaradorligini oshirish bilan bog’liq.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida qishloq xo’jaligini islohqilishga ustunlik berildi. CHuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash siyosati yo’nalishlari va rivojlanishning istiqbollari va u bilan bog’liq muammmolar respublikamizda iqtisodchi olimlar R.Husanov, V. Kim, A. SHokirov, A. Jo’raev, T. Farmonov, I. Galiyev, F.Qayumov, E. YUsupov, Q. CHoriyevlar, MDHda esa A. Nikiforov, N. Kovalev, S. Gryadov, T. Dozorova, B. Dvorkin, A. CHelintsev kabi olimlar tomonidan o’rganilgan. Ammo, qishloq xo’jaligi korxonalari, xususan, fermer xo’jaliklari tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolariga bag’ishlangan ilmiy izlanishlar yetarli emas.
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi mamlakat agrar sohasida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning asosiy vazifalari va bosqichlari, ularni amalga oshirishda asosiy erishilgan natijalarni tahlil qilish va mavjud muammolarni o’rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat. YUqorida belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yiladi:
-qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning zaruriyatini asoslab berish;
-qishloq xo’jaligida mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish xususiyatlarini ochib berish;
-qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimini qayta tashkil etish yo’nalishlarinio’rganish;
-qishloq xo’jaligini rivojlanish darajasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
-qishloq xo’jaligini rivojlantirishda moliya-kredit munosabatlari va ularni takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
-qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha davlat siyosati va uning asosiy ustuvor yo’nalishlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
Respublikamiz qishloq xo’jaligi tarmog’i tadqiqot ob’ekti sifatida olindi. Ushbu ishni bajarishda respublikamizdagi taniqli-iqtisodchi olimlar asarlaridan, shuningdek respublika hukumati tomonidan chiqarilgan farmoyishlar, qarorlar va qonunlar, respublika va viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlari va hujjatlaridan foydalanildi. SHuning bilan bir qatorda, iqtisodiy jarayonlar va faoliyatni o’rganish va tahlil qilishda jarayonli, vaziyatli, iqtisodiy-matematik yondoshuvlar, shuningdek, monografik, grafik, tahlil va sintez, statistik kabi usullardan foydalanildi.
Olib borilgan izlanishlarning yangiligi quyidagilardan iborat:
- qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning yo’nalishlari asoslab berilgan;
- qishloq xo’jaligida mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish yo’nalishlari berilgan;
- qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’nalishlari o’rganilgan;
- qishloq xo’jaligini rivojlanish darajasi va unga ta’sir etuvchi omillar tizimiga baho berilgan;
- qishloq xo’jaligini rivojlantirishda moliya-kredit munosabatlari va ularni takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan;
-qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llari asoslangan:
- qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha davlat siyosati va uning vazifalari o’rganilgan va takliflar ishlab chiqilgan.