28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja


-jadval Mamlakatimiz bo’yicha meliorativ tadbirlarlarga ajratilgan mablag’lar, milliard so’mda



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə6/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

3.1-jadval
Mamlakatimiz bo’yicha meliorativ tadbirlarlarga ajratilgan mablag’lar, milliard so’mda.

Tadbirlar nomi

Jami
2013-2016

yillarda

shu jumladan:

2013 y.

2014 y.

2015 y.

2016 y.

Meliorativ ob’ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish ishlariga

225,1

22,4

57,3

63,8

81,6

Meliorativ ob’ektlarni ta’mirlash va tiklash ishlariga

222,9

38,6

48,1

59,2

77,0

Lizing asosida meliorativ texnikalar yetkazib berishga

101,9

29,3

25,4

27,2

20,0

Jami

550,0

90,3

130,8

150,2

178,6

2016 yilda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish va kommunikatsiya obektlari, qishloq xo’jaligi hamda meliorativ qurilishni rivojlantirish bilan bir qatorda ijtimoiy sohani yangi bosqichga ko’tarish masalalari hukumatimizning diqqat markazida bo’ldi. Hozirgi kunda sug’oriladigan yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha qiymati 561 million AQSH dollariga teng bo’lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi 11 ta loyiha amalga oshirilmoqda. SHundan 2015 yilda qiymati 62,25 million AQSH dollari bo’lgan 9 ta, 2016 yilda esa qiymati 112,9 million AQSH dollariga teng bo’lgan 11 ta investitsion loyiha asosida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlar natijasida 2011-2016 yillar davomida sho’rlanmagan maydonlar hajmi 2 109 ming gektardan 2 192 ming gektarga kengayib, kuchli sho’rlangan maydonlar hajmi 163 ming gektardan 126 ming gektarga qisqardi. yer osti sizot suvlari sathining chuqurligi 1,5 metrgacha bo’lgan maydonlar hajmi 2001-2016 yillar davomida 272 ming gektardan 177 ming gektarga qisqardi.


Sug’oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishda qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishning ilg’or, zamonaviy usullarini joriy etishning ahamiyati kata. CHunki, respublikamizdagi suv tanqisligi sharoitida sug’orishning zamonaviy usullarini qo’llash orqaligina aholining qishloq xo’jaligi mahsulotlariga tobora o’sib borayotgan ehtiyojini qondirish mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizning bir qator hududlarida ekinlarni sug’orishning yangi texnologiyalari sinovdan o’tmoqda va qo’llashga tavsiya etilmoqda. Birgina 2016 yilning o’zida 1571 gektar yerga tomchilatib sug’orish texnologiyasi, 543 gektarga egatga polietilen plyonka to’shab sug’orish tizimi, 753 gektarga ko’chma va egiluvchan quvurlar orqali sug’orish tizimi joriy etilgani diqqatga sazovordir.
Muxtasar qilib aytganda, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar natijasida:

  • sug’oriladigan yerlarda yer osti suvlari sathi va sho’rlanish darajasi pasayib, ekin maydonlarining meliorativ holati yaxshilanmoqda;

  • xo’jaliklarni suv bilan ta’minlash tizimi yaxshilanib bormoqda;

  • qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi ortib, xo’jaliklarining daromadlari yuksalmoqda.

Pirovard natijada yerlarning unumdorligi, paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi sezilarli darajada oshmoqda.
Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilishda tarmoqni yuqori unumli texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashning ahamiyati beqiyosdir. Keyingi yillarda qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan haydov va chopiq traktorlari hamda qishloq xo’jaligi mashinalarining katta qismi eskirib, o’z xizmat muddatini o’tab bo’lgani sir emas. SHuningdek, bunday texnikalarning ish unumi, yoqilg’i sarflash me’yorlari zamonaviy talablarga javob bermasligi oqibatida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish tannarxi oshib ketmoqda. SHu munosabat bilan qishloq xo’jaligiga yuqori unumli, zamonaviy va resurslarni tejaydigan texnikalarni jalb etish, bu borada avvalo chet elning ilg’or kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlash talab etiladi. Jumladan, Germaniyaning «Klass» kompaniyasi bilan zamonaviy, ish unumi yuqori bo’lgan traktorlar, g’alla o’rish kombaynlari va boshqa qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligi texnikalarini yangilash bo’yicha olib borilayotgan maqsadli tadbirlar natijasida keyingi 6 yil ichida jami 13896 ta traktor, 3960 ta traktor tirkamasi, 3603 ta kultivator, 1076 ta don o’rish kombayni va boshqa yuqori unumli texnikalar xarid qilingan.
Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish dasturida dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik tarmog’ini modernizatsiya qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Sir emaski, respublikamizning chorvachilik tarmog’i jadal rivojlanib borayotgan tarmoqlardan biri bo’lishiga qaramay, sohada o’z yechimini kutayotgan ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan, chorva mollarining mahsuldordor va kasalliklarga chidamli zotlarini yetishmasligi, chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasini yaratish borasidagi muammolar shular jumlasidandir.
Respublikamiz hukumatining chorvachilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish dasturlarida asosiy e’tibor chorva mollarining naslini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, tarmoqda servis xizmatini rivojlantirish va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan. Buning uchun:
- chorvachilik tarmog’ining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash;
- naslchilik-selektsiya ishlarini tubdan yaxshilash;
- tarmoqda servis xizmati, jumladan, zooveterinariya xizmatlari ko’rsatish sifati va assortimentini oshirish;
- parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik sohalarini rivojlantirish;
- chorva mollarini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish;

  • ozuqa ekinlari maydonlarini kengaytirish va optimal joylashtirish, lalmi yerlarda chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish ko’lamini kengaytirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin