2.1-jadval
O’zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi, kg
Mahsulotlar turi
|
1991
yil
|
2016
yil
|
2016 yil 1991 yilga nisbatan, foiz da
|
Meva
|
24,0
|
60,1
|
250,4
|
Uzum
|
24,0
|
35,1
|
146,2
|
Sabzavot
|
138,6
|
225,0
|
162,3
|
Kartoshka
|
15,1
|
60,5
|
400,6
|
Poliz
|
39,0
|
42,0
|
107,6
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Mustaqillik yillarida agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan izchil islohotlar tufayli respublikamizda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish miqdori barqaror o’sib bordi. Jumladan, 2016 yilda 1991 yilga nisbatan aholi jon boshiga go’sht mahsulotlari iste’mol qilish 31 kg.dan 38 kilogramm yoki 122,6 foizga, sut mahsulotlari 183 kilogrammdan 239 kilogrammga yoki 130,3 foizga, tuxum 97 donadan 138 donaga yoki 142,3 foizga oshgan.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil etish asosida ularning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
mulkiy va tarkibiy islohotlar;
erdan foydalanish borasidagi islohotlar;
suv va suvdan foydalanish munosabatlaridagi islohotlar;
moliya-kredit, soliq va sug’urta sohasidagi islohotlar;
narx-navo tizimidagi islohotlar.
Agrar sohada amalga oshirilayotgan mulkiy-tarkibiy islohotlarda birinchi navbatda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulk shakllariga, eng avvalo xususiy mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritish shakllarini joriy etishga muhim e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq zarar ko’rib ishlayotgan shirkat xo’jaliklarini bosqichma-bosqich tugatib, fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida yirik tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar natijasida 1999-2007 yillarda jami 2102 ta istiqbolsiz shirkat xo’jaligi bosqichma-bosqich tugatilib, ularning negizida 158738 ta fermer xo’jaligi tashkil etilgan edi.
Puxta o’ylangan dastur asosida 2013-2015 yillar davomida o’tkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga ko’ra fermer xo’jaliklarining yer maydonlari hajmi maqbullashtirildi.
Bu jarayonda fermer xo’jaliklarining iqtisodiy samaradorligini o’stirishga imkon yaratuvchi quyidagi omillar e’tiborga olindi:
fermer xo’jaliklari ixtiyorida bo’lgan yer maydonlaridan yaxlit konturlarda, yagona tartibda maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash;
fermer xo’jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligini e’tiborga olish;
suv va boshqa moddiy resurslarni tejaydigan yangi agrotexnologiyalarni qo’llashga qulay sharoit yaratish;
yiriklashtirilgan fermer xo’jaliklarining kompleks mexanizatsiyalashuv borasidagi moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish;
zarar bilan ishlayotgan va o’zini oqlamayotgan kichik fermer xo’jaliklarining faoliyatiga barham berish.
Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2016 yil yakuniga ko’ra, respublikamizdagi fermer xo’jaliklarining soni 215 776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo’jaligiga to’g’ri keladigan o’rtacha yer maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko’paytirishga erishildi. O’rtacha bir fermer xo’jaligiga to’g’ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo’yicha olib qaraydigan bo’lsak, bu ko’rsatkich paxtachilik va g’allachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog’dorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |