3 .1-rasm. Respublikamizga xorijiy mamlakatlardan keltirilgan naslli qoramollar soni. Keyingi yillarda yurtimizda chorvachilik taraqqiy etgan mamlakatlardan zotdor mollarni olib kelib, urchitishni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilyapti. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, 2011-2016 yillar davomida respublikamizga xorijdan jami 23286 bosh naslli qoramol keltirilgan.
Respublikamiz hukumati tomonidan mamlakatimizda chorvachilikning parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarini rivojlantirish borasida ham maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi xalqimizning chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabini barqaror qondirishga muhim hissa qo’shishi shubhasiz.
Qishloq xo’jaligida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish. Mulk masalasining hal etilishi bozorni vujudga keltirish borasida barcha tadbirlar tizimining negizini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha mulk shakllarining tengligi va ularning huquqiy muhofazasi ta’minlandi. Bunday sharoitda davlat monopoliyasini tugatmay turib bozor iqtisodiyotiga o’tib bo’lmas edi. SHu zaruratdan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov iqtisodiy islohotlarning “...g’oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish va mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iboratidir”1,-deb qayd etdi [1]. Xususiylashtirish—bu iqtisodiyotga davlat aralashuvini kamaytirish, davlat mulkining yakka xokimligini tugatish, erkin sohibkorlikka, keng yo’l ochish va shu xususiylashtirilgan mulkni ishlatib mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun o’z zimmasiga majburiyat olishdir.Davlat mulkini xususiylashtirish bu asosiy maqsad emas, balki shu orqali iqtisodiyotni inqirozdan olib chiqish va aholi turmush darajasini ko’tarish, iste’mol bozorini xaridorgir tovarlar bilan ta’minlashdir.Mulkni davlat tasaruffidan chiqarishva xususiylashtirish natijasida yangi mulkdorlar sinfi tashkil topadi va ko’p ukladli iqtisodiyot yuzaga keladi.Individual xususiy mulk, kooperativ xususiy mulk, paychilar mulki, jamoa mulki, dehqon-fermer mulki, aralash mulk kabilar paydo bo’ladiki, bu iqtisodiyotda nodavlat sektori rivojlanib borishini anglatadi.Xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash uchun bir qator qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Ularda mulk shakllari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy qoidalari, amalga oshirish ob’ektlari, shakllari, shart-sharoitlari va usullari, sotib olish tartibi va boshqalar belgilab qo’yildi.