28-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va uni oshirish istiqbollari Reja



Yüklə 248,01 Kb.
səhifə15/17
tarix05.06.2023
ölçüsü248,01 Kb.
#124878
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
28-mavzu Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini samaradorligi va

Ikkinchidan, sohada tarkib topayotgan yangicha xo’jalik yurituvchi xo’jalik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  • SHahar aholisini meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlanishini yaxshilash maqsadida 2012–2020 yillarga mo’ljallangan «Dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish davlat dasturi»ni ishlab chiqish lozim;

  • Agrar yo’nalishda faoliyat ko’rsatayotgan kasbhunar kollejlari moddiy texnik bazasidan fermer va dehqon xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarini vujudga keltirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarinio’rganib chiqish;

  • Barcha ekin maydonlarini qaytadan kadastr baholashdan o’tkazish;

  • Hududda bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan fermer xo’jaliklarining qamrab olinganlik holatini tanqidiy o’rganib chiqish;

  • Hokimiyatlar bilan fermer xo’jaliklari o’rtasida tuziladigan yer ajratish to’g’risidagi shartnomalarni qayta ko’rib chiqish va fermer xo’jaliklari faoliyatiga to’sqinlik qiluvchi turli majburiyatlar, xususan, metallom topshirish kabi majburiyatlarni bekor qilish.

Uchinchidan, fermer xo’jaliklari sonining ko’payishi ularga o’z vaqtida moddiy-texnika resurslari ta’minoti va servis xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha yetarli miqdorda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini tashkil qilishni talab qiladi. Ishlab chiqarish va bozor infratuzilma ob’ektlari fermer xo’jaliklariga yaqin joylashgan holda, ularni kerakli barcha turdagi xizmatlar bilan ta’minlashi lozim. Bundan tashqari, minimal xarajatlar bilan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish zarur.
To’rtinchidan, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun tashkil qilingan agrofirmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ular tomonidan o’z vaqtida bo’naklash, qayta ishlashga va eksportga yo’naltirilgan hamda import o’rnini bosaoladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Beshinchidan, chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni o’z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim:
-ozuqa ekinlari maydoni tarkibini optimallashtirish va ixtisoslashgan chorvachilik xo’jaliklari ekin maydonidan maqsadli foydalanish;
-naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy qochirish ishlarini kengaytirish;
-kerakli xomashyo va komponentlarni olib kelish hisobiga to’laqonliozuqalarni ishlab chiqarish hajmini oshirish;
-zooveterinariya shaxobchalarini to’ldirish va fermer hamda dehqon xo’jaliklariga ko’rsatilayotgan zootexnik va veterinariya xizmatlari darajasini yuksaltirish.
Oltinchidan, fermer xo’jaligi bazasida yaratilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlariniqayta ishlashga va uni eksport qilishga yo’naltirilgan faoliyat turiga imtiyoz belgilanishi, xususan birinchi ikki yilda foyda yoki yagona soliq turidan (soliq to’lovchining to’lashi belgilangan soliq turiga qarab) to’liq imtiyoz berilishi va keyingi ikki yilda belgilangan soliq stavkasidan ikki baravar kam miqdorda soliq to’lashi belgilansa, mazkur imtiyoz bir tomondan yangi ish o’rinlari yaratilishiga, ikkinchi tomondan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar sonini ko’payishiga, fermer xo’jaliklarining moliyaviy barqarorligini oshirishga, pirovard natijada keyingi yillarda byudjetga to’lanadigan soliqlar miqdorini ko’payishiga olib kelgan bo’lar edi.


Yüklə 248,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin