28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja


Qishloq xo’jaligi tarmoqlari samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə5/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

Qishloq xo’jaligi tarmoqlari samaradorligini oshirish yo’llari


Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining real tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga ko’tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. SHu munosabat bilan muhtaramBirinchiPrezidentimiz tomonidan chorvachilik, g’allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg’or mamlakatlar tajribasini o’rganish va amalda qo’llash, bizning iqlim sharoitimizda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug’orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o’rganish, urug’chilik-selektsiya ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan edi.


Mamlakatimizda qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish orqali tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” da bayon etilgan. Ushbu kontseptsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida O’zbekiston respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda 2016-2015 yillar mobaynida:

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 17,5 foizdan 13,5 foizga pasaytirish;

  • qishloq xo’jaligida ilg’or agrotexnologiyalar, resurslarni tejaydigan usullarni joriy etish, selektsiya va urug’chilik tizimini rivojlantirish hisobidan ekinlar hosildorligini oshirishga erishiladi. Bunda mineral o’g’itlardan foydalanish samaradorligini 15 foizga oshirish, suv sarfini 12 foizga kamaytirish;

  • meva-sabzavot tayyorlashni 1,5 barobari, kartoshka yetishtirishni 1,4 barobar, poliz va uzumni 1,3 barobar ko’paytirish;

  • naslchilik ishlarini takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar va modernizatsiya natijasida naslchilik xo’jaliklari sonini 2,5 barobardan, ozuqa ekinlari maydonini 1,3 barobar oshirish;

· zooveterinariya punktlarini zamonaviy jihozlash, xizmatlar sifatini oshirish hisobidan chorva mollari sonini 1,3 barobar, go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish;

  • parrandachilik va baliqchilik tarmoqlari rivojiga alohida ahamiyat qaratib, parrandalar sonini 1,8 marta oshirib, 670 ta baliqchilik xo’jaligi tashkil etish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash quvvatlarini va qayta ishlash hajmini kengaytirish tadbirlari doirasida qishloqlarda zamonaviy minitexnologiyalar negizida qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish orqali meva-sabzavot konservalari ishlab chiqarishni1,7 barobar, go’sht konservalarini 2,2 barobar, kolbasa mahsulotlarini 1,8 barobar, sut mahsulotlarini 1,9 barobar oshirish;

  • sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi mablag’lari hisobidan meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib sug’orish tizimini yo’lga qo’yish va melioratsiya texnikalarini xarid qilish bo’yicha qariyb 500 million dollarga teng bo’lgan loyihalar hisobidan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash;

· qishloq xo’jaligi texnikasi parklarini kengaytirish, ularni sifat jihatdan yangilash, fermerlarni unumli qishloq xo’jalik texnikalari bilan ta’minlash, xizmat sifatini yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo’lgan muhim prognoz vazifalari belgilangan.
Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami 575 gektar yer maydonlarida intensiv bog’lar barpo etildi. Bu bog’larda yuqori iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo’lgan mevali daraxt ko’chatlari ekilmoqda. Bunday bog’larning yaratilishi mamlakatimiz aholisini sifatli meva mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini yaratadi.
Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir me’yorda ta’minlab borish uchun keng tarmoqli sovutish kameralariga ega bo’lgan omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 105-sonli qaroriga muvofiq, aholi va tashqi bozorlarga yil davomida muntazam meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 2016-2015 yillarda 120,8 ming tonna sig’imga ega yangi sovutish kameralarini qurish va 49,1 ming tonna sig’imga ega mavjud sovutish kameralarini modernizatsiya qilish ko’zda tutilgan.
Qishloq xo’jaligida ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish vazifasi birinchi navbatda sug’oriladigan yerlarning unumdorligi va irrigatsiya-melioratsiya holatiga bog’liq. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga ko’ra, o’rtacha sho’rlangan yerlarda ekinlarning hosildorligi sho’rlanmagan yerlarga nisbatan 50-60 foizga, o’ta sho’rlangan yerlarda esa 90-100 foizga past bo’lishi aniqlangan.
O’tgan yillar davomida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo’lib keldi. O’zbekiston RespublikasiBirinchi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi «Erlarni meliorativ holatini yaxshilashning tizimlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3932-sonli Farmoniga muvofiq, Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2013-2017 yillarda yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Dasturda meliorativ tizimlarni rivojlantirish va takomillashtirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo’naltirilgan quyidagi tadbirlar majmuasini amalga oshirish mo’ljallangan:
1. Magistral va xo’jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni, meliorativ nasos stantsiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq drenajlarni tiklash.
2. Meliorativ nasos stantsiyalarini, gidrotexnika va suv o’tkazuvchi inshootlarni va boshqa meliorativ ob’ektlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.
3. Suv xo’jaligi qurilishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirishga davlat byudjetidan mablag’lar ajratish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, 2013 yilga bu maqsadlar uchun jami 90,3 milliard so’m ajratilgan bo’lsa, 2016 yilga kelib bu ko’rsatkich 178,6 milliard so’mga yetdi. O’tgan 2013-2016 yillarda jami ajratilgan mablag’lar qiymati 550,0 milliard so’mni tashkil etdi.

Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin